{"id":6466,"date":"2026-08-01T12:20:05","date_gmt":"2026-08-01T10:20:05","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6466"},"modified":"2026-08-01T12:20:05","modified_gmt":"2026-08-01T10:20:05","slug":"g20-%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%bc%d1%8b%d1%88%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/01\/g20-%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%bc%d1%8b%d1%88%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%bd\/","title":{"rendered":"G20 va O\u2018zbekiston: yangi iqtisodiy voqelikda investitsiyalar, sanoat va savdo"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda O\u2018zbekiston ichki islohotlari jahon iqtisodiy jarayonlari bilan tobora chambarchas bog\u2018lanib borayotgan yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo\u2018ymoqda. Mamlakat oldiga iqtisodiy o\u2018sishni jadallashtirish, sanoatni texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, yirik hajmdagi investitsiyalarni jalb etish, eksportni kengaytirish hamda xalqaro qo\u2018shilgan qiymat zanjirlariga integratsiyalashuv kabi ulkan maqsadlar qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois G20 doirasida muhokama qilinayotgan masalalar O\u2018zbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. &#8220;Katta yigirmalik&#8221; kun tartibidagi barqaror rivojlanish, industrializatsiya, energetik transformatsiya, savdo, raqamlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi, kapitalga kirish imkoniyatlari va moliyaviy institutlarni modernizatsiya qilish kabi yo\u2018nalishlar mamlakat oldida turgan vazifalar bilan ko\u2018p jihatdan uyg\u2018un. Farq faqat ko\u2018lamidadir: G20 jahon iqtisodiyotining asosiy yo\u2018nalishlarini belgilasa, O\u2018zbekiston mazmunan yaqin ustuvor yo\u2018nalishlarni aniq milliy rivojlanish dasturiga tatbiq etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">G20 dunyoning eng yirik rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarini, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hamda Afrika Ittifoqini birlashtiradi. &#8220;Katta yigirmalik&#8221; mamlakatlari hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 85 foizi, xalqaro savdoning 75 foizdan ortig\u2018i hamda sayyoramiz aholisining qariyb uchdan ikki qismi to\u2018g\u2018ri keladi. O\u2018zbekiston uchun bu kapital qiymati, talab tarkibi, investitsiya yo\u2018nalishlari, sanoat standartlari, savdo qoidalari va barqaror o\u2018sishga oid yondashuvlar shakllanadigan muhim maydondir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Investitsiyalar: ishonch va uzoq muddatli kapitalga tayanish<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon investitsiya bozori tubdan o\u2018zgarib bormoqda. Kapital tobora tanlovchan bo\u2018lib, investorlar endilikda nafaqat bozor hajmi yoki resurs salohiyatini, balki institutlar sifati, tartibga solish tizimining barqarorligi va prognoz qilinishi, biznes huquqlarining himoyasi, infratuzilmadan foydalanish imkoniyatlari hamda aniq va tushunarli huquqiy muhitni ham baholamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun ushbu jarayon ayniqsa dolzarbdir. So\u2018nggi yillarda investitsiyalarni jalb etish davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda mamlakat iqtisodiyoti 7,7 foizga o\u2018sganini, 43 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilganini hamda 2026-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard AQSH dollaridan oshishi kutilayotganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur ko\u2018rsatkichlar nafaqat yuqori iqtisodiy o\u2018sish sur\u2019atlarini, balki xalqaro biznes bilan hamkorlikning yangi modelini shakllantirish jarayonini ham aks ettiradi. O\u2018zbekiston uzoq muddatli kapital, sanoat kooperatsiyasi va kompaniyalarning mintaqaviy kengayishi uchun ishonchli platforma sifatidagi mavqeini tobora mustahkamlab bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu jarayonda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Uning huquqiy modeli maxsus tartibni, ingliz umumiy huquqining ayrim elementlarini, mustaqil tijorat sudini, kapitalning erkin harakatlanishini, istalgan valyutada operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini, shuningdek, fintex, raqamli aktivlar va yashil moliyalashtirishni rivojlantirishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday tashabbuslar O\u2018zbekistonning xalqaro biznes uchun jozibadorligini yanada oshirmoqda. Ular kapital himoyasi, shaffof qoidalar, zamonaviy moliyaviy vositalar va institutsional ishonch mamlakat investitsiya muhitining ajralmas qismiga aylanishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari, xalqaro