{"id":6262,"date":"2026-05-20T20:00:47","date_gmt":"2026-05-20T18:00:47","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6262"},"modified":"2026-05-20T20:04:14","modified_gmt":"2026-05-20T18:04:14","slug":"%d0%bf%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/05\/20\/%d0%bf%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida \u201cInson qadri uchun, inson baxti uchun\u201d, degan ezgu g\u2018oyani chuqur qaror toptirishda barcha milliy va diniy qadriyatlarimiz qatori insonparvarlik, saxovat, shukronalik va bag\u2018rikenglik kabi olijanob fazilatlarni o\u2018zida mujassam etgan muborak Qurbon hayiti ham g\u2018oyat muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda ijtimoiy davlat barpo etish, yurtdoshlarimiz o\u2018rtasida mehr-oqibatni kuchaytirish, yordamga muhtoj insonlarni qo\u2018llab-quvvatlash, hech kimni mehr va e\u2019tibordan chetda qoldirmaslik borasida bu bayramning bezavol an\u2019analari biz uchun kuch-g\u2018ayrat va ilhom manbai bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qurbon hayitini ana shu jarayonlarga mos holda munosib nishonlash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, do\u2018stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida qaror qilaman:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1. O\u2018zbekiston musulmonlari idorasining 2026-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may \u2013 chorshanba kuniga to\u2018g\u2018ri kelishi haqidagi axboroti ma\u2019lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda\u00a0<strong>27-may Qurbon hayiti bayrami<\/strong>\u00a0sifatida keng nishonlansin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2. Quyidagilar ma\u2019lumot uchun qabul qilinsin:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">(a) Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq,\u00a0<strong>Qurbon hayitning birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kuni<\/strong>\u00a0sifatida belgilangani;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">(b) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi \u201c2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo\u2018shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko\u2018chirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u2013257-son Farmoni bilan quyidagilar\u00a0<strong>qo\u2018shimcha dam olish kuni<\/strong>\u00a0sifatida belgilangani:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">(i) ish haftasining turidan qat\u2019i nazar barcha xodimlar uchun 2026-yilning\u00a0<strong>28-may \u2013 payshanba, 29-may \u2013 juma<\/strong>\u00a0kunlari;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">(ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun\u00a0<strong>30-may \u2013 shanba\u00a0<\/strong>kuni.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">3. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita, O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an\u2019ana va urf-odatlariga uyg\u2018un holda, ko\u2018tarinki kayfiyatda o\u2018tkazish bo\u2018yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">4. Turizm qo\u2018mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida mo\u2018tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">5. O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O\u2018zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog\u2018liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Sh. Mirziyoyev<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6263,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6262","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6262","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6262"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6262\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6266,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6262\/revisions\/6266"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6263"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6262"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6262"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6262"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}