{"id":6247,"date":"2026-05-18T10:55:49","date_gmt":"2026-05-18T08:55:49","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6247"},"modified":"2026-05-18T10:55:49","modified_gmt":"2026-05-18T08:55:49","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bd%d0%b0%d1%83%d0%ba%d0%b0-%d0%b8-%d0%b8%d0%bd%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%be%d1%81%d0%bd%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/05\/18\/%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bd%d0%b0%d1%83%d0%ba%d0%b0-%d0%b8-%d0%b8%d0%bd%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%be%d1%81%d0%bd%d0%be\/","title":{"rendered":"Ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiya \u2013 turkiy davlatlar integratsiyasining asosiy drayveri"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi global taraqqiyot sharoitida davlatlarning raqobatbardoshligi, avvalo, ularning intellektual salohiyati, zamonaviy ta\u02bclim tizimi, ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion imkoniyatlari bilan belgilanmoqda. Shu ma\u02bcnoda, turkiy davlatlar o\u02bbrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga ko\u02bbtarilishida aynan ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar strategik ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mazkur yo\u02bbnalishlar nafaqat iqtisodiy o\u02bbsish yoki kadrlar tayyorlashga, balki xalqlar o\u02bbrtasidagi ma\u02bcnaviy yaqinlik, umumiy sivilizatsion makon va kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sa\u02bcy-harakati bilan turkiy davlatlar bilan munosabatlarda mutlaqo yangi muhit shakllandi. Ayniqsa, oliy ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli loyihalar turkiy integratsiyaning amaliy mexanizmiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda Turkiya, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston, Ozarbayjon va Turkmaniston bilan yuzlab universitetlararo shartnomalar, qo\u02bbshma ta\u02bclim dasturlari, akademik almashinuvlar va ilmiy tadqiqot loyihalari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u02bbiston bilan hamkorlik bu borada eng faol yo\u02bbnalishlardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda O\u02bbzbekiston va Qozog\u02bbiston oliy ta\u02bclim muassasalari o\u02bbrtasida 280 dan ortiq shartnoma va memorandumlar amal qilmoqda. So\u02bbnggi yillarda ikki davlat o\u02bbrtasida talabalar almashinuvi keskin oshdi. Xususan, 2025\/2026 o\u02bbquv yilida O\u02bbzbekiston oliygohlarida tahsil olayotgan qozog\u02bbistonlik talabalar soni 1000 nafardan oshgan. Shu bilan birga, Qozog\u02bbiston oliy ta\u02bclim muassasalarida 5,5 mingdan ziyod o\u02bbzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbz navbatida, oliygohlarning\u00a0 filiallarini ochish amaliyoti turkiy ta\u02bclim integratsiyasining yangi bosqichini boshlab berdi. Janubiy Qozog\u02bbiston universitetining Chirchiq shahridagi filiali hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo\u02bbjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining Olmaotadagi filiali ana shunday muhim loyihalardandir. Bu\u00a0 kadrlar tayyorlash bilan bir qatrda\u00a0 umumiy ta\u02bclim standartlarini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qirg\u02bbiziston bilan hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. So\u02bbnggi yillarda ikki mamlakat oliygohlari o\u02bbrtasida 90 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolangan. 2023-yilda O\u02bbsh shahrida, 2024-yilda esa Samarqandda ikki davlat rektorlarining forumlari o\u02bbtkazilib, o\u02bbnlab yangi kelishuvlarga erishildi. Bu forumlar turkiy davlatlar oliy ta\u02bclim makonini shakllantirishda muhim platforma vazifasini bajarmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston tomonidan qirg\u02bbiz yoshlari uchun davlat grantlari ajratilishi ham muhim ahamiyatga ega. 2021-yildan boshlab Qirg\u02bbiziston fuqarolari uchun har yili 100 ta davlat granti ajratilmoqda. Bu esa ta\u02bclim orqali inson kapitali integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ozarbayjon bilan hamkorlikda esa madaniy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishlar alohida o\u02bbrin tutadi. Ikki mamlakat oliygohlari filologiya, adabiyot, san\u02bcat, turizm, neft-gaz ishi va tibbiyot sohalarida qo\u02bbshma tashabbuslar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent davlat o\u02bbzbek tili va adabiyoti universitetida Fizuli nomidagi Ozarbayjon madaniyati, ta\u02bclimi va tadqiqotlari markazining faoliyat yuritishi, Bokuda Alisher Navoiy ilmiy markazining tashkil etilishi ikki xalq o\u02bbrtasidagi ma\u02bcnaviy yaqinlikning yorqin namunasidir. Bu kabi markazlar turkiy xalqlarning umumiy adabiy va madaniy merosini chuqur o\u02bbrganishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joizki, turkiy davlatlar integratsiyasining ma\u02bcnaviy asoslarini mustahkamlashda buyuk ajdodlar merosini birgalikda o\u02bbrganish va targ\u02bbib qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, hazrat Alisher Navoiy merosi turkiy xalqlarni birlashtiruvchi ulkan ma\u02bcnaviy ko\u02bbprik vazifasini bajarmoqda. 