{"id":6290,"date":"2026-05-28T14:11:36","date_gmt":"2026-05-28T12:11:36","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6290"},"modified":"2026-05-28T14:11:36","modified_gmt":"2026-05-28T12:11:36","slug":"%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b5%d0%b7%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%be%d1%82-%d0%ba%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d1%83%d1%80%d0%bd%d0%be-%d0%b3%d1%83%d0%bc%d0%b0%d0%bd-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/05\/28\/%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b5%d0%b7%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%be%d1%82-%d0%ba%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d1%83%d1%80%d0%bd%d0%be-%d0%b3%d1%83%d0%bc%d0%b0%d0%bd-2\/","title":{"rendered":"TERMIZ MULOQOTI: MADANIY-GUMANITAR ALOQALARDAN BARQAROR MINTAQAVIY ARXITEKTURANI BARPO ETISH SARI"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda xalqaro munosabatlar tizimida kuzatilayotgan inqirozlar Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari uchun o\u2018zaro anglashuv, birlik va mushtarak maqsadlarga erishish zarurati tobora ortib borayotganidan yana bir bor dalolat bermoqda. Bu borada, o\u2018zaro tushunish va ishonchni mustahkamlashga yordam beradigan muloqot maydonlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Termiz muloqoti hududlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun platforma hisoblanadi. Uning birinchi yig\u2018ilishi 2025-yil 19-mayda bo\u2018lib o\u2018tgan bo\u2018lib, u hududlarning o\u2018zaro bog\u2018liqligini mustahkamlash va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu platformaga bo\u2018lgan talabning ortib borishi 2025-yil dekabr oyida Doha forumi doirasida Termiz muloqotiga bag\u2018ishlangan alohida sessiya tashkil etilishida o\u2018z aksini topdi. Muhokamalar hududlararo hamkorlikni kengaytirishga amaliy yondashuvlar muhimligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Termiz muloqotining bu galgi yig\u2018ilishi platforma rivojlanishining yangi bosqichini &#8211; konseptual munozaralardan mintaqalararo hamkorlik salohiyatini ro\u2018yobga chiqarishning ustuvor yo\u2018nalishlari va amaliy mexanizmlarini belgilashga o\u2018tishni belgilab berishga qaratilgan.\u00a0 Termiz muloqoti davomida madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida urg\u2018u berilishi kutilmoqda. Chunki o\u2018zaro bog\u2018liqlikni shunchaki savdo, infratuzilma va transport yo\u2018laklaridan ko\u2018ra kengroq tushunish kerak. U mintaqa jamoalarini birlashtiruvchi ijtimoiy, intellektual va madaniy aloqalarni o\u2018z ichiga oladi. Ushbu tarixni qayta ko\u2018rib chiqish zamonaviy mintaqaviy hamkorlik uchun muhim konseptual poydevor yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiborga molik jihati shundaki, o\u2018tmishda ham Termiz zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik va islom an\u2019analari paydo bo\u2018lgan va rivojlangan madaniyatlararo hamda diniy muloqot markazi bo\u2018lgan Yunon-Baqtriya, Kushon podshohliklari va boshqa qadimiy davlatlar o\u2018rtasida joylashgan shahar Temuriylar davrida taraqqiy etib, yirik savdo, hunarmandchilik va ilm-ma\u2019rifat maskaniga aylangan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>. Darhaqiqat, agar tariximizga nazar tashlaydigan bo\u02bblsak, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari azaldan yagona makon sifatida uyg\u02bbun rivojlanib kelgan, barcha sohalarda yaqin hamkorlik qilgan. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning \u201cHindiston\u201d, Zahiriddin Muhammad Boburning \u201cBoburnoma\u201d asarlari va boshqa tarixiy manbalar bu yaqin rishtalarning yaqqol dalilidir. Qolaversa, Afg\u2018onistonning O\u2018zbekistondagi elchisi o\u2018rinbosari Muhammadsobir Turkistoniyning quyidagi fikrlari e\u2019tiborga molik: \u201cBir vaqtlar Movarounnahr deb atalgan ikki daryo oralig\u2018idagi zaminda O\u2018zbekiston ham, Afg\u2018oniston ham joylashgan. Madaniyatimizda mushtarak jihatlar kam emas.