{"id":6259,"date":"2026-05-20T19:54:16","date_gmt":"2026-05-20T17:54:16","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6259"},"modified":"2026-05-20T19:54:16","modified_gmt":"2026-05-20T17:54:16","slug":"%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b5%d0%b7%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%8f-%d1%80%d0%b5%d0%b3%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/05\/20\/%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b5%d0%b7%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%8f-%d1%80%d0%b5%d0%b3%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"Termiz muloqoti: Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikning yangi mintaqaviy arxitekturasi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi xalqaro munosabatlar tizimi keskin o\u2018zgarishlar, geosiyosiy raqobat, transport zanjirlarining uzilishi, iqlim o\u2018zgarishi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bilan bog\u2018liq murakkab jarayonlar ta\u2019sirida shakllanmoqda. Bunday sharoitda davlatlar o\u2018rtasidagi ishonch, muloqot va amaliy hamkorlik har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Markaziy va Janubiy Osiyo kabi tarixan o\u2018zaro bog\u2018langan, biroq zamonaviy davrda to\u2018liq ochilmagan ulkan salohiyatga ega mintaqalar uchun o\u2018zaro bog\u2018liqlik masalasi nafaqat iqtisodiy, balki strategik, siyosiy va sivilizatsion ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlik tashabbusi aynan mana shu tarixiy ehtiyojga javob sifatida maydonga chiqdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, xavfsizlik faqat harbiy yoki siyosiy choralar bilan emas, balki iqtisodiy rivojlanish, transport yo\u2018laklari, savdo aloqalari, ta\u2019lim, madaniyat va inson kapitali orqali ham ta\u2019minlanadi. Ya\u2019ni, rivojlanish \u2014 xavfsizlikning oqibati emas, balki uning asosiy shartidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur yondashuv 2021-yil iyul oyida Toshkent shahrida o\u2018tkazilgan \u201cMarkaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o\u2018zaro bog\u2018liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar\u201d mavzusidagi xalqaro konferensiyada institutsional mazmun kasb etdi. Ushbu anjuman Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etildi va mintaqalararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim siyosiy-ekspert maydonga aylandi. Mazkur jarayonning xalqaro e\u2019tirofi sifatida 2022-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan \u201cMarkaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash\u201d rezolyutsiyasi qabul qilindi. E\u2019tiborlisi, ushbu rezolyutsiya O\u2018zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilib, 40 dan ortiq davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlandi. Bu esa O\u2018zbekiston ilgari surayotgan g\u2018oyalar nafaqat milliy yoki mintaqaviy, balki xalqaro ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Termiz muloqoti ana shu yirik diplomatik va intellektual jarayonning amaliy davomi hisoblanadi. 2025-yil may oyida ishga tushirilgan ushbu muloqot Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasida barqaror, tizimli va amaliy hamkorlik muhitini shakllantirishga qaratilgan doimiy platforma sifatida namoyon bo\u2018ldi. Uning birinchi yig\u2018ilishi keng ishtirokchilar tarkibi, ko\u2018p tomonlama formati va amaliy yo\u2018nalishi bilan xalqaro ekspertlar hamjamiyatida katta qiziqish uyg\u2018otdi. 2025-yil dekabr oyida Dohadagi xalqaro forum doirasida Termiz muloqotiga bag\u2018ishlangan alohida sessiyaning tashkil etilgani ham mazkur tashabbusga xalqaro e\u2019tibor ortib borayotganini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil 4\u20136-iyun kunlari Toshkent, Termiz va Samarqand shaharlarida o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan Termiz muloqotining ikkinchi yig\u2018ilishi ushbu