{"id":6459,"date":"2026-08-01T12:03:02","date_gmt":"2026-08-01T10:03:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6459"},"modified":"2026-08-01T12:03:02","modified_gmt":"2026-08-01T10:03:02","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b0%d0%b7%d0%b5%d1%80%d0%b1%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b6%d0%b0%d0%bd-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/01\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b0%d0%b7%d0%b5%d1%80%d0%b1%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b6%d0%b0%d0%bd-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Ozarbayjon: ekologik hamkorlik strategik sheriklikning muhim yo\u2018nalishiga aylanmoqda"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi masalalari O\u2018zbekiston hamda Ozarbayjon o\u2018rtasidagi strategik hamkorlikning yangi va istiqbolli yo\u2018nalishlaridan biriga aylanmoqda. Ikkala mamlakat ham &#8220;yashil&#8221; iqtisodiyotga o\u2018tish, iqlim o\u2018zgarishi oqibatlarini yumshatish, bioxilma-xillikni asrash hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Shu bois so\u2018nggi yillarda ikki davlat o\u2018rtasidagi ekologik hamkorlik nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy va xalqaro maydonlarda ham izchil rivojlanib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Ozarbayjon o\u2018rtasidagi ekologik hamkorlik 2008-yil 11-sentabr kuni Boku shahrida imzolangan Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitim asosida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mazkur hamkorlikni yanada yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hukumatlararo Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu hujjat ikki mamlakat ekologik siyosatini uyg\u2018unlashtirish va uzoq muddatli qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam institutsional asos yaratishi kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019kidlash joizki, so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston va Ozarbayjon ekologik diplomatiya doirasidagi hamkorligini sezilarli darajada faollashtirdi. 2023-yil dekabr oyida Dubay shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan COP28 doirasida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari vazirlari uchrashuvida resurslardan samarali foydalanish, barqaror rivojlanish va aylanma iqtisodiyot masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuv ikki mamlakat ekologiya idoralari o\u2018rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqdi. 2024-yilda Boku shahrida o\u2018tkazilgan COP29 konferensiyasi esa ikki davlat ekologik hamkorligining muhim bosqichiga aylandi. Aynan O\u2018zbekiston milliy pavilyonida Turkiy davlatlar tashkilotiga a\u2019zo mamlakatlar ekologiya vazirlarining tarixdagi ilk uchrashuvi o\u2018tkazildi. Yakunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan deklaratsiya imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">COP29 doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan \u201cMuzliklardan fermer xo\u02bbjaliklarigacha\u201d mintaqaviy dasturi ishga tushirildi. Ushbu tashabbus Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Pokiston hududlarida muzliklarning erishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslarini kompleks boshqarish hamda qishloq xo\u2018jaligi va ijtimoiy infratuzilmaning barqarorligini ta\u2019minlashga qaratilgan bo\u2018lib,<br \/>\n2025\u20132034-yillarda 3,5 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni safarbar etishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekologik hamkorlik faqat hukumatlar darajasidagi muloqot bilan cheklanmayapti. 2023\u20132024-yillarda ozarbayjonlik yosh ekolog-faollar Samarqand shahrida o\u2018tkazilgan xalqaro ekologik oromgohda faol ishtirok etdi. Ushbu loyiha yoshlar o\u2018rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2024-yilda esa Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi axborot xizmati delegatsiyasi O\u2018zbekistonga tashrif buyurib, Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi axborot xizmati faoliyati bilan tanishdi. Tashrif I O\u2018zbekiston\u2013Ozarbayjon media forumi doirasida tashkil etildi va ekologik kommunikatsiyalar bo\u2018yicha tajriba almashishga xizmat qildi. 2025-yilda Ozarbayjon Prezidenti vakili, COP29 prezidenti Muxtor Babayev Samarqand shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan &#8220;Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo\u2018lida birlashuv&#8221; xalqaro konferensiyasining ilk ishtirokchilaridan biri bo\u2018ldi. 2026-yilda esa O\u2018zbekiston Ekologiya qo\u2018mitasi delegatsiyasi Bokuda BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan tashkil etilgan mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutaxassislar fikricha, ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ekologik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun bir qator istiqbolli yo\u2018nalishlar mavjud. Birinchidan, Ozarbayjon havo sifati monitoringi va yashil infratuzilmani rivojlantirish borasida katta tajribaga ega. Shu sababli yashil urbanizatsiya, atmosfera havosi sifatini yaxshilash va ekologik monitoring tizimlari bo\u2018yicha tajriba almashish ikki tomon uchun ham foydali bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, \u201cGreen University\u201d negizida qo\u2018shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, professor-o\u2018qituvchilar va yosh olimlar almashinuvini yo\u2018lga qo\u2018yish ekologiya sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va milliy bog\u2018larni boshqarish bo\u2018yicha tajriba almashish bioxilma-xillikni saqlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchidan, hukumatlararo ekologik hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi yangi bitimni imzolash va uning ijrosini muvofiqlashtiruvchi qo\u2018shma ishchi guruhni tashkil etish hamkorlikni tizimli asosda rivojlantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchidan, Ozarbayjonning Yovvoyi hayvonlarning ko\u2018chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to\u2018g\u2018risidagi konvensiyaga qo\u2018shilishi mintaqada biologik xilma-xillikni saqlash va migratsiya yo\u2018llarini muhofaza qilish bo\u2018yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Ozarbayjon o\u2018rtasidagi ekologik hamkorlik iqlim diplomatiyasi, yashil iqtisodiyot, ekologik ta\u2019lim, ilmiy tadqiqotlar va mintaqaviy tashabbuslarni qamrab olgan keng ko\u2018lamli strategik sheriklikka aylanmoqda. Kelgusida hukumatlararo bitimning imzolanishi, \u201cGreen University\u201d negizidagi ilmiy hamkorlikning kengayishi, yashil urbanizatsiya, havo sifati monitoringi hamda qo\u2018riqlanadigan tabiiy hududlarni boshqarish bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalarning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ekologik barqaror rivojlanish yo\u2018lidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Mazkur hamkorlik nafaqat O\u2018zbekiston va Ozarbayjon, balki butun turkiy makon hamda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasida ekologik xavfsizlikni ta\u2019minlashga munosib hissa qo\u2018shadi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6228,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6459","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6459","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6459"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6459\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6460,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6459\/revisions\/6460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6228"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6459"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6459"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6459"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}