{"id":6267,"date":"2026-05-21T16:52:10","date_gmt":"2026-05-21T14:52:10","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6267"},"modified":"2026-05-21T16:52:10","modified_gmt":"2026-05-21T14:52:10","slug":"%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b5%d0%b7%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%be%d1%82-%d0%ba%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d1%83%d1%80%d0%bd%d0%be-%d0%b3%d1%83%d0%bc%d0%b0%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/05\/21\/%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b5%d0%b7%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%be%d1%82-%d0%ba%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d1%83%d1%80%d0%bd%d0%be-%d0%b3%d1%83%d0%bc%d0%b0%d0%bd\/","title":{"rendered":"TERMIZ MULOQOTI: MADANIY-GUMANITAR ALOQALARDAN BARQAROR MINTAQAVIY ARXITEKTURANI BARPO ETISH SARI"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun xalqaro maydonlarda yuz berayotgan voqea va hodisalar Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari uchun yana bir bor o\u2018zaro hamjihatlik, birdamlik hamda maqsadlar mushtarakligiga erishish zarurati ortib borayotganligini ko\u2018rsatmoqda. Bu borada 2025-yilning 19-mayida o\u2018tkazilgan\u00a0\u201cTinchlik, do\u2018stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish\u201d mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlik bo\u2018yicha Termiz muloqotidan ko\u2018zlangan asosiy maqsad mintaqalarining o\u2018zaro bog\u2018liqligini mustahkamlash hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat edi. Aytish mumkinki, so\u2018nggi bir yil davomida muloqotda e\u2019tibor qaratilgan dolzarb masalalarda sezilarli natijalarga erishildi. Navbatdagi Termiz muloqotida ham Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mintaqalararo aloqalarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o\u2018sishni ta\u2019minlash, shuningdek, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Madaniy aloqalar.<\/em><\/strong> Qayd etish joizki, bugungi kunda Termiz shahri Afg\u2018onistonda tinchlik va barqarorlikni ta\u2019minlash hamda iqtisodiyotini qayta tiklashdagi muhim maskanga aylandi. E\u2019tiborga molik jihati shundaki, o\u2018tmishda ham Termiz zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik va islom an\u2019analari paydo bo\u2018lgan va rivojlangan madaniyatlararo hamda diniy muloqot markazi bo\u2018lgan. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning qayd etishicha, Yunon-Baqtriya, Kushon podshohliklari va boshqa qadimiy davlatlar o\u2018rtasida joylashgan shahar Temuriylar davrida taraqqiy etib, yirik savdo, hunarmandchilik va ilm-ma\u2019rifat maskaniga aylangan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Darhaqiqat, agar tariximizga nazar tashlaydigan bo\u02bblsak, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari azaldan yagona makon sifatida uyg\u02bbun rivojlanib kelgan, barcha sohalarda yaqin hamkorlik qilgan. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning \u201cHindiston\u201d, Zahiriddin Muhammad Boburning \u201cBoburnoma\u201d asarlari va boshqa tarixiy manbalar bu yaqin rishtalarning yaqqol dalilidir. Qolaversa, Afg\u2018onistonning O\u2018zbekistondagi elchisi o\u2018rinbosari Muhammadsobir Turkistoniyning quyidagi fikrlari e\u2019tiborga molik: \u201cBir vaqtlar Movarounnahr deb atalgan ikki daryo oralig\u2018idagi zaminda O\u2018zbekiston ham, Afg\u2018oniston ham joylashgan. Madaniyatimizda mushtarak jihatlar kam emas.