{"id":6469,"date":"2026-08-01T12:56:20","date_gmt":"2026-08-01T10:56:20","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6469"},"modified":"2026-08-01T12:56:20","modified_gmt":"2026-08-01T10:56:20","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%ba%d1%8b%d1%80%d0%b3%d1%8b%d0%b7%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%be%d1%82-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%bd-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/01\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%ba%d1%8b%d1%80%d0%b3%d1%8b%d0%b7%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%be%d1%82-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%bd-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Qirg\u2018iziston: chegaradosh qo\u2018shnichilikdan  uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik sari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning eng muhim yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu munosabatlarning asosini umumiy chegara, tarixiy yaqinlik, davlat rahbarlari o\u2018rtasidagi muntazam muloqot hamda savdo, transport, energetika, sanoat, qishloq xo\u2018jaligi va chegaraoldi hududlarini rivojlantirish sohalaridagi tobora kuchayib borayotgan o\u2018zaro bog\u2018liqlik tashkil etadi. Shu bois ikki tomonlama kun tartibi odatiy yaxshi qo\u2018shnichilik doirasidan chiqib, kompleks iqtisodiy sheriklik tusini olmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar strategik yo\u2018nalishni belgilab bermoqda. Hukumatlararo muvofiqlashtirishning asosiy mexanizmi esa Ikki tomonlama hamkorlik bo\u2018yicha Qo\u2018shma komissiya bo\u2018lib qolmoqda. 2026-yil may oyida ikki davlat Bosh vazir o\u2018rinbosarlari \u201cQozonForum\u201d doirasida uchrashuv o\u2018tkazdilar. Iyun oyida tegishli vazirliklar vakillari savdo-investitsiyaviy va iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. 22\u201323-iyun kunlari esa Cho\u2018lponotada Hukumatlararo komissiyaning 12-yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur hamkorlik tizimining muhim tarkibiy qismi hududlar o\u2018rtasidagi to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri aloqalar hisoblanadi. 2017-yilda tashkil etilgan O\u2018zbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg\u2018iziston Prezidenti vakolatli vakillari kengashi 2025-yilda ikki mamlakat Hududlar rahbarlari kengashi sifatida yangilandi. Ushbu yo\u2018nalishning davomi sifatida O\u2018zbekistonda birinchi Hududlar forumi o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur format savdo, logistika, chegara o\u2018tish punktlari, bozorlar va joylardagi tadbirkorlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan amaliy ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishbilarmon doiralar o\u2018rtasidagi aloqalar ham tobora faollashmoqda. 2024-yil iyul oyida Toshkent shahrida 350 nafar tadbirkor ishtirokida biznes-forum o\u2018tkazildi. Uning yakunlari bo\u2018yicha umumiy qiymati 213 million AQSH dollariga teng bo\u2018lgan 20 ta hujjat imzolandi. Bishkek shahrida navbatdagi biznes-forumga tayyorgarlik ko\u2018rilayotgani ushbu yo\u2018nalishning muntazam tus olganini hamda uning nafaqat savdo operatsiyalari, balki ishlab chiqarish kooperatsiyasiga qaratilganini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgan iqtisodiy manfaatlarni yaqqol aks ettirmoqda. 2025-yil yakunlariga ko\u2018ra, o\u2018zaro savdo hajmi qariyb 1,2 milliard AQSH dollariga yetib, 36,4 foizga oshdi. 2026-yilning yanvar\u2013may oylarida ham ijobiy tendensiya saqlanib qoldi: tovar ayirboshlash hajmi 468,8 million AQSH dollarini tashkil etib, 43,9 foizga ko\u2018paydi. Bunda O\u2018zbekiston eksporti 60,8 foizga, Qirg\u2018izistondan import esa 12,1 foizga o\u2018sdi. Tovarlar tarkibi ham tarmoqlar xilma-xilligini namoyon etmoqda: O\u2018zbekiston eksportida to\u2018qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat, qurilish materiallari va uskunalar ustunlik qilsa, Qirg\u2018izistondan rudalar, elektr energiyasi, metallar va plastmassa mahsulotlari import qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mavjud tendensiyalarni mustahkamlash maqsadida tomonlar 2024\u20132030-yillarga mo\u2018ljallangan o\u2018zaro savdoni oshirish dasturini amalga oshirmoqda. Dasturdan ko\u2018zlangan asosiy maqsad alohida tovarlar savdosini ko\u2018paytirishdan barqaror ta\u2019minot tizimiga o\u2018tish, ya\u2019ni mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, sotuv kanallarini rivojlantirish va mavjud to\u2018siqlarni bartaraf etishdan iborat. Shu doirada ko\u2018mir, qurilish materiallari, tirik chorva mollari, ko\u2018chatlar va listli shisha bilan bog\u2018liq masalalar ko\u2018rib chiqilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning keyingi bosqichi savdo-logistika va ishlab chiqarish mexanizmlari bilan bog\u2018liq. \u201cTermiz\u201d