{"id":6461,"date":"2026-08-01T12:06:10","date_gmt":"2026-08-01T10:06:10","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6461"},"modified":"2026-08-01T12:06:10","modified_gmt":"2026-08-01T10:06:10","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d0%ba%d1%8b%d1%80%d0%b3%d1%8b%d0%b7%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d1%8d%d1%82%d0%b0%d0%bf-%d0%b8-%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/01\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d0%ba%d1%8b%d1%80%d0%b3%d1%8b%d0%b7%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d1%8d%d1%82%d0%b0%d0%bf-%d0%b8-%d0%bf\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iz Respublikasi: ekologik hamkorlikning yangi bosqich va istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyoda iqlim o\u2018zgarishi, suv resurslarining qisqarishi,<br \/>\nbioxilma-xillikning kamayishi hamda transchegaraviy ekologik tahdidlar mintaqa davlatlaridan yanada yaqin hamkorlikni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasidagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik so\u2018nggi yillarda izchil rivojlanib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ekologik hamkorlikning huquqiy poydevori 1996-yil 24-dekabrda imzolangan <strong>Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi Hukumatlararo bitim<\/strong> bilan yaratilgan. Mazkur hujjat asosida ekologiya yo\u2018nalishidagi vazirlik va idoralar o\u2018rtasida muntazam muloqot yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Mutaxassislar ekologik forumlar, xalqaro konferensiyalar, ilmiy seminarlar va treninglarda faol ishtirok etib, dolzarb ekologik muammolar bo\u2018yicha tajriba almashmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019kidlash joizki, 2022\u20132025-yillar davomida ikki davlat o\u2018rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 2022-yilda Bishkek shahrida Qor qoploni va uning ekotizimlarini saqlash bo\u2018yicha Global dastur (GSLEP) Boshqaruv qo\u2018mitasining<br \/>\n7-yig\u2018ilishida O\u2018zbekiston vakillari ishtirok etdi. 2023-yilda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo\u2018yicha mintaqaviy seminar hamda<br \/>\n2024-yilda BMTning Iqlim o\u2018zgarishi bo\u2018yicha Hadli konvensiyasi doirasidagi Ikki yillik shaffoflik hisobotlarini tayyorlashga bag\u2018ishlangan o\u2018quv seminari ikki mamlakat mutaxassislarining malakasini oshirishda muhim maydonga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2024-yil 19-iyulda esa Qirg\u2018iz Respublikasi Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vazirligi bilan \u201c<strong>Green University\u201d<\/strong>da grant o\u2018rinlarini ajratish bo\u2018yicha Memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ekologiya sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlashning yangi modelini yaratishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, 2024-yil dekabr oyida \u201cGreen University\u201dda Xalqaro tog\u2018lar kuni munosabati bilan Qirg\u2018iz Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir ekologik diplomatiya va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo\u2018lidagi muhim qadamlardan biri bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekologik muammolar chegara bilmaydi. Shu sababli ikki davlat ko\u2018plab xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarda birgalikda ishtirok etmoqda. 2019-yilda Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston va O\u2018zbekiston tomonidan YUNESKOning &#8220;G\u2018arbiy Tyanshan&#8221; transchegaraviy Butunjahon tabiiy merosi obyektini boshqarish bo\u2018yicha Memorandum imzolandi. Bu hujjat noyob tog\u2018 ekotizimlarini asrash yo\u2018lidagi muhim mexanizmga aylandi. 2021-yilda esa G\u2018arbiy Tyanshan va Pomir-Olay hududlarida qor qoploni, uning oziq bazasi hamda yashash muhitini muhofaza qilish bo\u2018yicha anglashuv memorandumi imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, ikki davlat MDH, SHHT, Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi, GSLEP va boshqa xalqaro platformalar doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. 2023-yilda COP28 doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim bo\u2018yicha qo\u2018shma bayonoti ishlab chiqildi. 2024-yilda \u201cGreen University\u201dning ochilish marosimida mintaqa ekologiya vazirlari ishtirok etdi. 2025-yilda Cho\u2018lpon-Ota shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan GSLEP Boshqaruv qo\u2018mitasining IX yig\u2018ilishida O\u2018zbekiston delegatsiyasi faol qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston ekologiya sohasida bir qator yirik xalqaro tashkilotlar bilan qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, \u201cFauna &amp; Flora International\u201d (FFI) bilan yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash, GIZ bilan \u201cYashil Markaziy Osiyo\u201d, iqlim xatarlarini boshqarish hamda yer resurslarini integratsiyalashgan boshqarish loyihalari, IUCN bilan zoonoz kasalliklariga nisbatan landshaftlarning barqarorligini oshirish tashabbuslari shular sirasiga kiradi. Mazkur loyihalar mintaqada ekologik boshqaruv sifatini yaxshilash, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi sharoitda ikki mamlakat oldida yangi vazifalar turibdi. Birinchidan, Qirg\u2018iz Respublikasini Sirdaryo havzasi suv sifati va atrof-muhitni muhofaza qilish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston\u2013Qozog\u2018iston qo\u2018shma ishchi guruhi faoliyatiga jalb etish transchegaraviy suv resurslarini samarali boshqarishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, G\u2018arbiy Tyanshandagi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni birgalikda boshqarish bo\u2018yicha muloqotni kuchaytirish bioxilma-xillikni saqlash, yovvoyi hayvonlar migratsiyasini himoya qilish va ilmiy axborot almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ko\u2018magida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun \u201cEkologik faoliyat samaradorligi bo\u2018yicha mintaqaviy sharh\u201dni ishlab chiqish tashabbusini ilgari surish ekologik siyosat samaradorligini baholashning yagona mintaqaviy mexanizmini shakllantiradi. Shuningdek, ekologiya, suv resurslari, muzliklar monitoringi, yuqori tog\u2018 hududlaridagi qor qoplami va bioxilma-xillik bo\u2018yicha qo\u2018shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish dolzarb vazifalardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Qolaversa, transchegaraviy ekologik xavfsizlikka ham alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston o\u2018rtasidagi ekologik hamkorlik bugungi kunda strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarilib bormoqda. Iqlim o\u2018zgarishi, suv xavfsizligi, bioxilma-xillikni saqlash, \u201cyashil\u201d iqtisodiyot va ilmiy innovatsiyalar sohalaridagi qo\u2018shma tashabbuslar nafaqat ikki mamlakat, balki butun Markaziy Osiyoning ekologik barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ilmiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, transchegaraviy ekologik monitoringni kuchaytirish, xalqaro loyihalarni kengaytirish hamda ekologik diplomatiyani rivojlantirish O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iz Respublikasining barqaror rivojlanish yo\u2018lidagi strategik hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6454,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6461","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6461","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6461"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6461\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6462,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6461\/revisions\/6462"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6454"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6461"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6461"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6461"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}