taraqqiyot banklari, eksport-kredit agentliklari, suveren jamg\u2018armalar va xususiy sektor o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. O\u2018zbekiston uchun transport va raqamli infratuzilma, energetika tarmoqlari, energiyani saqlash tizimlari, suvni tejash texnologiyalari, agrotexnologiyalar hamda strategik ahamiyatga ega minerallarni qayta ishlash sohalaridagi aniq loyihalarni tayyorlash va moliyalashtirishga xizmat qiladigan samarali mexanizmlarni rivojlantirish muhim hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv G20 ustuvor yo\u2018nalishlariga to\u2018liq mos keladi: investitsiyalar nafaqat alohida loyihalarni amalga oshirishni, balki barqaror iqtisodiy o\u2018sish infratuzilmasini shakllantirishni ham ta\u2019minlashi lozim. O\u2018zbekiston esa o\u2018z navbatida hamkorlarga puxta tayyorlangan loyihalar portfeli va ularni amalga oshirish uchun uzoq muddatli hamkorlik sharoitlarini taklif etishga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Sanoat: murakkab iqtisodiyot sari o\u2018tish<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">G20 kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri yangi avlod sanoatini rivojlantirishdir. Bu nafaqat ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, balki texnologik modernizatsiya, barqaror ta\u2019minot zanjirlari, mahalliylashtirish, chuqur qayta ishlash, innovatsiyalarni joriy etish hamda yuqori malakali ish o\u2018rinlarini yaratishni ham nazarda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun bunday yondashuv alohida ahamiyatga ega. Mamlakat xomashyo va an\u2019anaviy ishlab chiqarish ustunliklariga tayanadigan iqtisodiy modeldan qayta ishlash, texnologiyalar, sanoat kooperatsiyasi va yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksporti ustuvor bo\u2018lgan iqtisodiyotga izchil o\u2018tmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqin yillarda O\u2018zbekiston sanoatda yaratilayotgan qo\u2018shilgan qiymat hajmini 36,5 milliard AQSH dollaridan kamida 60 milliard AQSH dollariga yetkazish, yuqori va o\u2018rta yuqori texnologiyali tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishni esa 2,5 baravarga oshirishni maqsad qilgan. 2026-yilda umumiy qiymati 52 milliard AQSH dollariga teng bo\u2018lgan 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu zamonaviy sanoat siyosati tamoyillariga to\u2018liq mos keladi. Ishlab chiqarish nafaqat mahsulot ishlab chiqarish vositasi, balki texnologik barqarorlik, bandlik, eksport salohiyati, energiya samaradorligi, logistika hamda xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasida ishtirok etishning asosi sifatida qaralmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun metallurgiya, kimyo sanoati, elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qurilish materiallari, to\u2018qimachilik, agroqayta ishlash va raqamli infratuzilma kabi yo\u2018nalishlarda keng imkoniyatlar ochilmoqda. Ushbu tarmoqlarning har birida mamlakat nafaqat ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, balki chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yangi bozorlarga chiqish orqali ham taraqqiyotga erishishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Alohida e\u2019tibor strategik ahamiyatga ega minerallarga qaratilmoqda. Dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari uchun ular energetik transformatsiya, raqamlashtirish, akkumulyator texnologiyalari, sanoatni modernizatsiya qilish va ishonchli ta\u2019minot zanjirlari bilan chambarchas bog\u2018liq. Boy mineral-xomashyo bazasi va rivojlanayotgan metallurgiya sanoatiga ega O\u2018zbekiston uchun ushbu resurs ustunligi yangi sanoat klasterlari va xalqaro hamkorlar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish uchun mustahkam asos bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, hamkorlik oddiy xomashyo eksporti emas, balki mintaqa ichida to\u2018liq qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilishi muhimdir. Bu chuqur qayta ishlashni, texnologiyalar transferini, mutaxassislar tayyorlashni, muhandislik salohiyatini rivojlantirishni va yuqori malakali ish o\u2018rinlarini yaratishni anglatadi. Bunday yondashuv O\u2018zbekistonga sanoat mustaqilligini mustahkamlash va ayni paytda yirik xalqaro bozorlar uchun yanada muhim hamkorga aylanish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Savdo: raqobatbardoshlikning muhim omili sifatida o\u2018zaro bog\u2018liqlik<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo sohasida G20 bilan bog\u2018liqlik ayniqsa yaqqol namoyon bo\u2018ladi. &#8220;Katta yigirmalik&#8221; mamlakatlari allaqachon