xalqaro savdo markazi Qirg\u2018iziston mahsulotlari uchun qo\u2018shimcha janubiy yo\u2018nalishni ochmoqda. Bishkek va Toshkentdagi savdo uylari mahsulotlarni ilgari surishning doimiy kanallariga aylanishi mumkin. O\u2018zbekiston butlovchi qismlaridan foydalangan holda yig\u2018uv ishlab chiqarishlarini yo\u2018lga qo\u2018yish esa savdo aloqalariga yanada chuqurroq sanoat mazmunini baxsh etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Investitsiyaviy hamkorlik biznesning o\u2018zaro ishtirokiga tayanadi. Hozirgi vaqtda O\u2018zbekistonda Qirg\u2018iziston kapitali ishtirokidagi 450 ta korxona, Qirg\u2018izistonda esa O\u2018zbekiston kapitali ishtirokidagi 85 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu savdo operatsiyalaridan yanada barqaror biznes hamkorligiga o\u2018tilayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu asosda ishlab chiqarish kooperatsiyasi ham amaliy mazmun kasb etmoqda. Chu viloyatida O\u2018zbekiston tomoni ishtirokida avtomobil ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yildi. Unda \u201cOnix\u201d, \u201cCaptiva\u201d, \u201cDamas\u201d, \u201cCobalt\u201d, \u201cTahoe\u201d va \u201cTracker\u201d rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biroq tarmoq imkoniyatlari faqat avtomobilsozlik bilan cheklanmaydi. Geologiya sohasida tomonlar temir rudasi va fosforit konlarini o\u2018z ichiga olgan qator istiqbolli konlarni birgalikda o\u2018rganish, shuningdek, muhim strategik minerallar bo\u2018yicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Farmatsevtika yo\u2018nalishida esa aholiga mo\u2018ljallangan arzon dori vositalarini ishlab chiqarish masalalari ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yengil sanoat ham katta salohiyatni saqlab qolmoqda. Qora-Balta va Andijonda to\u2018qimachilik korxonalari tashkil etilgan, Bishkek hamda O\u2018sh viloyatida tikuvchilik ishlab chiqarishlari kengaytirilmoqda, Chu viloyatida esa gazlama ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat tashabbuslari bilan bir qatorda energetika sohasidagi hamkorlik strategik ahamiyatini saqlab qolmoqda. Ushbu yo\u2018nalishning markazida Qambarota GES-1 loyihasi turibdi. Mazkur loyiha bo\u2018yicha hukumatlararo bitimni tezroq kelishish hamda tomonlarning suv-energetika manfaatlari muvozanatini ta\u2019minlash muhim vazifa hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport sohasi ham iqtisodiy aloqalarning barqarorligini ta\u2019minlovchi muhim omillardan biridir. Ikki mamlakat tashuvchilari uchun faoliyatning barqaror va oldindan prognoz qilinadigan sharoitlarini yaratish maqsadida transport va logistika bo\u2018yicha ishchi guruh tuzish hamda 2026\u20132028-yillarga mo\u2018ljallangan qo\u2018shma dastur ishlab chiqish dolzarb vazifa bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qator tashabbuslarning moliyaviy asosini O\u2018zbekiston\u2013Qirg\u2018iziston taraqqiyot jamg\u2018armasi ta\u2019minlamoqda. Uning portfelida transport, moliya, yengil sanoat, qurilish materiallari va energetika yo\u2018nalishlaridagi loyihalar mavjud. Jamg\u2018arma loyihalari bazasini kengaytirish hamda Qirg\u2018iziston tomonining uning ustav kapitalidagi ishtirokini ko\u2018rib chiqish ushbu moliyaviy institutning barqarorligini yanada mustahkamlashi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Chegaraoldi infratuzilmasini rivojlantirish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo\u2018nalish umumiy kun tartibini amaliy hududiy hamkorlik darajasiga olib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, yuqoridagi yo\u2018nalishlar O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasidagi munosabatlar yanada yetuk iqtisodiy hamkorlik modeliga o\u2018tayotganini ko\u2018rsatmoqda. Savdo hajmining o\u2018sishi, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika sohasidagi muvofiqlashtirish, transport yo\u2018laklari, agrar va sanoat tashabbuslari, shuningdek, moliyaviy mexanizmlarning kengayishi alohida kelishuvlar yig\u2018indisini emas, balki uzoq muddatli strategik sheriklikning o\u2018zaro bog\u2018liq va yaxlit tizimini shakllantirmoqda.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6454,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6469","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6469","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6469"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6469\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6470,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6469\/revisions\/6470"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6454"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6469"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6469"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6469"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}