platformaning yangi bosqichini boshlab beradi. Bu safar asosiy e\u2019tibor umumiy g\u2018oyalar va konseptual yondashuvlardan aniq amaliy mexanizmlarga o\u2018tishga qaratiladi. Ya\u2019ni, muloqotning maqsadi faqat fikr almashish emas, balki siyosiy muloqot, iqtisodiy o\u2018zaro bog\u2018liqlik, transport-logistika, iqlimga moslashuv va madaniy-gumanitar hamkorlik bo\u2018yicha amaliy natijalarga erishishdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Termiz muloqotining muhim xususiyati shundaki, u O\u2018zbekistonning proaktiv, pragmatik va ochiq tashqi siyosatini ifoda etadi. O\u2018zbekiston o\u2018zini qarama-qarshi bloklar o\u2018rtasidagi tanlovga majbur bo\u2018lgan davlat sifatida emas, balki turli mintaqalar, bozorlar va sivilizatsiyalar o\u2018rtasida muloqot tashkil etuvchi ishonchli maydon sifatida namoyon etmoqda. Bu jihatdan Termiz muloqoti, Farg\u2018ona tinchlik forumi, Samarqand iqlim forumi, \u201cSamarqand birdamlik tashabbusi\u201d va ShHT doirasida ilgari surilgan yaxshi qo\u2018shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik g\u2018oyalari bir-birini to\u2018ldiruvchi yagona tizimni tashkil qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikning eng muhim yo\u2018nalishlaridan biri \u2014 transport-logistika sohasidir. Markaziy Osiyo davlatlari dengizga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli transport yo\u2018laklarini diversifikatsiya qilish, tashqi bozorlarga chiqishni yengillashtirish va yuk tashish xarajatlarini kamaytirish mintaqaning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mavjud ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi bozorlarga transport orqali bog\u2018lanish darajasi taxminan 60 foiz atrofida bo\u2018lib, bu ko\u2018rsatkich Yevropa Ittifoqi va ASEAN davlatlarida 95 foizdan yuqori. Shuningdek, mintaqada transport xarajatlari ba\u2019zan tovar yakuniy qiymatining 50 foizigacha yetadi, bu esa o\u2018rtacha jahon ko\u2018rsatkichidan bir necha barobar yuqori.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shu nuqtayi nazardan Transafg\u2018on koridori strategik ahamiyatga ega. U Markaziy Osiyo davlatlariga Hind okeani portlariga eng qisqa chiqish imkonini beradi, Janubiy Osiyoni Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va Yevropa bozorlari bilan bog\u2018laydi. Bu loyiha faqat temir yo\u2018l yoki transport masalasi emas; u mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, Afg\u2018onistonni tinch rivojlanish jarayonlariga jalb etish va Yevroosiyoda yangi savdo arxitekturasini shakllantirish vositasidir. Shu ma\u2019noda O\u2018zbekiston geografik cheklanganlikni logistik ustunlikka aylantirishga intilayotgan davlat sifatida maydonga chiqmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg\u2018oniston ushbu jarayonda alohida o\u2018rin tutadi. U Markaziy va Janubiy Osiyoni bog\u2018lovchi tabiiy ko\u2018prikdir. O\u2018zbekistonning Afg\u2018onistonga nisbatan siyosati izchil va amaliy xarakterga ega. 2021-yildan buyon Afg\u2018onistonga 15 ta gumanitar konvoy orqali 13 ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yuborilgan. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar ham jadal rivojlanmoqda: 2025-yilda O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,7 milliard AQSH dollariga yetgan bo\u2018lib, bu oldingi yilga nisbatan 55 foizga ko\u2018pdir. Bu raqamlar O\u2018zbekiston Afg\u2018onistonni muammo manbai sifatida emas, balki mintaqaviy rivojlanish va barqarorlik jarayonlarining muhim ishtirokchisi sifatida ko\u2018rayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Termiz shahrining tanlanishi ham tasodifiy emas. Termiz tarixan Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasida savdo, madaniyat, ilm-fan va dinlar muloqoti kesishgan hudud bo\u2018lgan. Bu shahar qadimda Baqtriya, Kushon davlati, Buyuk ipak yo\u2018li va turli sivilizatsiyalar almashinuvida muhim markaz vazifasini bajargan. Bugun esa Termiz O\u2018zbekistonning janubiy darvozasi, Afg\u2018oniston va Janubiy Osiyo bilan amaliy hamkorlikning zamonaviy markazi sifatida shakllanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunga aniq misollar yetarli. 