O\u2018zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim o\u2018rin egallaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yilning yanvar\u2013may oylarida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 32,8 milliard AQSH dollariga yetdi. Asosiy hamkorlar qatoridan Xitoy, Rossiya, Qozog\u2018iston, Turkiya, Fransiya, Koreya Respublikasi va Germaniya o\u2018rin olgan. Ushbu davlatlarning aksariyati G20 tarkibiga kiradi yoki uning iqtisodiy tizimi bilan chambarchas bog\u2018langan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlarida qabul qilinayotgan qarorlar O\u2018zbekiston tashqi savdosi sharoitlariga bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Texnik standartlar, sifat talablari, tovarlarning kelib chiqish qoidalari, tarif siyosati, logistika yo\u2018nalishlari, ekologik me\u2019yorlar va raqamli tartib-taomillar o\u2018zbekistonlik eksportyorlarning kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dengizga to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri chiqish imkoniga ega bo\u2018lmagan mamlakat uchun transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqlik alohida strategik ahamiyatga ega. Bugungi sharoitda eksportning raqobatbardoshligi nafaqat mahsulot sifati, balki yetkazib berishning tezligi, qiymati va barqarorligiga ham bog\u2018liq. Shu sababli Markaziy Osiyo orqali o\u2018tuvchi Sharq\u2013G\u2018arb va Shimol\u2013Janub transport yo\u2018laklarini rivojlantirish savdo, transport va sanoat siyosatining muhim yo\u2018nalishiga aylangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada tranzit tartib-taomillarini raqamlashtirish, elektron transport hujjatlari va sertifikatlarini o\u2018zaro tan olish, chegara punktlari faoliyatini muvofiqlashtirish, asossiz yig\u2018imlarni qisqartirish hamda &#8220;Bir chegara \u2013 bir to\u2018xtash&#8221; tamoyilini joriy etish kabi amaliy yechimlar zarur. Bunday chora-tadbirlarning samaradorligi imzolangan hujjatlar soni bilan emas, balki yuklarni yetkazib berish muddati va xarajatlarining amalda qisqarishi bilan baholanishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, eksport dinamikasi mamlakat tashqi savdosidagi muhim tarkibiy o\u2018zgarishlarni namoyon etmoqda. 2026-yilning yanvar\u2013may oylarida oltinni hisobga olmagan holdagi tovarlar eksporti 29,4 foizga oshdi. Bu O\u2018zbekiston tashqi savdosining xomashyoga bog\u2018liq bo\u2018lmagan qismini bosqichma-bosqich kengaytirayotganini hamda sanoat mahsulotlari, to\u2018qimachilik, agroqayta ishlash, xizmatlar, transport va boshqa yo\u2018nalishlardagi salohiyatini mustahkamlayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi bosqichda nafaqat eksport hajmlarini oshirish, balki ularning sifatini ham yaxshilash muhimdir. Zamonaviy savdo xalqaro sertifikatlash, mahsulot sifati va barqarorligi, kuchli brendlar, samarali logistika hamda yirik bozorlar talablariga moslashishni talab qiladi. Xalqaro standartlar va milliy islohotlar o\u2018zaro chambarchas bog\u2018liq bo\u2018lib, tashqi bozorlar talablarni belgilaydi, davlat siyosati esa biznesning ularga moslashishiga ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>JST: qoidalar, ishonch va bozorlarga kirish imkoniyati<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda O\u2018zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a\u2019zo bo\u2018lish jarayoni yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda. Bu endi shunchaki texnik jarayon emas, balki mamlakat iqtisodiy transformatsiyasining muhim tarkibiy qismi, ya\u2019ni yanada ochiq, prognoz qilinadigan va raqobatbardosh iqtisodiy modelga o\u2018tishning asosiy omillaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil iyun oyida ushbu masala qo\u2018shimcha siyosiy va amaliy ahamiyat kasb etdi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSH Savdo vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvi chog\u2018ida O\u2018zbekistonning JSTga qo\u2018shilishi doirasidagi hamkorlik hamda ushbu jarayonni AQSH tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi. Shu bilan birga, AQSH tomoni O\u2018zbekistonning tashkilotga a\u2019zo bo\u2018lishini rasman qo\u2018llab-quvvatlashini tasdiqladi va bu yo\u2018nalishda erishilgan sezilarli taraqqiyotni e\u2019tirof etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun JSTga a\u2019zolik yangi iqtisodiy tamoyillarni mustahkamlashni anglatadi. Bu ortiqcha to\u2018siqlarni bartaraf etish, tartibga solish tizimining shaffofligini oshirish, biznes va investitsiya muhitini yaxshilash, eksportyorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro biznesning O\u2018zbekiston