{"id":5982,"date":"2026-02-17T12:41:04","date_gmt":"2026-02-17T10:41:04","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5982"},"modified":"2026-02-17T12:41:04","modified_gmt":"2026-02-17T10:41:04","slug":"%d1%81%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%bc-%d0%b0%d1%88%d1%83%d1%80-%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%bc%d0%b8%d1%8f-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/02\/17\/%d1%81%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%bc-%d0%b0%d1%88%d1%83%d1%80-%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%bc%d0%b8%d1%8f-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd\/","title":{"rendered":"Salim Ashur: Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot davlatlar o\u2018rtasidagi madaniy aloqalarni yanada kengaytirmoqda"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan jurnalist, taniqli ijodkor Salim Ashur<\/strong> \u201cDunyo\u201d AA uchun buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan o\u2018z fikr-mulohazalarini bildirdi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 So\u2018z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy asarlarining bosh mavzusi komil inson g\u2018oyasidir. Uning ijodida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ulug\u2018lanadi. Mutafakkir shoirning butun ijodi insoniyat ma\u2019naviyati va ma\u2019rifatini, so\u2018z san\u2019atini yuksaltirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Alisher Navoiyning haqida: \u201cBuyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o\u2018rin tutadi\u201d, \u2013 degan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi shiddat bilan o\u2018zgarayotgan global dunyoda, qurolli to\u2018qnashuvlar, keskin ziddiyatlar kuchayayotgan sharoitda benazir Alisher Navoiy ijodining\u00a0 tinchlik va taraqqiyotni asrab-avaylash, farovon hayotni barpo etish borasidagi o\u2018rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">XIV asrda Sohibqiron Amir Temur turkiy xalqlar va qavmlarni bir saltanat tug\u2018i ostida birlashtirgan davrda yagona millatni ruhan yuksaltiradigan badiiy so\u2018zga ehtiyoj kuchli edi. Shu davrning yalovbardor shoiri sifatida maydonga chiqqan Alisher Navoiy asarlarida qardosh xalqlarning birligi qalamga olingan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu boisdan buyuk shoir ijodi, betakror asarlari jahonning barcha mamlakatlarida mehr bilan o\u2018qib-o\u2018rganilmoqda. Dunyoning ko\u2018pgina poytaxtlari va ko\u2018rkam shaharlarida shoirga muhtasham haykallar qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda Yangi O\u2018zbekistonda inson qadri ulug\u2018lanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlar Alisher Navoiyning ezgu g\u2018oyalariga har jihatdan uyg\u2018un va hamohangdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda 1991-yil \u2013 davlat mustaqilligining birinchi yili Alisher Navoiy yili deb e\u2019lon qilingan va poytaxt Toshkent shahri markazidagi Milliy bog\u2018da ulug\u2018 shoirga muzayyan va muhtasham haykal-majmua o\u2018rnatilgan edi. Majmua gumbazining ichki tomonida hazratdan bir bayt \u2013 ikki misra naqsh etilgan:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Olam ahli, bilingizkim, ish emas, dushmanlig\u2018,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Yor o\u2018lung bir-biringizgakim, erur yorlig\u2018 ish. <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Insonparvar shoir: \u201cEy, olam ahli, qabohat, razolat \u2013 dushmanlik, do\u2018stlik, yorlik \u2013 ezgu ish ekanini, faqat xayrixohlik va murosa bilan dunyo tinch bo\u2018lishini, xalqlar farovon yashashini bilinglar\u201d, deb ogoh etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Olam ahlining asriy orzu-armonlarini ifoda etgani uchun Alisher Navoiyning betakror ijodi jahonda yuksak e\u2019tibor va e\u2019zoz topdi, barcha turkiy xalqlarning o\u2018lmas adabiy merosiga aylandi. Yurtimizda ulug\u2018 shoirning nomi, xotirasiga har kuni, har soatda izzat, ehtirom ko\u2018rsatiladi. Asarlari kitob holida qayta-qayta nashr etiladi, maktablarda o\u2018quvchilar, oliy o\u2018quv yurtlarida talabalar bu kitoblarni o\u2018qib o\u2018rganadilar. Ilmiy doiralarda ijodi va hayoti yuzasidan eng ko\u2018p ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan adib ham, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Milliy va jahon adabiyotida Alisher Navoiy siymosi aks etgan yangi-yangi asarlar yozilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2021 yilda bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar ko\u2018lami yanada kengaydi, O\u2018zbekiston rahbarining tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta\u2019sis etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu mukofot Turkiy davlatlar kengashi, shuningdek, Turksoy tashkilotining ilmiy, madaniy, ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy sohalardagi faoliyatini yanada