{"id":644,"date":"2018-12-15T19:43:38","date_gmt":"2018-12-15T17:43:38","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=644"},"modified":"2018-12-15T19:43:38","modified_gmt":"2018-12-15T17:43:38","slug":"%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/12\/15\/%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKISTON PREZIDENTINING TASHABBUSI JAHON HAMJAMIYATI TOMONIDAN BIR OVOZDAN QO\u2018LLAB-QUVVATLANDI"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div>\n<p>2018-yil 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida \u201cMa\u2019rifat va diniy bag\u2018rikenglik\u201c deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Loyihasi O\u2018zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat BMTga a\u2019zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo\u2018llab-quvvatlandi.<i><!--more--><\/i><\/p>\n<p>Rezolyutsiyaning qabul qilinishi 2017-yil sentabr oyida Nyu-York shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari BMT yuksak minbarida turib so\u2018zlar ekan, O\u2018zbekiston tomonidan taklif etilgan rezolyutsiyaning asosiy maqsadi \u201cbarchaning ta\u2019lim olish huquqini ta\u2019minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko\u2018maklashishdan iborat\u201c ekanini qayd etdi. Hujjat \u201cbag\u2018rikenglik va o\u2018zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta\u2019minlash, e\u2019tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka ko\u2018maklashish\u201cga qaratilgan.<\/p>\n<p>Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida O\u2018zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qator boshqa idoralar bilan hamkorlikda rezolyutsiya loyihasi matnini ishlab chiqish va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a\u2019zo barcha davlatlar bilan kelishish bo\u2018yicha tizimli ishlar olib bordi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning Nyu-York shahridagi Doimiy vakolatxonasidan ma\u2019lum qilishlaricha, BMTga a\u2019zo davlatlar bilan ushbu hujjat loyihasiga doir ko\u2018plab va har tomonlama muzokaralar yakunlari bo\u2018yicha 12-dekabr kuni Prezidentimizning tashabbusi hayotga tatbiq etildi. BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisi davomida \u201cMa\u2019rifat va diniy bag\u2018rikenglik\u201c rezolyutsiyasi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur rezolyutsiya nafaqat BMTga a\u2019zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo\u2018llab-quvvatlangani, balki Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika va boshqa qit\u2019alarning 50 dan ziyod mamlakati bilan hammualliflikda qabul qilingani e\u2019tiborga molik. Bu xalqaro hamjamiyat tomonidan O\u2018zbekiston rahbari tashabbusining dolzarbligi va o\u2018z vaqtida ilgari surilgan taklif ekanining yuksak e\u2019tirofidan dalolatdir.<\/p>\n<p>Hammualliflar qatorida Ozarbayjon, Jazoir, Bahrayn, Belarus, Gana, Misr, Hindiston, Qozog\u2018iston, Kanada, Qatar, Qirg\u2018iziston, Livan, Marokash, BAA, O\u2018mon, Pokiston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sudan, Tojikiston, Tailand, Tunis, Turkmaniston, Filippin, Yaponiya va boshqa davlatlarni qayd etish joiz.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan rezolyutsiyada ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyasini ilgari surish qayd etilib, sayyoramizda xavfsizlik va tinchlikni mustahkamlash yo\u2018lidagi integratsiya, o\u2018zaro hurmat, inson huquqlari himoyasi, murosa va o\u2018zaro anglashuvning nechog\u2018li muhimligi e\u2019tirof etiladi.<\/p>\n<p>Hujjatda dinlar, madaniyatlar va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg\u2018unlikni rag\u2018batlantirish hamda ayrim shaxslarga nisbatan din va e\u2019tiqodlar zamiridagi kamsitishlarga yo\u2018l qo\u2018yilishiga qarshi kurashishga qaratilgan barcha xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslar qo\u2018llab-quvvatlanadi.