{"id":5968,"date":"2026-02-05T00:30:34","date_gmt":"2026-02-04T22:30:34","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5968"},"modified":"2026-02-05T00:30:34","modified_gmt":"2026-02-04T22:30:34","slug":"%d0%b0%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7-%d0%b1%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b5%d1%81-%d0%ba%d0%bb%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0-202","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/02\/05\/%d0%b0%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7-%d0%b1%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b5%d1%81-%d0%ba%d0%bb%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0-202\/","title":{"rendered":"2025 yilda O\u2018zbekistonda biznes muhit tahlili \u2013 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqoti"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Yil davomida biznes muhit ijobiy ko\u2018rsatkichlar oralig\u2018ida saqlanib qoldi va o\u2018rtacha yillik qiymati 57 bandni tashkil etdi, bu esa O\u2018zbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holati ijobiy ekanini anglatadi.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent, 2026 yil 30 yanvar. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublika bo\u2018ylab tadbirkorlar o\u2018rtasida har oy o\u2018tkazilgan so\u2018rovnomalar asosida 2025 yil uchun biznes muhiti indeksi tahlili natijalarini taqdim etdi. Olingan ma\u2019lumotlar asosida biznes muhitning joriy holati hamda yaqin uch oyga bo\u2018lgan kutilmalarni ifodalovchi umumlashtirilgan biznes muhiti indikatori shakllantirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekistonda umumlashtirilgan biznes muhiti indeksi dinamikasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025 yil yakunlariga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonda umumlashtirilgan biznes muhiti indeksi o\u2018rtacha 57 bandni tashkil etdi (\u2212100 dan +100 gacha bo\u2018lgan shkalada), bu 2024 yil ko\u2018rsatkichidan 7%ga yuqori. O\u2018sish asosan joriy holat bo\u2018yicha baholarning yaxshilanishi hisobiga ta\u2019minlandi. Jumladan, biznesning joriy holat indeksi o\u2018rtacha yillik qiymati 22%ga o\u2018sib, 47 bandga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 68 banddan 66 bandgacha biroz pasaygan bo\u2018lsa-da, yetarlicha yuqori darajada saqlanib qoldi. Bu esa joriy sharoitlarning umumiy yaxshilanishi fonida korxonalar tomonidan kelajak istiqbollariga nisbatan ma\u2019lum darajada ehtiyotkorlik mavjud ekanini aks ettiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil davomida biznes muhiti jamlanma indeksining dinamikasi turlicha ko\u2018rinishga ega bo\u2018ldi. Eng yuqori ko\u2018rsatkich iyun oyida qayd etilib, 63 bandni tashkil etgan bo\u2018lsa, eng quyi ko\u2018rsatkich yanvarda kuzatildi va 52 bandga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Indikatorning yil davomidagi tebranishlari ham mavsumiy omillarni, ham biznesning tez o\u2018zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga moslashishini aks ettirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, yil yakuniga kelib korxonalar o\u2018rtasida yuqori darajadagi optimizm saqlanib qoldi. Dekabr oyida biznes muhiti indeksi 58 bandni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 bandga o\u2018sish qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Biznes-iqlim indeksining tarmoqlar va hududlar bo\u2018yicha dinamikasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025 yilda iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida biznes muhitining yaxshilanishi kuzatildi. Xizmat ko\u2018rsatish sohasida indeks 58 bandni tashkil etib, 14,7% ga o\u2018sdi; qurilishda \u2013 57 band (+14,2%), sanoatda esa \u2013 54 band (+6,8%) qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qishloq xo\u2018jaligida indeks ko\u2018rsatkichi deyarli o\u2018zgarishsiz qoldi va 56 bandni tashkil etdi. Bu ushbu sektorda biznes yuritish sharoitlari bo\u2018yicha avvalgi baholashlar saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududlar kesimida o\u2018rtacha yillik Biznes muhiti indeksi o\u2018tgan yilga nisbatan respublikaning 11 ta hududida o\u2018sgan. Shu bilan birga, 7 ta hududda indeksning o\u2018rtacha yillik qiymati 57 bandni tashkil etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil yakunlariga ko\u2018ra, biznes muhitining eng sezilarli darajada yaxshilanishi quyidagi hududlarda kuzatildi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qashqadaryo viloyatida \u2014 ko\u2018rsatkich 27% ga oshdi;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jizzax viloyatida \u2014 23% ga;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xorazm viloyatida \u2014 17% ga.