bozoriga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashni nazarda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">JST qoidalariga integratsiyalashuv mamlakatning investitsiya, sanoat va savdo siyosati bilan bevosita bog\u2018liq. Investorlar uchun bu barqaror va prognoz qilinadigan sharoitlarning kafolatidir. Eksportyorlar uchun esa tushunarli va qoidalarga asoslangan xalqaro savdo tizimida faoliyat yuritish imkoniyatidir. Sanoat uchun esa mahsulot sifati, raqobatbardoshlik va zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiqlikni oshirishga kuchli rag\u2018batdir. Shu bois ushbu jarayon amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarning mantiqiy davomi sifatida qaralishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yangi iqtisodiyot: global tendensiyalar va mamlakat taraqqiyot yo\u2018li<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon iqtisodiyoti chuqur tarkibiy o\u2018zgarishlar bosqichini boshdan kechirmoqda. Ta\u2019minot zanjirlari qayta shakllanmoqda, kapital va texnologiyalar uchun raqobat kuchaymoqda, energetik barqarorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamli infratuzilma va sanoat salohiyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Aynan shu yo\u2018nalishlar G20 muhokamalarining markazida turibdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun bunday transformatsiya tanlangan taraqqiyot yo\u2018lining to\u2018g\u2018riligini tasdiqlaydi. Mamlakat yangi iqtisodiyotning asosiy ustunlariga aylanayotgan yo\u2018nalishlarni izchil rivojlantirmoqda. Jumladan, investitsiyaviy ochiqlikni ta\u2019minlash, sanoatni modernizatsiya qilish, transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirish, energetika, raqamlashtirish, eksportni kengaytirish hamda xalqaro savdo qoidalariga integratsiyalashuv shular jumlasidandir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari ta\u2019minot zanjirlarining barqarorligini muhokama qilayotgan bir paytda, O\u2018zbekiston uchun logistika, sanoat kooperatsiyasi va mintaqaviy ixtisoslashuv yo\u2018nalishlarida yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Energetik transformatsiya qayta tiklanuvchi energiya manbalari, strategik ahamiyatga ega minerallar va energiya tejamkor ishlab chiqarishlarga bo\u2018lgan talabni oshirmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari agroqayta ishlash va qo\u2018shni bozorlar bilan hamkorlikning ahamiyatini kuchaytirmoqda. Raqamlashtirish va moliyaviy barqarorlikka qaratilayotgan e\u2019tibor esa fintex, IT-infratuzilma, sun\u2019iy intellekt va zamonaviy moliyaviy institutlarni rivojlantirishni yanada dolzarb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, kam uglerodli iqtisodiyotga o\u2018tish va yangi raqamli standartlarni joriy etish rivojlanayotgan davlatlar uchun adolatli hamda amaliy jihatdan amalga oshirilishi mumkin bo\u2018lishi lozim. O\u2018zbekiston uchun yangi talablar shaffof qoidalar, oqilona o\u2018tish davrlari, ekvivalent standartlarni o\u2018zaro tan olish, texnologiyalar va moliyalashtirishga kirish imkoniyatlari, shuningdek, eksportyorlarni uglerod hisobi, mahsulotlarni kuzatib borish tizimi va xalqaro sertifikatlashni joriy etishda qo\u2018llab-quvvatlash bilan birga kechishi muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, G20 doirasida muhokama qilinayotgan ustuvor yo\u2018nalishlar O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ko\u2018p jihatdan hamohangdir. Bu milliy taraqqiyot yo\u2018li qo\u2018shimcha tasdiq va amaliy mazmun kasb etayotgan xalqaro kontekstdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018sishning strategik ustuvor yo\u2018nalishlari: kapital, texnologiyalar va eksport<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Investitsiyalar, sanoat va savdo nuqtayi nazaridan G20 muhokamalari O\u2018zbekiston uchun bir qator strategik ustuvor yo\u2018nalishlarni belgilab beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchisi \u2014 <strong>kapital<\/strong>. O\u2018zbekiston xalqaro biznes nafaqat istiqbolli loyihalarni, balki uzoq muddatli institutsional barqarorlikni ham ko\u2018radigan investitsiyaviy ekotizimni shakllantirishni davom ettirishi zarur. Bu moliya markazini rivojlantirishni, maxsus huquqiy rejimlarni joriy etishni, sanoat zonalarini kengaytirishni, raqamli xizmatlarni rivojlantirishni, investorlar huquqlarini himoya qilishni hamda investitsiya loyihalarini sifatli qo\u2018llab-quvvatlashni anglatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchisi \u2014 <strong>sanoat<\/strong>. Mamlakat yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishdagi o\u2018rnini