kuchaytirish, xususan, turkiy tilli mamlakatlar o\u2018rtasida adabiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Zero, turkiy xalqlar bir ota-onaning farzandlari, dilbandlari bo\u2018lib, necha-necha asrlar davomida qondoshlik, jondoshlik va mehr rishtalari bilan bog\u2018langanlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mukofot jahonda turkiy madaniyatni targ\u2018ib qilish, tinchlikni saqlash, xavfsizlikni ta\u2019minlash, o\u2018zaro ishonchni mustahkamlash,\u00a0 turkiy xalqlar o\u2018rtasida hamkorlikni kengaytirishga qo\u2018shilgan alohida hissasi uchun har ikki yilda bir marta topshiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mukofot birinchi marta 2022 yilda buyuk qirg\u2018iz yozuvchisi va jamoat arbobi marhum Chingiz Aytmatovga berilgan edi. Mukofotni Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqandda o\u2018tgan to\u2018qqizinchi kengashida O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg\u2018iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga tantanali vaziyatda topshirgan edi. Haqiqatan ham, Chingiz Aytmatov turkiy xalqlarning dunyoga tanilgan adiblaridan biri, uning asarlari 176 dan ortiq tilga tarjima qilingan, 128 mamlakatda 100 milliondan ortiq nusxada bosilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ikkinchi bor Vengriya poytaxti Budapeshtda o\u2018tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida \u201cTurkiy dunyo birligiga qo\u2018shgan hissasi uchun\u201d taniqli turk biokimyogari, Nobel\u2019 mukofoti sovrindori, O\u2018zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjarga\u00a0 topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda turkiy tilli davlatlar hamkorligini kuchaytirish, turkiy xalqlarni yanada yaqinlashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, adabiy hayotimizning muhim voqeasi bo\u2018lgan \u201cTurkiy adabiyot durdonalari\u201d 100 jildlik asarlar majmuasi nashr etildi. Majmuaga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Turkmaniston, O\u2018zbekiston, Vengriya, ya\u2019ni TURKSOYga a\u2019zo 8 davlat adabiyoti namunalari kiritildi. Majmuada jami 133 nafar mashhur shoir va adibga alohida jild ajratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilda Samarqandda o\u2018tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Butunjahon turkiy tillar kunini ta\u2019sis etish to\u2018g\u2018risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiyaga ko\u2018ra 2025-yilning 15-dekabr kuni birinchi marta turkiy tillar kuni bayram sifatida nishonlandi. Aynan 15 dekabr sanasi turkiy tillar kuni sifatida belgilanganining ramziy ma\u2019noga bor. Ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, 1893-yilning aynan shu kuni daniyalik olim Vilgelm Tomsen O\u2018rxun bitiklari alifbosini o\u2018qib chiqqanini e\u2019lon qilgan. Bu yozma yodgorliklar turkiy tillar oilasining qadimiy ildizlarini tasdiqlovchi eng muhim manbalardan biri sanaladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Butunjahon turkiy tillar kuni doirasida turli madaniy taqdimotlar va tadbirlar \u2013 ko\u2018rgazmalar, ma\u2019ruzalar, adabiy kechalar, badiiy chiqishlar tashkil etildi. Ularning maqsadi turkiy tillar oilasining madaniy va ijtimoiy ahamiyatini namoyish etish, turkiy tilli davlatlarning madaniy xilma-xilligini yoritish hamda bu tillarning insoniyat taraqqiyotiga qo\u2018shgan hissasi haqida xabardorlikni oshirishdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YUNESKO ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, turkiy tillar dunyo bo\u2018ylab 12 million kvadrat kilometrga yaqin hududda yashovchi 200 milliondan ortiq insonning ona tili hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Navoiy yashagan davrdan buyon besh asrdan ko\u2018proq vaqt o\u2018tdi. Bu davrda shoir ijodining qimmati, ahamiyati tobora oshib bormoqda. Turkiy xalqlarning har bir avlodi Alisher Navoiy asarlaridan o\u2018zi uchun muhim bo\u2018lgan ma\u2019naviy ozuqa topib boraveradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ulug\u2018 zot nomi bilan atalgan xalqaro mukofot turkiy tilli davlatlar va xalqlar hamkorligini yanada mustahkamlash yo\u2018lida xizmat qilgan buyuk shoirning bugungi munosib izdoshlariga beriladi, albatta.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5983,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5982","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5982","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5982"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5982\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5984,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5982\/revisions\/5984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5983"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5982"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5982"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5982"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}