{"id":6017,"date":"2026-03-17T16:42:37","date_gmt":"2026-03-17T14:42:37","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6017"},"modified":"2026-03-17T16:42:37","modified_gmt":"2026-03-17T14:42:37","slug":"%d0%b4%d0%b2%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b0-%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0-%d0%ba%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/03\/17\/%d0%b4%d0%b2%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b0-%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0-%d0%ba%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b0\/","title":{"rendered":"Ikki xalq \u2013 bir madaniyat"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Tojikiston o\u2018rtasidagi madaniy aloqalar ikki mamlakatni bog\u2018lab turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu hamkorlik xalqlar o\u2018rtasidagi tarixiy, ma\u2019naviy va madaniy yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, so\u2018nggi yillarda madaniyat sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko\u2018tarilib, turli festivallar, konsertlar, kino tadbirlari va teatr gastrollari orqali yanada faollashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, ikki davlat rahbarlari o\u2018rtasidagi samimiy va iliq munosabatlar ham mazkur hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Davlat rahbarlarining o\u2018zaro tashriflari, madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etishi hamda madaniyat va san\u2019atni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari ikki xalq o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va o\u2018zaro hurmatni yanada kuchaytirib, madaniy aloqalarning yangi bosqichda rivojlanishiga turtki bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniyat sohasidagi hamkorlikning huquqiy asosi <strong>1994-yil 16-yanvarda<\/strong> imzolangan <strong>\u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o\u2018rtasida madaniyat, fan, ta\u2019lim, turizm va sport sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish to\u2018g\u2018risidagi Bitim\u201d<\/strong> hamda ikki davlat madaniyat vazirliklari o\u2018rtasida qabul qilingan <strong>2024\u20132026-yillarga<\/strong> mo\u2018ljallangan madaniy hamkorlik dasturi hisoblanadi. Ushbu hujjatlar ikki mamlakat o\u2018rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish va qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda O\u2018zbekiston va Tojikiston o\u2018rtasidagi madaniy hamkorlik turli yo\u2018nalishlarda rivojlanmoqda. Xususan, madaniy forumlar, festivallar, qo\u2018shma konsert dasturlari, teatr gastrollari va kino kunlari muntazam tashkil etilmoqda. So\u2018nggi to\u2018rt yil davomida O\u2018zbekiston madaniyat vaziri va uning o\u2018rinbosarlari Tojikistonga 11-marta tashrif buyurgan bo\u2018lsa, Tojikiston madaniyat vaziri va uning o\u2018rinbosarlari O\u2018zbekistonga 8-marta tashrif amalga oshirgan. Bu esa ikki davlat o\u2018rtasidagi madaniy aloqalar izchil rivojlanayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlik doirasida qator yirik madaniy tadbirlar ham o\u2018tkazildi. Jumladan, Dushanbe shahrida bir necha bor <strong>\u201cO\u2018zbekiston madaniyati kunlari\u201d,<\/strong> Toshkent shahrida esa <strong>\u201cTojikiston madaniyati kunlari\u201d<\/strong> tashkil etildi. Shuningdek, <strong>\u201cDo\u2018stlik kechasi\u201d<\/strong> nomli konsert dasturlari ham ikki mamlakatda o\u2018tkazilib, unda ikki davlat rahbarlari ham ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda o\u2018tkazib kelinayotgan xalqaro festivallarda ham Tojikiston vakillari faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, <strong>\u201cLazgi\u201d<\/strong> xalqaro raqs festivalida Tojikistonning <strong>\u201cLola\u201d<\/strong> raqs ansambli sovrindor bo\u2018lgan bo\u2018lsa, Xalqaro maqom san\u2019ati anjumanida Tojikiston milliy konservatoriyasi solisti yuqori o\u2018rinni qo\u2018lga kiritdi. Bu esa ikki xalq madaniyatining o\u2018zaro uyg\u2018unligi va hamkorlik samarasini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniy hamkorlik doirasida kino sohasida ham qo\u2018shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Tojikistonning <strong>\u201cTojikfilm\u201d<\/strong> davlat muassasasi o\u2018rtasida <strong>\u201cYulduzli osmon: Jomiy va Navoiy\u201d<\/strong> nomli badiiy filmni suratga olish bo\u2018yicha memorandum imzolandi va film ishlab chiqildi. Ayni paytda mazkur filmning montaj ishlari davom etmoqda. Shuningdek, 2024-yilda Tojikistonda <strong>\u201cO\u2018zbekiston kinosi kunlari\u201d<\/strong>, 2025- yilda esa Toshkent shahrida <strong>\u201cTojik kinosi kunlari\u201d<\/strong> tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilda amalga oshirilgan yirik madaniy tadbirlardan biri Tojikistonning Xo\u2018jand shahrida o\u2018tkazilgan Navro\u2018z bayramiga bag\u2018ishlangan tantanalar bo\u2018ldi. Unda O\u2018zbekiston, Qirg\u2018iziston va Tojikiston davlat rahbarlari ishtirok etdi hamda uch davlat san\u2019at ustalarining qo\u2018shma konserti tashkil etildi. Shu bilan birga, Dushanbe shahrida O\u2018zbekiston teatr jamoalarining gastrollari, Toshkent shahrida esa xalqaro musiqa festivallari doirasida Tojikiston san\u2019atkorlarining chiqishlari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining birinchi majlisida ham Tojikiston madaniyat vaziri ishtirok etib, mintaqaviy madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusida ikki davlat o\u2018rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qator yangi tashabbuslar rejalashtirilgan. Jumladan, O\u2018zbekistonda <strong>\u201cTojikiston madaniyati va kinosi kunlari\u201d<\/strong>ni o\u2018tkazish, <strong>\u201cDo\u2018stlik kechasi\u201d <\/strong>konsert dasturini tashkil etish, teatr gastrollari va <strong>\u201cNavro\u2018zi olam\u201d<\/strong> uch avlod uchrashuvini o\u2018tkazish ko\u2018zda tutilmoqda. Shuningdek, 2026\u20132027-yillarga mo\u2018ljallangan madaniyat sohasida hamkorlik bo\u2018yicha yangi tadbirlar rejasini imzolash rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda, O\u2018zbekiston va Tojikiston o\u2018rtasidagi madaniy hamkorlik izchil ravishda rivojlanib, ikki xalq o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va o\u2018zaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6018,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6017","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6017","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6017"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6017\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6019,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6017\/revisions\/6019"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6018"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6017"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6017"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6017"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}