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida o\u2018sish 19% ni tashkil etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand viloyatida indeks biroz pasayganiga qaramay, biznes muhitining o\u2018rtacha yillik qiymati ijobiy saqlanib qoldi va 51 bandni tashkil etdi. Toshkent viloyatida esa ko\u2018rsatkich o\u2018zgarishsiz qolib, 44 band darajasida qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Biznesning narxlar dinamikasi va talab bo\u2018yicha kutilmalari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025 yil yakunlariga ko\u2018ra, tadbirkorlar orasida kelgusida narxlar o\u2018sishini qayd etganlar ulushi yillik o\u2018rtacha 23% ni tashkil etgan, bu esa 2024 yildagi ko\u2018rsatkichdan 2% bandga past.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil davomida inflyasion kutilmalar 18\u201327% oralig\u2018ida tebranib turdi va eng yuqori ko\u2018rsatkich aprel oyida, eng past ko\u2018rsatkichlar esa sentyabr va dekabr oylarida qayd etildi. Eng yuqori narx kutilmalari qishloq xo\u2018jaligi va qurilish sektori vakillari orasida kuzatildi, bu xarajatlarning o\u2018ziga xosligi hamda mavsumiy va ob-havo omillari ta\u2019siri bilan bog\u2018liqdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, bozor sharoitlari bo\u2018yicha baholashlar yetarlicha yuqori darajada saqlanib qoldi. O\u2018rtacha 66% tadbirkorlar tovar va xizmatlarga talab ortishini bildirgan bo\u2018lsa, 57% tadbirkorlar ishchilar sonini ko\u2018payishni bildirishgan. Umuman olganda, natijalar narxlar dinamikasini mo\u02bbtadil baholagan holda, ishbilarmonlik faolligi va bandlik bo\u2018yicha ijobiy kutilmalar saqlanib qolayotganini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Talab va bandlikni baholash<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025 yil uchun Bandlik indeksi 43 bandni tashkil etdi, bu esa 12%lik o\u2018sishga mos keladi. Ko\u2018rsatkichning eng sezilarli o\u2018sishi quyidagi sohalarda qayd etildi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xizmat ko\u2018rsatish sohasida \u2014 14%;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qurilishda \u2014 17%;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoatda \u2014 7%;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qishloq xo\u2018jaligida \u2014 11%.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Talab indeksi ham yaxshilanishni ko\u2018rsatdi. O\u2018rtacha yillik qiymat 48 bandni tashkil etib, 13% ga o\u2018sdi. O\u2018sishga eng katta hissani xizmat ko\u2018rsatish sektori qo\u2018shdi (ko\u2018rsatkich 19%ga oshdi), qolgan tarmoqlarda \u2014 qurilish, sanoat va qishloq xo\u2018jaligida esa talab indeksi mos ravishda 6%dan oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Tadbirkorlik faoliyatidagi to\u2018siqlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil davomida biznes yuritishdagi to\u2018siqlarning bosqichma-bosqich kamayishi kuzatildi. So\u2018rov natijalariga ko\u2018ra, 60% tadbirkorlar biznes yuritishda qiyinchiliklarga duch kelmaganliklarini bildirishgan, bu 2024 yilga nisbatan 6%ga yuqori.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat sohasida quyidagi muammolar kamaydi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Elektr ta\u2019minoti bilan bog\u2018liq muammolar \u2014 4% ga;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqori soliq stavkalari \u2014 3% ga;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moliyalashtirish \u2014 3% ga.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, qishloq xo\u2018jaligi va qurilishda moliyalashtirish bilan bog\u2018liq to\u2018siqlar mos ravishda 7% va 5% ga sezilarli darajada qisqardi. Shikoyatlarning umumiy kamayishiga qaramay, qurilish va sanoatdagi tadbirkorlar asosiy to\u2018siq sifatida hali ham moliyalashtirishni (har bir tarmoqda 11%dan) ko\u2018rsatishmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumot uchun: Biznes muhitining o\u2018zgarishi indekatori IFO instituti (Germaniya) metodologiyasiga asoslangan. So\u2018rovlar davomida korxona rahbarlari ishlab chiqarish dinamikasi, talab, narxlar va boshqa ko\u2018rsatkichlar asosida tadbirkorlik faoliyatidagi joriy va kutilayotgan o\u2018zgarishlarni baholaydilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligi va investision faollikni o\u2018rganish sho\u02bbbasi: (78) 150 02 02 (441)<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar sho\u02bbbasi: (78) 150 02 02 (417)<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5969,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5968","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5968","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5968"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5968\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5970,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5968\/revisions\/5970"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5969"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5968"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5968"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5968"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}