<\/p>\n<p>E\u2019tiborga loyiq jihati shundaki, ushbu hujjat barcha a\u2019zo davlatlarning fikr, vijdon, din yoki e\u2019tiqod erkinligini himoya qilish va rag\u2018batlantirishga doir sa\u2019y-harakatlarini faollashtirish va shu asosda:<\/p>\n<p>a) butun jamiyatda turli din va e\u2019tiqodlar, ularning yurisdiksiyasi doirasida amal qiluvchi turfa diniy ozchiliklar tarixi, an\u2019analari, tili va madaniyati haqida yanada keng bilimlarni targ\u2018ib qilish orqali ta\u2019lim va boshqa vositalar yordamida din va e\u2019tiqod erkinligiga doir barcha masalalarda o\u2018zaro anglashuv, bag\u2018rikenglik, kamsitishga yo\u2018l qo\u2018ymaslik borasidagi sa\u2019y-harakatlar va hurmatni rag\u2018batlantirish;<\/p>\n<p>b) milliy va xalqaro darajada madaniyatlararo hamkorlik va tinchlik o\u2018rnatishga qaratilgan faoliyatning turli ko\u2018rinishlarini qo\u2018llab-quvvatlash;<\/p>\n<p>v) ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlashga undaydi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, rezolyutsiyaning maqsad va mazmuni BMT doirasida qabul qilingan muhim hujjatlar, jumladan, BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 2030 yilgacha bo\u2018lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari, Din yoki e\u2019tiqodlar zamiridagi murosasizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiya, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining mavzuga doir an\u2019anaviy rezolyutsiyalari qoidalariga to\u2018liq mos keladi.<\/p>\n<p>Ayni paytda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan hujjatda a\u2019zo davlatlarga milliy va xalqaro OAVlar, jumladan, Internet tarmog\u2018ida keng ko\u2018lamli targ\u2018ibot ishlarini yo\u2018lga qo\u2018yish, bag\u2018rikenglik, zo\u2018ravonlikka barham berish hamda din va e\u2019tiqod erkinligiga doir ma\u2019rifiy axborot tarqatish kabi tegishli kommunikatsion strategiyani joriy etish taklif qilinmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu hujjat inson huquqlari, turfa din va e\u2019tiqodlarni hurmat qilish asnosida barcha darajada bag\u2018rikenglik va tinchlik madaniyatini rag\u2018batlantirish maqsadida global muloqotga ko\u2018maklashishga doir xalqaro sa\u2019y-harakatlarni faollashtirishga undashini qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, rezolyutsiyada ta\u2019lim, ilm-fan, madaniyat vositasida millatlararo hamkorlikni kengaytirish orqali YuNYeSKOning dunyoda tinchlik va xavfsizlik o\u2018rnatishdagi muhim roli e\u2019tirof etiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rezolyutsiyasini qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi majlisida Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Marokash, O\u2018mon, Ozarbayjon, Panama, Yevropa Ittifoqi, boshqa qator davlatlar delegatsiyalari so\u2018zga chiqib, O\u2018zbekistonga o\u2018ta muhim va o\u2018z vaqtida ilgari surilgan tashabbus, shuningdek, uning matnini kelishish bo\u2018yicha norasmiy maslahatlashuvlar chog\u2018ida bildirilgan ochiqlik uchun minnatdorlik izhor qildi.<\/p>\n<p>BMT Bosh Assambleyasi mazkur rezolyutsiyaning bir ovozdan qabul qilinishi Prezidentimizning turli millat va konfessiyalar o\u2018rtasida hamkorlik, o\u2018zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlash, konfessiyalar, millatlar va madaniyatlararo muloqotni qo\u2018llab-quvvatlash va asrash, yurtimizda tinchlik va totuvlikni ta\u2019minlashga qaratilgan izchil va puxta o\u2018ylangan strategiyasi xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u2018la qo\u2018llab-quvvatlanayotganining yaqqol dalilidir.<\/p>\n<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":645,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-644","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/644","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=644"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/644\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":646,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/644\/revisions\/646"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/645"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=644"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=644"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=644"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}