\u00a0 Alisher Navoiy hazratlari madaniy merosi O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston xalqlarining boyligidir. Alisher Navoiy bobomizning xoklari Hirot viloyatida. Hirotda sulton Husayn Boyqaro davrida qurilgan minoralarning hammasi yagona majmua sifatida qad ko\u2018targan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa Kobulda dafn qilingan. Bog\u2018i Bobur deb ataladigan majmuada. Afg\u2018onistonda ham ulkan madaniyat muzeylari bor. Kobulda, Hirotda, Mozori Sharifdagi muzeylarimizda osori atiqalarimiz saqlanadi\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Albatta, bugungi sa\u02bcy-harakatlarimizning asosiy maqsadi ana shu tarixiy aloqalarni tiklash, xalqlarimiz o\u02bbrtasida do\u02bbstlik, qardoshlik rishtalarini yana-da mustahkamlash, pirovardida mamlakatlarimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko\u02bbtarishdir. Shu maqsadda O\u02bbzbekiston so\u02bbnggi yillarda Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni tobora rivoj\u00adlantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etish o\u2018rinliki, uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan notinch vaziyat tufayli Afg\u2018onistonda ta\u2019lim sohasi chuqur tanazzulga yuz tutdi. Shunday vaziyatda afg\u2018on xalqini ta\u2019lim olishiga ko\u02bbmaklashish hamda zamonaviy bilim va ko\u02bbnikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga ko\u02bbmak berish Afg\u2018onistonni inqirozdan olib chiqishga\u00a0 bo\u02bblgan eng oqilona yo\u02bbllardan biri ekanligini ta\u2019kidlash lozim. Shu nuqtayi nazardan O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim vazirligi huzurida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u02bbqitish ta\u02bclim markazi faoliyatini tashkil etish to\u02bbg\u2018risida\u201dgi Qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u02bbqitish markazi faoliyat yuritmoqda. 2018-2019-o\u02bbquv yili davomida Markazda 96 nafar talaba \u201cO\u02bbzbek tili va adabiyoti\u201d yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha tahsil olib, barchasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o\u02bbzbek tili va adabiyoti universitetining bakalavr darajasiga ega bo\u02bblishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Iqtisodiy aloqalar.<\/em><\/strong> Ta\u2019kidlash joizki, afg\u2018on zaminida tinchlik va barqarorlikni qaror toptirishda qurol-yarog\u2018 va harbiylar bilan hech qanday ijobiy natijaga erishib bo\u2018lmasligi 2021-yilda AQSh harbiylari Afg\u2018onistonda olib chiqib ketilishi bilan yana bir bor o\u2018z tasdig\u2018ini topdi. Shu nuqtai nazardan bugun O\u2018zbekistonning Afg\u2018oniston bilan iqtisodiy aloqalari mamalakatda tinchlik qaror topishi hamda iqtisodi qayta izga tushishida muhim omillardan biri bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Statistika agentligining hisob-kitoblariga ko\u2018ra, o\u2018zaro savdo aylanmasi 2021-yilda 653 mln dollar, 2022-yilda 688,8 mln dollar, 2023-yilda 784,1 mln dollar va 2024-yil yanvar-noyabr oylari bo\u2018yicha 999,9 mln dollarni tashkil etgan<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. So&#8217;nggi besh yil ichida savdo aylanmasi 2,5 baravar o\u2018sib, 2025 yilda 1,68 milliard dollarga yetdi, O\u2018zbekiston eksporti esa taxminan 1,5 milliard dollarni tashkil etdi. Tomonlar savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo\u2018yicha yangi o\u2018rta muddatli maqsadni belgilab oldilar. Shu boisdan O\u2018zbekiston bugungi kunda Afg\u2018onistonga sarmoya kirituvchi muhim davlatlardan biriga aylanmoqda. Jumladan, O\u02bbzbekiston va Afg\u02bboniston o\u02bbrtasida imzolangan qiymati 1 mlrd dollarlik shartnomaga ko\u2018ra, O\u02bbzbekiston 10 yil davomida Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi To\u02bbti Maydon gaz konini qayta ishlashda ishtirok etadi. Bu singari savdo-iqtisodiy vositalarni amalga oshirishda Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan Termiz xalqaro savdo markazi juda muhim rol o\u2018ynaydi. Ushbu savdo markazi Afg\u2018oniston bilan hamkorlik qiluvchi turli tadbirkorlarga, ayniqsa, afg\u2018on tadbirkorlariga xizmat qiluvchi Markaziy Osiyodagi birinchi savdo zonasi hisoblanadi. Savdo markazida doimiy faoliyat yuritadigan ko\u2018rgazma-yarmarkalar, O\u2018zbekiston-Afg\u2018oniston biznes maktabi, Afg\u2018oniston fuqarolari bo\u2018lgan bemorlarga davolanish va tibbiy yordam olish uchun tibbiyot