{"id":6432,"date":"2026-07-23T20:13:17","date_gmt":"2026-07-23T18:13:17","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6432"},"modified":"2026-07-23T20:13:17","modified_gmt":"2026-07-23T18:13:17","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%83%d1%82%d0%b8-%d0%ba-%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%bc%d1%83-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%ba%d1%82%d1%83%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%bc%d1%83-%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/07\/23\/%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%83%d1%82%d0%b8-%d0%ba-%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%bc%d1%83-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%ba%d1%82%d1%83%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%bc%d1%83-%d0%bf\/","title":{"rendered":"Turkiy dunyo bilan yagona intellektual makon sari: Renessans davrining yangi ilmiy integratsiyasi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyo davlatlari va O\u02bbzbekiston Respublikasi o\u02bbrtasidagi so\u02bbnggi o\u02bbn yillik ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda ilmiy-ma\u02bcrifiy munosabatlar bu mintaqadosh strategik sheriklarning hamkorlik bobida yangilanish davriga qadam qo\u02bbyganliklarini ko\u02bbrsatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Ayniqsa, mintaqa davlatlari Prezidentlarining yangi kelishuvlari va uchrashuvlari natijasida ta\u02bclim transferi, ilmiy kooperatsiya, qo\u02bbshma innovatsion loyihalar va malakali kadrlar tayyorlash tizimi rivojlanib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Aytish kerakki, Markaziy Osiyo mintaqasida geosiyosiy barqarorlik, iqtisodiy farovonlik va barqaror rivojlanishni ta\u02bcminlash bevosita qo\u02bbshnichilik munosabatlari darajasiga bog\u02bbliqdir. 2016-yildan boshlab O\u02bbzbekiston Respublikasining tashqi siyosat konsepsiyasida \u201cYaqin qo\u02bbshnichilik \u2013 ustuvor yo\u02bbnalish\u201d tamoyilining belgilanishi qardosh\u00a0 mamlakatlar bilan aloqalarni mutlaqo yangi, strategik darajaga olib chiqdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Asrlar davomida tarixi, madaniyati, dini va qadriyatlari mushtarak bo\u02bblgan qondosh xalqlar bugungi kunda globallashuv va raqamli iqtisodiyot davrida integratsiyalashuv jarayonlarini yangi bosqichga ko\u02bbtarmoqdalar. Mazkur transformatsiya jarayonlarining eng muhim drayveri esa intellektual mulk, ya\u02bcni ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 2016-yilga qadar qo\u02bbshnichilik munosabatlarida ma\u02bclum bir turg\u02bbunlik, yillab\u00a0 o\u02bbz yechimini topmagan muammolar mavjud edi. Biroq, Muhtaram Prezidentimizning tashqi siyosat bobidagi kuchli diplomatik va strategik mohirligi qardoshlar o\u02bbrtasidagi eski \u201cmuzlarni eritdi\u201d. Bu muvaffaqiyat ta\u02bclim va madaniy aloqalarning kengayishi uchun ham xavfsiz va ishonchli poydevor yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Masalan, Qirg\u02bbiziston va O\u02bbzbekiston yetakchilarining rasmiy tashriflari davomida imzolangan strategik sheriklik, do\u02bbstlik va yaxshi qo\u02bbshnichilik to\u02bbg\u02bbrisidagi deklaratsiyalar hamda hukumatlararo bitimlar bugungi kunda 200 dan ortiq normativ-hujjatlardan iborat mustahkam bazani tashkil etadi. 2016-yilda o\u02bbzaro tovar ayirboshlash hajmi bor-yo\u02bbg\u02bbi 150-200 mln dollarni tashkil etgan bo\u02bblsa, 2025\u20132026-yillarga kelib bu ko\u02bbrsatkich 1 mlrd dollardan oshdi. \u201cO\u02bbzbekiston-Qirg\u02bbiziston taraqqiyot jamg\u02bbarmasi\u201d tashkil etilib, u orqali o\u02bbnlab sanoat, logistika va qishloq xo\u02bbjaligi loyihalari moliyalashtirildi. Avtomobilsozlik &#8211; Qirg\u02bbizistonda o\u02bbzbek brendlari ostida mashina yig\u02bbish zavodlari, to\u02bbqimachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Shuningdek, \u201cXitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston\u201d temir yo\u02bbli qurilishining faol bosqichga kirishi butun mintaqaning transport-logistika xaritasini o\u02bbzgartirib yubordi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 O\u02bbtgan davr ichida O\u02bbzbekiston Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qirg\u02bbiziston Ta\u02bclim va fan vazirligi o\u02bbrtasidagi munosabatlar tubdan isloh qilindi. 