\u00a0 Alisher Navoiy hazratlari madaniy merosi O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston xalqlarining boyligidir. Alisher Navoiy bobomizning xoklari Hirot viloyatida. Hirotda sulton Husayn Boyqaro davrida qurilgan minoralarning hammasi yagona majmua sifatida qad ko\u2018targan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa Kobulda dafn qilingan. Bog\u2018i Bobur deb ataladigan majmuada. Afg\u2018onistonda ham ulkan madaniyat muzeylari bor. Kobulda, Hirotda, Mozori Sharifdagi muzeylarimizda osori atiqalarimiz saqlanadi\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>. Albatta, bugungi sa\u2019y-harakatlarimizning asosiy maqsadi ana shu tarixiy aloqalarni rivojlantirish emas, balki tiklash, xalqlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashdir. Shu maqsadda keyingi yillarda O\u2018zbekiston Janubiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni tobora rivojlantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, madaniy aloqalar va odamlar o\u2018rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda, bu esa iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish va foydalanilmayotgan salohiyatni ro\u2018yobga chiqarishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yondashuv xavfsizlikni ta\u2019minlashda faqat harbiy-siyosiy vositalardan foydalanishning samarasizligini hisobga olgan holda dolzarbdir. Masalan, ijobiy natijalarga erisha olmaslik afg\u2018on zaminida tinchlik va barqarorlik o\u2018rnatish uchun qurol-yarog\u2018 va harbiylar yordamida amalga oshirilishi 2021-yilda AQSH qo\u2018shinlarining Afg\u2018onistondan olib chiqilishi bilan yana bir bor tasdiqlandi. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda O\u2018zbekistonning Afg\u2018oniston bilan iqtisodiy aloqalari mamlakatda tinchlik o\u2018rnatish va uning iqtisodiyotini tiklashda muhim omillardan biri bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Statistika agentligining hisob-kitoblariga ko\u2018ra, o\u2018zaro savdo aylanmasi 2021-yilda 653 mln dollar, 2022-yilda 688,8 mln dollar, 2023-yilda 784,1 mln dollar va 2024-yil yanvar-noyabr oylari bo\u2018yicha 999,9 mln dollarni tashkil etgan<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>. So&#8217;nggi besh yil ichida savdo aylanmasi 2,5 baravar o\u2018sib, 2025 yilda 1,68 milliard dollarga yetdi, O\u2018zbekiston eksporti esa taxminan 1,5 milliard dollarni tashkil etdi. Tomonlar savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo\u2018yicha yangi o\u2018rta muddatli maqsadni belgilab oldilar. Shu boisdan O\u2018zbekiston bugungi kunda Afg\u2018onistonga sarmoya kirituvchi muhim davlatlardan biriga aylanmoqda. Jumladan, O\u02bbzbekiston va Afg\u02bboniston o\u02bbrtasida imzolangan qiymati 1 mlrd dollarlik shartnomaga ko\u2018ra, O\u02bbzbekiston 10 yil davomida Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi To\u02bbti Maydon gaz konini qayta ishlashda ishtirok etadi. Bu singari savdo-iqtisodiy vositalarni amalga oshirishda Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan Termiz xalqaro savdo markazi juda muhim rol o\u2018ynaydi. Ushbu savdo markazi Afg\u2018oniston bilan hamkorlik qiluvchi turli tadbirkorlarga, ayniqsa, afg\u2018on tadbirkorlariga xizmat qiluvchi Markaziy Osiyodagi birinchi savdo zonasi hisoblanadi. Savdo markazida doimiy faoliyat yuritadigan ko\u2018rgazma-yarmarkalar, O\u2018zbekiston-Afg\u2018oniston biznes maktabi, Afg\u2018oniston fuqarolari bo\u2018lgan bemorlarga davolanish va tibbiy yordam olish uchun tibbiyot klinikasi, mehmonxona, qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar, multivalyuta tizimi va umuman, tadbirkorlar emin-erkin savdo qilishga imkon beruvchi boshqa shart-sharoitlar yaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tahliliy ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra O\u2018zbekiston umumiy xalqaro transportning 60% Markaziy Osiyo davlatlari va Afg\u2018oniston tranzit yo\u2018llaridan o\u2018tadi. O\u2018zbekistonning Afg\u2018oniston orqali dengiz portlariga chiqishi Qora va Boltiq dengiziga chiqish portlaridan 2-3 marta, Tinch okeani portlari yo\u2018nalishidan 5 marta qisqaroqdir<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>. Iqtisodiy tahlilchilarning ma\u02bclumotiga ko\u02bbra, Afg\u2018oniston orqali dengiz portlariga chiqish Markaziy \u00adOsiyodan Janubiy Osiyoga bitta konteynerni yetkazish narxi 900 dollardan 286 dollarga arzonlashadi. Bundan tashqari, yuk tashishga sarflanadigan vaqt 35 kundan 3-5 kungacha qisqaradi. Shu bilan birga, eksport salohiyati ham keskin oshadi. Transport-infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni takomillashtirish va Markaziy Osiyoga xalqaro tranzit yuk tashuvchilarni jalb etish mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi eng muhim vazifalardan biridir. Uni hal etish mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash zarurati bilan belgilanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta\u2019minlash nuqtayi nazaridan o\u2018zaro bog\u2018liqlik Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining eng muhim vazifasidir. Shu ma\u2019noda, Termiz muloqoti nufuzli xalqaro forum sifatida mintaqalarimiz o\u2018rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, hamkorlikning yangi qirralarini ochish, tinchlik va taraqqiyot yo\u2018lidan dadil ilgarilab borishda o\u2018z samarasini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Termiz muloqoti mintaqalararo o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirishga turtki beruvchi maydon sifatida mushtarak tarixiy-madaniy va sivilizatsion aloqalarni tiklash barobarida, Afg\u2018oniston orqali yangi xalqaro transport-logistika yo\u2018laklari rivojlanishiga imkoniyat eshiklarini ochib beradi. Bir-biriga ishonch va manfaatlar to\u2018qnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi murakkab sharoitda Termiz muloqoti kabi hamkorlik formati muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>direktor o\u2018rinbosari<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>PhD., O.Abdurahmonov<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Eldor Aripov: &#8220;Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega&#8221;. (21.05.2025), https:\/\/daryo.uz\/2025\/05\/21\/eldor-aripov-termiz-muloqoti-markaziy-va-janubiy-osiyo-ortasidagi-ozaro-bogliqlikni-mustahkamlashda-muhim-ahamiyatga-ega<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Afg\u2018onistonda O\u2018zbekistonga aloqador madaniy boyliklar kam emas. (07.11.2023). https:\/\/xabar.uz\/uz\/madaniyat\/afgonistonda-ozbekistonga-aloqador-madaniy-boyliklar-kam-emas<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi savdo aylanmasi. 2024-yil yanvar-noyabr oylari uchun dastlabki ma\u2019lumot \/\/ O\u2018zbekiston Respublikasi huzuridagi Statistika agentligi. \u2013 B.4.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Akmalov Sh. O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston: o\u2018tmishdan hozirgacha. Monografiya. \u2013 T.: \u201cZamon poligraf\u201d, 2023. \u2013 B. 70.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6291,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6290","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6290","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6290"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6290\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6292,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6290\/revisions\/6292"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6291"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6290"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6290"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6290"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}