klinikasi, mehmonxona, qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar, multivalyuta tizimi va umuman, tadbirkorlar emin-erkin savdo qilishga imkon beruvchi boshqa shart-sharoitlar yaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tahliliy ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra O\u2018zbekiston umumiy xalqaro transportning 60% Markaziy Osiyo davlatlari va Afg\u2018oniston tranzit yo\u2018llaridan o\u2018tadi. O\u2018zbekistonning Afg\u2018oniston orqali dengiz portlariga chiqishi Qora va Boltiq dengiziga chiqish portlaridan 2-3 marta, Tinch okeani portlari yo\u2018nalishidan 5 marta qisqaroqdir<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Iqtisodiy tahlilchilarning ma\u02bclumotiga ko\u02bbra, Afg\u2018oniston orqali dengiz portlariga chiqish Markaziy \u00adOsiyodan Janubiy Osiyoga bitta konteynerni yetkazish narxi 900 dollardan 286 dollarga arzonlashadi. Bundan tashqari, yuk tashishga sarflanadigan vaqt 35 kundan 3-5 kungacha qisqaradi. Shu bilan birga, eksport salohiyati ham keskin oshadi. Transport-infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni takomillashtirish va Markaziy Osiyoga xalqaro tranzit yuk tashuvchilarni jalb etish mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi eng muhim vazifalardan biridir. Uni hal etish mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash zarurati bilan belgilanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda ushbu nufuzli xalqaro anjuman mintaqalarimiz o\u02bbrtasida o\u02bbzaro aloqalarni yana-da kengaytirish, hamkorlikning yangi qirralarini ochish, tinchlik va taraqqiyot yo\u02bblidan dadil odimlashimizda o\u02bbz samaralarini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Termiz muloqoti mintaqalararo o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirishga turtki beruvchi maydon sifatida mushtarak tarixiy-madaniy va sivilizatsion aloqalarni tiklash barobarida, Afg\u2018oniston orqali yangi xalqaro transport-logistika yo\u2018laklari rivojlanishiga imkoniyat eshiklarini ochib beradi. Bir-biriga ishonch va manfaatlar to\u2018qnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi murakkab sharoitda Termiz muloqoti kabi hamkorlik formati muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti direktor o\u2018rinbosari PhD., <\/strong><strong>O.Abdurahmonov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Eldor Aripov: &#8220;Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega&#8221;. (21.05.2025), https:\/\/daryo.uz\/2025\/05\/21\/eldor-aripov-termiz-muloqoti-markaziy-va-janubiy-osiyo-ortasidagi-ozaro-bogliqlikni-mustahkamlashda-muhim-ahamiyatga-ega<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Afg\u2018onistonda O\u2018zbekistonga aloqador madaniy boyliklar kam emas. (07.11.2023). https:\/\/xabar.uz\/uz\/madaniyat\/afgonistonda-ozbekistonga-aloqador-madaniy-boyliklar-kam-emas<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi savdo aylanmasi. 2024-yil yanvar-noyabr oylari uchun dastlabki ma\u2019lumot \/\/ O\u2018zbekiston Respublikasi huzuridagi Statistika agentligi. \u2013 B.4.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Akmalov Sh. O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston: o\u2018tmishdan hozirgacha. Monografiya. \u2013 T.: \u201cZamon poligraf\u201d, 2023. \u2013 B. 70.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6268,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6267","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6267","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6267"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6267\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6269,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6267\/revisions\/6269"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6268"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6267"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6267"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6267"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}