2026-yil 13-fevral kuni Anqara shahridagi TURKSOY bosh qarorgohida Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan \u201cAlisher Navoiy \u2014 turkiy adabiyotning buyuk namoyondasi\u201d mavzusida xalqaro anjuman o\u02bbtkazildi. Unda turkiy dunyo mamlakatlarining ilm-fan, adabiyot va diplomatiya sohasi vakillari, nufuzli olimlar va ijodkorlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev Navoiyni turkiy dunyoning umumiy vijdoni va sivilizatsion timsoli sifatida e\u02bctirof etdi. Anjumanda Navoiy asarlarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish, qo\u02bblyozmalarni o\u02bbrganish, nashr va tarjima ishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, \u201cXamsa\u201dning ozarbayjon tiliga to\u02bbliq tarjima qilinib nashr etilgani, \u201cMahbub ul-qulub\u201d asarining qator turkiy tillarga o\u02bbgirilgani Navoiy merosining umumturkiy ma\u02bcnaviy boylikka aylanganini ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Anjuman doirasida Toshkent davlat o\u02bbzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, turkiy dunyo madaniyati va adabiyoti rivojiga qo\u02bbshgan hissasi uchun bir qator o\u02bbzbek olim va ijodkorlarining TURKSOY medallari bilan taqdirlanishi ham ma\u02bcnaviy hamkorlikning yuksak e\u02bctirofi bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar o\u02bbrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikda turkologiya sohasi alohida o\u02bbrin tutadi. 2025-yil 8-aprel kuni Boku Slavyan universitetida \u201cI Turkologik qurultoyning 100-yilligiga bag\u02bbishlangan xalqaro turkologik tadqiqotlar konferensiyasi\u201dning o\u02bbtkazilishi bu boradagi hamkorlikning yangi bosqichga ko\u02bbtarilayotganini ko\u02bbrsatdi. Anjumanda Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Turkiya, Qozog\u02bbiston va O\u02bbzbekiston oliy ta\u02bclim muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar hamda Namangan davlat universiteti delegatsiyasi ishtirok etdi. Konferensiya doirasida turkologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yo\u02bbnalishlari, umumiy tarixiy-madaniy merosni o\u02bbrganish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkmaniston bilan hamkorlikda esa gumanitar va ilmiy yo\u02bbnalishlar uyg\u02bbun rivojlanmoqda. O\u02bbzbekiston va Turkmaniston olimlari o\u02bbrtasida qo\u02bbshma tadqiqotlar, olimpiadalar, xalqaro konferensiyalar va ilmiy loyihalar muntazam tashkil etilmoqda. Xususan, ikki mamlakat o\u02bbrtasida qo\u02bbshma ilmiy loyihalar tanlovining yo\u02bblga qo\u02bbyilishi va 2024-yildan boshlab 4 ta qo\u02bbshma tadqiqotning moliyalashtirilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiya bilan hamkorlik esa turkiy integratsiyaning eng yirik va institutsionallashgan yo\u02bbnalishlaridan biriga aylandi. So\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekiston va Turkiya oliy ta\u02bclim muassasalari o\u02bbrtasida 200 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolangan. Ikki mamlakat rektorlari forumlari doirasida esa o\u02bbnlab yangi loyihalarga start berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan qo\u02bbshma ta\u02bclim dasturlari, texnoparklar, muhandislik va yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, \u201cTUSA\u015e\u201d kompaniyasi bilan dron texnologiyalari bo\u02bbyicha o\u02bbquv kurslarini tashkil etish, \u201cYildiz\u201d texnoparki konsepsiyasi asosida innovatsion o\u02bbquv-ishlab chiqarish texnoparkini barpo etish, Toshkentda Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialining faoliyati turkiy innovatsion hamkorlikning yangi modelini yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda turkiy davlatlar integratsiyasi faqat madaniy yaqinlik yoki tarixiy mushtaraklik bilan cheklanib qolmayapti. Endi u innovatsiyalar, startaplar, raqamli texnologiyalar, sun\u02bciy intellekt, muhandislik va ilmiy tadqiqotlar orqali yangi mazmun kasb etmoqda. O\u02bbzbekiston va Turkiya o\u02bbrtasida TUBITAK bilan hamkorlikda o\u02bbtkazilayotgan qo\u02bbshma ilmiy loyihalar tanlovlari buning amaliy ifodasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, turkiy davlatlar o\u02bbrtasida akademik mobillikning kuchayishi, diplom va kvalifikatsiyalarni o\u02bbzaro tan olish, yagona ta\u02bclim platformalarini yaratish, ilmiy jurnallar va tadqiqot fondlarini tashkil etish bo\u02bbyicha takliflar ham ilgari surilmoqda. Eng muhimi, mazkur jarayonlar ortida inson kapitaliga investitsiya, yosh avlodni umumiy qadriyatlar asosida tarbiyalash va intellektual birlikni ta\u02bcminlash g\u02bboyasi mujassam. Chunki XXI asrda davlatlar taqdiri neft yoki gaz bilan emas, balki bilim, texnologiya va innovatsiyalar bilan belgilanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u02bcnoda, ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik turkiy davlatlar integratsiyasining eng barqaror, eng istiqbolli va eng kuchli drayveriga aylanmoqda. Bu jarayon nafaqat turkiy xalqlarni yanada yaqinlashtiradi, balki Yevroosiyo makonida yangi intellektual va texnologik markaz shakllanishiga ham xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqayotgan muhim omillardan biri \u2013 bu oliy ta\u02bclim