2016-yildan keyin ikki mamlakat universitetlari o\u02bbrtasida to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri aloqalar o\u02bbrnatishga keng yo\u02bbl ochildi. Masalan, O\u02bbzbekiston va Qirg\u02bbiziston oliy ta\u02bclim muassasalari rektorlarining an\u02bcanaviy forumlari yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 O\u02bbzbekiston oliy ta\u02bclim tizimi esa bu jarayonda mintaqaviy integratsiyaning bosh drayveri va ilm-fan xabiga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda O\u02bbzbekiston oliy ta\u02bclim muassasalarida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 3 020 nafar yoshlar kelajak poydevorini qurishmoqda. Bu qo\u02bbshni davlatlar ota-onalari va yoshlarining O\u02bbzbekiston ta\u02bclim sifatiga bo\u02bblgan yuksak ishonchi belgisidir. Bu borada Turkmanistondan kelgan 1 554 nafar, Qozog\u02bbistondan kelgan 646 nafar, Tojikistondan kelgan 436 nafar hamda Qirg\u02bbizistondan kelgan 384 nafar talaba o\u02bbzaro ilmiy va madaniy tajriba almashgan holda yagona maorif oilasini tashkil etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Intilishlarni amaliy qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida, O\u02bbzbekiston hukumati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun maxsus Davlat grantlarini joriy etdi. Unga ko\u02bbra, har bir qo\u02bbshni davlat uchun yiliga 20 tadan bepul ta\u02bclim kvotasi ajratilishi yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Bu qadam mintaqada &#8220;ma\u02bcrifiy diplomatiya&#8221;ga keng yo\u02bbl ochdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Chirchiq shahrida Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog\u02bbiston universitetining filiali o\u02bbz faoliyatini boshladi va ilk palladayoq 350 nafar talabani o\u02bbz bag\u02bbriga oldi. Mazkur e\u02bctiborning mantiqiy javobi sifatida Olmaota shahrida, Qozog\u02bbiston milliy agrar universiteti bazasida \u201cToshkent irrigatsiya va qishloq xo\u02bbjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti\u201d Milliy tadqiqot universitetining filiali ish boshladi. Ayni paytda u yerda 16 nafar talaba transchegaraviy suv resurslari va agrar innovatsiyalar bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston ilmiy maktabi texnologiyalari asosida tahsil olmoqda. Osh va Jalolobod shaharlaridagi oliygohlarda o\u02bbzbek tili va madaniyati markazlari, Toshkent va Andijonda esa qirg\u02bbiz tili va adabiyoti kafedralari faoliyati qayta tiklandi va kengaytirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Ta\u02bclim sohasidagi buyuk integratsiya to\u02bblqini Markaziy Osiyo sarhadlaridan oshib, Kaspiy ortiga \u2014 Ozarbayjon bag\u02bbriga qadar kirib bordi. Bu to\u02bblqin bilan bugun 44 ta ikki tomonlama yangi shartnoma va memorandumlar amaliy jarayonga shay. Hozirda O\u02bbzbekistonda Ozarbayjonning 51 nafar farzandi bilim olayotgan bo\u02bblsa, Boku va Ganjaning nufuzli oliygohlarida 31 nafar o\u02bbzbekistonlik ma\u02bcrifat sari intilmoqda. Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti va Boku Slavyan universiteti auditoriyalarida 2024-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetining 5 nafar talabasi tahsil olib qaytishdi. Shu yilning o\u02bbzida Termiz, Toshkent va san\u02bcat dargohlarining 15 nafar yoshlari Ozarbayjondagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etishdi. Bokudan Toshkentga tashrif buyurgan 11 nafar olim va professor esa o\u02bbzbek talabalariga filologiya, psixologiya va menejment darslarini o\u02bbtdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 \u00a0Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Boku Oliy neft maktabi o\u02bbrtasida \u201cNeft muhandisligi\u201d va \u201cKimyo muhandisligi\u201d yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha mutlaqo yangi, qo\u02bbshma ta\u02bclim dasturlarini yaratish ustida jiddiy ish boshlab yuborildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o\u02bbzbek tili va adabiyoti universiteti va Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi o\u02bbrtasidagi hamkorlik ham faol davom etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2019-yildan buyon Toshkentning Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyati, ta\u02bclimi va tadqiqotlari markazi talabalar uchun sevimli maskanga aylangan. Bokudagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti qoshida ulug\u02bb bobomiz Alisher Navoiy nomidagi Ilmiy-tadqiqot markazi esa ilm istagan yoshlarga\u00a0 o\u02bbz eshiklarini keng ochdi. Navoiyxonlik va fuzuliyxonlik kechalari bugun ikki davlat yoshlarini birdek turkiy adabiyot olamiga maftun etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 O\u02bbzbekiston davlat san\u02bcat va madaniyat institutida Ozarbayjon musiqasining sultoni Qora Qorayev markazi talabalarni kuy-qo\u02bbshiq sehri bilan oshno etmoqda. Termiz davlat universitetida Xurshidbonu Natavon markazining ochilishi janub vohasida ozar madaniyatiga ko\u02bbrsatilgan chiroyli ehtirom bo\u02bbldi. 2024-yilning 13-sentyabrida Ozarbayjonning go\u02bbzal Ganja shahrida o\u02bbzbek tili va madaniyatini dunyoga tanituvchi navbatdagi yangi markaz tantanali ravishda faoliyat boshladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Bugun ushbu ko\u02bbp tomonlama hamkorlik rishtalari Turkiy davlatlar tashkiloti deb atalgan ulkan oilaviy makonning eng muhim poydevoriga aylandi. Vazirliklar o\u02bbrtasidagi uchrashuvlar, xususan, Ozarbayjon Ilm va ta\u02bclim vaziri Emin Amrullayevning Toshkentga tashriflari va Milliy Majlis deputati Nagif Hamzayev bilan o\u02bbtkazilgan muzokaralar xorijlik yoshlar uchun o\u02bbzbek tilini xuddi Turkiyaning mashhur \u201cT\u00d6MER\u201d tizimi kabi tizimli o\u02bbrgatish loyihasini kun tartibiga chiqardi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0 Muhimi \u2014 bugun turkiy davlatlar ilmda ham intellektual makon sifatida ham birlashmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bir paytlar faqat qog\u02bbozlarda aks etgan &#8220;umumiy uyimiz&#8221; g\u02bboyasi bugun universitetlar auditoriyalarida, talabalar orasidagi qizg\u02bbin ilmiy bahslarda\u00a0 yashamoqda. Demakki, bugun qardosh ellar bag\u02bbrida o\u02bbz uyidek mehr va e\u02bctibor bilan ilm olayotgan talabalar ertaga butun mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi, suv balansi, ekologiyasi va texnologik mustaqilligini ta\u02bcminlaydigan ziyo kuchiga aynadi. Shu ma\u02bcnoda Markaziy Osiyo ta\u02bclim integratsiyasi \u2014 global dunyoda raqobatga bardosh bera oladigan yagona intellektual makon yaratishning eng to\u02bbg\u02bbri va oqilona yo\u02bblidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Fazliddin MO\u02bbMINOV,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy ta\u02bclim, fan va<br \/>\ninnovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig\u02bbi<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6433,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6432","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6432","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6432"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6432\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6434,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6432\/revisions\/6434"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6433"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6432"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6432"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6432"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}