{"id":6394,"date":"2026-07-03T18:42:10","date_gmt":"2026-07-03T16:42:10","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6394"},"modified":"2026-07-03T18:42:10","modified_gmt":"2026-07-03T16:42:10","slug":"%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/07\/03\/%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Belarus iqtisodiy hamkorligi:  oziq-ovqat sohasidagi istiqbolli loyihalar"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Belarus o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o\u2018zaro savdo hajmini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash ikki davlat o\u2018rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning muhim yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo\u2018nalishda amalga oshirilayotgan izchil ishlar yangi eksport bozorlarini o\u2018zlashtirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda ishbilarmon doiralar o\u2018rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda joriy yilning 1\u20136-iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida agrar sanoat sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri \u2013 &#8220;Belagro\u20132026&#8221; xalqaro ko\u2018rgazma-yarmarkasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda O\u2018zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, eksportni kengaytirish, investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash hamda qishloq xo\u2018jaligi sohasida qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018rgazma doirasida &#8220;UZAGROSTAR XOLDING&#8221; kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan O\u2018zbekiston milliy ekspozitsiyasida mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etildi. Ekspozitsiyaga O\u2018zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nazarov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari Yuriy Shuleyko hamda boshqa rasmiy shaxslar tashrif buyurdi. Tashrif davomida O\u2018zbekiston mahsulotlarining sifati, eksport salohiyati hamda Belarus bozoridagi istiqbollari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbir doirasida Belarusning yirik savdo tashkilotlari, importyor kompaniyalari va ulgurji savdo bozorlari vakillari bilan uchrashuvlar o\u2018tkazildi. Muzokaralar davomida O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini Belarus bozoriga tizimli ravishda yetkazib berish, eksport nomenklaturasini kengaytirish, savdo hajmini oshirish hamda mahalliy eksportyorlar va Belarus importyorlari o\u2018rtasida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, Minsk tumanida joylashgan &#8220;Noviy Lebyajiy&#8221; ulgurji savdo bozori rahbariyati bilan o\u2018tkazilgan uchrashuvlarda meva-sabzavot va qayta ishlangan qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini uzoq muddatli shartnomalar asosida eksport qilish, doimiy B2B hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish hamda O\u2018zbekiston tadbirkorlari uchun alohida savdo maydonlarini tashkil etish imkoniyatlari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif davomida chorvachilik sohasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida e&#8217;tibor qaratildi. Belarus Respublikasining &#8220;Belplemjivobyedineniye&#8221; tashkiloti bilan o\u2018tkazilgan muzokaralar yakunida Samarqand viloyati tadbirkorlari uchun yuqori mahsuldor nasldor yirik shoxli qoramollarni yetkazib berish bo\u2018yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv naslchilik ishlarini rivojlantirish hamda chorvachilik mahsuldorligini oshirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy davomidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Minsk tumanidagi &#8220;Ozerco-Logistik&#8221; savdo-logistika markazida logistika va bojxona infratuzilmasini tashkil etish bo\u2018yicha Belarus tajribasi o\u2018rganildi. Xalqaro yuklarni saqlash, qayta taqsimlash, raqamli logistika tizimlari va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bilan tanishish eksport logistikasini takomillashtirish yuzasidan tajriba almashish imkonini berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Investitsiyaviy hamkorlik yo\u2018nalishida Mogilyov viloyati rahbariyati bilan o\u2018tkazilgan uchrashuv yakunida O\u2018zbekistonning &#8220;MARAQAND MEAT&#8221; MChJ hamda Mogilyov viloyati ijroiya qo\u2018mitasi o\u2018rtasida Belarus hududida zamonaviy chorvachilik kompleksini tashkil etish bo\u2018yicha memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va agro-sanoat sohasida qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Delegatsiya, shuningdek, Vitebsk viloyatidagi ilg\u2018or qishloq xo\u2018jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishib, intensiv chorvachilikni rivojlantirish, samarali xo\u2018jalik boshqaruvi, ozuqa bazasini mustahkamlash, raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish hamda qo\u2018shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan tajriba almashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif yakunlari bo\u2018yicha Belarus bozoriga O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini eksport qilishni kengaytirish, eksportyorlar va importyorlar o\u2018rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, logistika yo\u2018nalishlarini takomillashtirish, nasldor qoramollar importini yo\u2018lga qo\u2018yish hamda qo\u2018shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha qator kelishuvlarga erishildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6392,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6394","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6394","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6394"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6394\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6395,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6394\/revisions\/6395"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6392"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6394"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6394"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6394"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}