muassasalari o\u02bbrtasidagi institutsional hamkorlikning mustahkamlanayotganidir. Bugungi kunda O\u02bbzbekiston 100 dan ortiq oliy ta\u02bclim muassasasini birlashtirgan Turkiy universitetlar ittifoqi \u2013 T\u00dcRK\u00dcN\u0130Bga 2025\u20132026-yillarda raislik qilayotgani mamlakatimizning mazkur yo\u02bbnalishdagi faol va tashabbuskor siyosatini yaqqol namoyon etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil 15-oktyabr kuni Toshkent xalqaro universitetida \u201cTurkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari\u201d doirasida T\u00dcRK\u00dcN\u0130Bning 8-Bosh Assambleyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Unda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek \u04e8m\u04afraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, TDT va TURKSOY rahbariyati, oliy ta\u02bclim muassasalari rektorlari, olimlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Assambleyada Ozarbayjon, Turkiya, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston, Vengriya, Shimoliy Kipr va O\u02bbzbekistondan 69 ta universitetning qariyb 200 nafar delegati qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbir doirasida \u201cTurkBarometer\u201d loyihasi natijalari taqdim qilinib, turkiy davlatlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va integratsiya tendensiyalari muhokama qilindi. U2U \u2013 \u201cUniversity-to-University\u201d formatidagi uchrashuvlar esa universitetlararo yangi sheriklik aloqalari uchun amaliy maydon vazifasini o\u02bbtadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda turkiy davlatlar o\u02bbrtasida yagona akademik makonni shakllantirishga xizmat qilayotgan muhim institutsional platformalardan biri \u2014 Toshkent shahrida tashkil etilgan Turkiy davlatlar xalqaro universitetidir. Mazkur universitet turkiy mamlakatlar o\u02bbrtasida ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash va qo\u02bbshma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Universitetda ta\u02bclim yo\u02bbnalishlari, boshqaruv modeli va akademik jarayonlar turkiy davlatlar o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro integratsiya tamoyillari asosida shakllantirilmoqda. Shuningdek, mazkur oliy ta\u02bclim muassasasi professor-o\u02bbqituvchilar va talabalar akademik almashinuvini kengaytirish, qo\u02bbshma ta\u02bclim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun muhim muloqot maydoni vazifasini bajarmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar o\u02bbrtasidagi integratsiya faqat ta\u02bclim va ilm-fan bilan cheklanib qolmayapti. Yoshlar siyosati, talabalar almashinuvi va sport diplomatiyasi ham mazkur jarayonning muhim qismiga aylanmoqda. Xususan, 2025-yil sentyabr oyida Qirg\u02bbizistonning Cho\u02bblpon-ota shahrida o\u02bbtkazilgan Turkiy davlatlar III Universiadasida O\u02bbzbekiston delegatsiyasi 7 ta sport turi bo\u02bbyicha 80 nafar talaba-sportchi bilan ishtirok etdi. Mazkur musobaqalar turkiy mamlakatlar yoshlari o\u02bbrtasida do\u02bbstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sog\u02bblom raqobat muhitini shakllantirish hamda umumiy yoshlar makonini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar o\u02bbrtasida ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida shakllanayotgan hamkorlik bugungi kunda umumiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Universitetlar, ilmiy markazlar, akademik platformalar va yoshlar tashabbuslari orqali mustahkamlanayotgan bu munosabatlar turkiy dunyoning intellektual salohiyatini birlashtirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u02bctiborli jihati shundaki, mazkur jarayonlar faqat bugungi manfaat yoki qisqa muddatli loyihalar bilan cheklanib qolmayapti. Ular kelajak avlod uchun umumiy bilim va taraqqiyot makonini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi yaqinlashuv esa turkiy davlatlarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun turkiy davlatlar o\u02bbrtasida shakllanayotgan intellektual hamkorlik nafaqat universitetlar yoki ilmiy muassasalarni, balki xalqlarni ham bir-biriga yaqinlashtirmoqda. Bu esa umumiy tarix va ma\u02bcnaviy merosga tayangan holda zamonaviy taraqqiyotning yangi modelini yaratish imkonini bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u02bcnoda, ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar turkiy davlatlarning umumiy kelajagini bog\u02bblab turuvchi eng kuchli ma\u02bcnaviy va intellektual ko\u02bbprikka aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Nazokat ABDUQUNDUZOVA<\/strong>,<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Axborot xizmati rahbari<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6248,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6247","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6247"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6249,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6247\/revisions\/6249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6248"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6247"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6247"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}