2024-yil 29-avgustda ochilgan 36 gektar maydonga ega \u201cTermiz\u201d xalqaro savdo markazi Afg\u2018oniston bilan chegaradan 500 metr masofada joylashgan. U yerda 15 kunlik vizasiz rejim joriy etilgan. Markaz hududida 3000 dan ortiq do\u2018kon, bojxona, bank, davlat xizmatlari va eksport salohiyatini namoyish etuvchi infratuzilmalar faoliyat yuritmoqda. Ushbu savdo hududida taqdim etilayotgan mahsulotlarning yillik eksport hajmi 1,2 milliard AQSH dollariga baholanmoqda. Markazda 1000 dan ortiq mahalliy aholi va 140 nafarga yaqin Afg\u2018oniston fuqarosi ish bilan ta\u2019minlangan. Bu esa o\u2018zaro bog\u2018liqlik g\u2018oyasi qog\u2018ozdagi shior emas, balki ish o\u2018rinlari, eksport, xizmatlar va insonlar taqdiri bilan bog\u2018liq amaliy voqelik ekanini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim misol \u2014 \u201cTermiz Kargo Sentr\u201d xalqaro transport-logistika xabidir. 2016-yildan faoliyat yuritib kelayotgan mazkur markaz Afg\u2018oniston, Tojikiston va Turkmaniston kesishgan hududda joylashgan. 2021-yildan buyon u BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi va Qochqinlar bo\u2018yicha oliy komissarligi tomonidan Afg\u2018onistonga gumanitar yuklarni yetkazishda foydalanib kelinmoqda. Demak, Termiz nafaqat savdo va logistika, balki insonparvarlik diplomatiyasining ham muhim tayanch nuqtasiga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, 2018-yilda tashkil etilgan Afg\u2018oniston fuqarolari uchun ta\u2019lim markazi ham O\u2018zbekistonning inson kapitaliga qaratilgan uzoq muddatli siyosatini namoyon etadi. Bu markazda 17 ta oliy ta\u2019lim va 16 ta o\u2018rta maxsus, kasbiy ta\u2019lim yo\u2018nalishi bo\u2018yicha afg\u2018on yoshlari o\u2018qitilmoqda. Faoliyat davomida 800 nafardan ortiq Afg\u2018oniston fuqarosi ta\u2019lim olgan, ularning 200 nafari qizlar va ayollardir. Bu raqamlar Afg\u2018onistonni barqarorlashtirishda ta\u2019lim va kasb-hunar tayyorgarligi naqadar muhim ekanini ko\u2018rsatadi. Chunki tinchlik faqat siyosiy kelishuvlar bilan emas, balki bilimli, kasbli va ijtimoiy faol avlod orqali mustahkamlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Termiz muloqotining yana bir muhim yo\u2018nalishi \u2014 iqlim va ekologik barqarorlik masalasidir. Markaziy va Janubiy Osiyo iqlim o\u2018zgarishining salbiy oqibatlarini kuchli his etayotgan mintaqalar sirasiga kiradi. Suv tanqisligi, cho\u2018llanish, tuproq degradatsiyasi, havo ifloslanishi, muzliklar erishi va tabiiy ofatlar nafaqat milliy, balki transchegaraviy muammolardir. Shu bois iqlimga moslashuv, suv resurslaridan oqilona foydalanish, erta ogohlantirish tizimlari va raqamli gidrologik ma\u2019lumotlar almashinuvi Markaziy va Janubiy Osiyo hamkorligining ajralmas qismiga aylanishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston bu sohada ham tashabbuskor pozitsiyani egallamoqda. Samarqand iqlim forumi, mintaqaviy iqlim sammiti, \u201cYashil kun tartibi\u201d, iqlim o\u2018zgarishiga moslashish bo\u2018yicha mintaqaviy strategiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan mintaqaviy dasturlar shu yo\u2018nalishdagi muhim qadamlardir. Bu jarayonlar Markaziy Osiyo endi faqat ekologik muammolardan zarar ko\u2018ruvchi hudud emas, balki ularga yechim taklif etayotgan faol mintaqaviy subyektga aylanayotganini anglatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniy-gumanitar hamkorlik esa o\u2018zaro bog\u2018liqlikning eng chuqur va barqaror asosidir. Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari asrlar davomida umumiy tarix, savdo yo\u2018llari, ilm-fan, madaniyat va ma\u2019naviyat orqali bog\u2018lanib kelgan. Bugungi kunda ikki mintaqaning demografik salohiyati ham ulkan: aholining 60 foizdan ortig\u2018ini 30 yoshgacha bo\u2018lgan yoshlar tashkil etadi. Bu omil ta\u2019lim, ilm-fan, akademik almashinuv, innovatsiya va inson kapitali sohalarida ulkan imkoniyatlar ochadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtayi nazardan Termiz muloqoti faqat diplomatlar yoki ekspertlar uchrashuvi emas. U yoshlar, olimlar, tadbirkorlar, ta\u2019lim muassasalari, madaniyat va fuqarolik jamiyati vakillari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan platforma bo\u2018lishi kerak. Chunki iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ishonch, ishonch uchun esa xalqlar o\u2018rtasida yaqinlik, o\u2018zaro tushunish va madaniy muloqot zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqandga rejalashtirilgan tashrif ham shu ma\u2019noda ramziy ahamiyatga ega. Samarqand asrlar davomida Sharq va G\u2018arb, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa o\u2018rtasida ilm-fan, savdo va diplomatiya markazi bo\u2018lib kelgan. \u201cSamarqand ruhi\u201d deganda aynan ochiqlik, bag\u2018rikenglik, muloqot va umumiy taraqqiyotga intilish tushuniladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev diplomatiyasida Samarqand ana shu tarixiy merosni zamonaviy xalqaro tashabbuslar bilan bog\u2018lovchi maydonga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda, Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyoni yaqinlashtirishga qaratilgan oddiy anjuman emas. U O\u2018zbekistonning yangi tashqi siyosiy tafakkurini, mintaqaviy mas\u2019uliyatini va global darajadagi tashabbuskorligini ifoda etuvchi strategik platforma hisoblanadi. Uning negizida uchta asosiy g\u2018oya mujassam: ishonch orqali muloqot, muloqot orqali hamkorlik, hamkorlik orqali umumiy taraqqiyot.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun xalqaro hamjamiyat O\u2018zbekistonning bu yo\u2018nalishdagi tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlamoqda. BMT rezolyutsiyasining qabul qilinishi, 40 dan ortiq davlatning ushbu tashabbusga xayrixohlik bildirishi, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va mintaqaviy sheriklarning Termiz muloqotiga qiziqishi buning yaqqol isbotidir. Termiz muloqoti orqali O\u2018zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasida yangi ishonch ko\u2018prigini barpo etmoqda. Bu ko\u2018prik savdo yo\u2018llari, temir yo\u2018llar, ta\u2019lim dasturlari, madaniy aloqalar va insonparvarlik tashabbuslari orqali mustahkamlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois Termiz muloqotiga mintaqaviy hamkorlikning yangi arxitekturasi sifatida qarash maqsadga muvofiq. U Markaziy va Janubiy Osiyoni faqat geografik qo\u2018shni hududlar emas, balki umumiy manfaatlar, umumiy xavfsizlik va umumiy kelajakka ega makromintaqa sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. O\u2018zbekiston esa bu jarayonda tashabbuskor, tashkilotchi va ishonchli ko\u2018prik vazifasini bajarmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Sadullayev Qudrat Yusubbayevich<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori (DSc).<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6260,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6259","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6259","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6259"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6259\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6261,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6259\/revisions\/6261"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6260"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6259"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6259"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6259"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}