mustahkamlashi, qayta ishlash sanoatini, butlovchi qismlar ishlab chiqarishni, muhandislik salohiyatini va texnologik hamkorlikni rivojlantirishi lozim. Bu O\u2018zbekistonga murakkabroq xalqaro ishlab chiqarish zanjirlarining to\u2018laqonli ishtirokchisiga aylanish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchisi \u2014 <strong>savdo va transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqlik<\/strong>. Eksport siyosati sifat, xalqaro standartlar, sertifikatlash, logistika, brending va bozorlarga barqaror kirish imkoniyatlariga asoslanishi kerak. Dengizga chiqish imkoniga ega bo\u2018lmagan mamlakat uchun bu transport yo\u2018laklarini izchil rivojlantirishni, tranzit jarayonlarini raqamlashtirishni, logistika xarajatlarini kamaytirishni va yetkazib berishning prognoz qilinishini oshirishni ham anglatadi. Xomashyo bo\u2018lmagan eksportning o\u2018sishi ushbu yo\u2018nalishning to\u2018g\u2018ri tanlanganini ko\u2018rsatmoqda, JSTga a\u2019zolik esa bu jarayonga qo\u2018shimcha barqarorlik baxsh etishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchisi \u2014 <strong>hamkorlik<\/strong>. O\u2018zbekistonning asosiy savdo va investitsiyaviy hamkorlarining aksariyati G20 tarkibiga kiradi yoki uning iqtisodiy makoni bilan chambarchas bog\u2018langan. Shu sababli Xitoy, Rossiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Yaponiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlik kapital, texnologiyalar va bozorlarga integratsiyalashuvning yagona strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko\u2018rilishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><br \/>\nO\u2018zbekiston va G20: mushtarak yo\u2018nalish, amaliy natija<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun G20 mamlakat taraqqiyoti tobora chambarchas bog\u2018lanib borayotgan global jarayonlarning ifodasidir. &#8220;Katta yigirmalik&#8221; barqaror iqtisodiy o\u2018sishni muhokama qilayotgan bir paytda, O\u2018zbekiston keng ko\u2018lamli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. G20 kun tartibida industrializatsiya ustuvor o\u2018rin egallayotgan bo\u2018lsa, mamlakat o\u2018zining sanoat bazasini mustahkamlash va uni yanada texnologik rivojlantirishni maqsad qilgan. Savdo va investitsiyalar masalalari muhokama qilinayotgan sharoitda esa O\u2018zbekiston bozorlarini ochmoqda, qoidalarni takomillashtirmoqda va kapitalni jalb etish uchun yangi institutlarni shakllantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu kun tartibining O\u2018zbekiston uchun eng muhim jihati strategik ustuvor yo\u2018nalishlarning uyg\u2018unligidadir. Bugungi kunda dunyo kapital, texnologiyalar, ishlab chiqarish va savdo qayta taqsimlanayotgan yangi bosqichga kirib bormoqda. Bunday sharoitda O\u2018zbekiston o\u2018zgarayotgan global iqtisodiy arxitekturaga nafaqat moslashishni, balki islohotlar, ochiqlik, sanoatni rivojlantirish va uzoq muddatli hamkorlik orqali unda yanada salmoqli va raqobatbardosh o\u2018rin egallashni maqsad qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu jarayonda Markaziy Osiyo alohida o\u2018rin tutadi. Mintaqa yirik bozorlarni bog\u2018lovchi muhim bo\u2018g\u2018inga aylanib bormoqda, O\u2018zbekiston esa transport yo\u2018laklari, ishlab chiqarish zanjirlari va investitsiya loyihalari amalda ro\u2018yobga chiqarilayotgan asosiy maydonlardan biri sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">G20 mavzusining O\u2018zbekiston uchun amaliy ahamiyati ham aynan shundadir. U jahon iqtisodiyotining rivojlanish yo\u2018nalishlarini yanada aniqroq anglash, ularni milliy ustuvor vazifalar bilan uyg\u2018unlashtirish hamda global tendensiyalarni barqaror iqtisodiy o\u2018sish uchun aniq imkoniyatlarga aylantirish imkonini beradi. O\u2018zbekiston uchun bu islohotlar, milliy manfaatlar va Markaziy Osiyoning yangi salohiyatiga tayangan holda o\u2018z taraqqiyot strategiyasini izchil amalga oshirish demakdir.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6467,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6466","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6466","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6466"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6466\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6468,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6466\/revisions\/6468"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6467"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6466"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6466"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6466"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}