{"id":5959,"date":"2026-01-30T21:54:17","date_gmt":"2026-01-30T19:54:17","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5959"},"modified":"2026-01-30T21:54:17","modified_gmt":"2026-01-30T19:54:17","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%82%d1%83%d1%80%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%82%d0%be%d1%87%d0%ba%d0%b8-%d1%81%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%ba%d0%be%d1%81%d0%bd%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/01\/30\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%82%d1%83%d1%80%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%82%d0%be%d1%87%d0%ba%d0%b8-%d1%81%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%ba%d0%be%d1%81%d0%bd%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKISTON VA TURKIYA YOSHLAR SIYOSATIDAGI TUTASH YO\u2018LLAR"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar oxirgi yillarda tadrijiy kengayib, turli sohalarni qamrab olyapti. Ikki davlat rahbarlarining tashabbuslari asosida shakllangan bu hamkorlik doirasida iqtisodiy, savdo, madaniy va gumanitar yo\u2018nalishlar bilan bir qatorda yoshlar masalalari ham ustuvor yo\u2018nalish sifatida kun tartibiga chiqdi. Bu jarayon yoshlar masalasining ichki ijtimoiy chora-tadbirlar doirasidan chiqib, davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismiga aylanayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamalakatlararo hamkorlik doirasida yoshlar siyosati masalalarining tizimli muhokama qilinishi va amaliy tashabbuslar bilan mustahkamlanishi ushbu yo\u2018nalishga institutsional yondashuv mavjudligini ko\u2018rsatadi. Shu bilan birga, yoshlar almashinuvi, qo\u2018shma forumlar, ta\u2019lim va innovatsiya yo\u2018nalishidagi tashabbuslar aniq reja va mexanizmlar asosida amalga oshirilayotgan yo\u2018nalish sifatida shakllanyapti. Yoshlar masalasi ikki tomonlama munosabatlarda bosqichma-bosqich mustahkamlanib, barqaror hamkorlik elementiga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda dastlab 2019-yil 3\u20136-dekabr kunlari Istanbul shahrida o\u2018tkazilgan Turkiy Kengash yoshlarining uchinchi festivalini ta\u2019kidlash mumkin. Festival Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida tashkil etilib, unda O\u2018zbekiston va Turkiya bilan bir qatorda Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Vengriya va Shimoliy Kiprdan jami 100 ga yaqin faol yoshlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoshlar siyosatining institutsional darajada muhokama qilinishi 2021-yil<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">20-sentabr kuni Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a\u2019zo mamlakatlarning Yoshlar va sport vazirlari beshinchi yig\u2018ilishi bilan yanada mustahkamlandi. O\u2018zbekiston mezbonligidagi yig\u2018ilishda yoshlar almashinuvi dasturlari, yoshlar platformalari va qo\u2018shma tadbirlarni muvofiqlashtirish masalalari bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi, xususan, 2022-yilda yoshlarning ko\u2018p tomonlama almashinuvi dasturini Turkiya hududida o\u2018tkazish bo\u2018yicha.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Misol uchun, mazkur kelishuvlar 2022-yil 22\u201327-avgust kunlari amaliy bosqichga o\u2018tdi. Shu kunlari Istanbul va Konya shaharlarida o\u2018tkazilgan birinchi ko\u2018p tomonlama yoshlar almashinuvi dasturida 10 nafar o\u2018zbekistonlik yosh ishtirok etdi. Dastur yoshlar o\u2018rtasida to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri muloqot, tajriba almashuvi va ijtimoiy aloqalarni yo\u2018lga qo\u2018yishga qaratildi. Hamkorlik keyingi yillarda ham shu taxlitda davom ettirildi. 2023-yil 14\u201318-avgust kunlari Turkiyaning Hatay viloyatidan 20 nafar yosh Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlariga keldi va yoshlar siyosati, madaniyat, volontyorlik va iqlim o\u2018zgarishi yo\u2018nalishlarida \u201cO\u2018zbekiston\u2013Turkiya yoshlarining birdamligi\u201d mavzusida davra suhbati o\u2018tkazildi. 2024-yil 19\u201325-avgust kunlari esa Turkiya tomonining taklifiga binoan 22 nafar o\u2018zbekistonlik yosh Istanbul, Bursa va Chanoqqal\u2019a shaharlarida yoshlar almashinuv dasturida ishtirok etdi. Yoshlar hamkorligi ko\u2018p tomonlama yirik tadbirlar orqali ham mustahkamlanib bordi. 2022-yil 3\u20134-iyun kunlari Buxoro shahrida o\u2018tkazilgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining to\u2018rtinchi Yosh liderlar forumida O\u2018zbekiston va Turkiya vakillari faol ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, 2024-yilda BMTning Iqlim o\u2018zgarishi bo\u2018yicha Hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi doirasida O\u2018zbekiston va Turkiya Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston hamda Vengriya bilan birga<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2024\u20132030-yillarga mo\u2018ljallangan bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb etish bo\u2018yicha xalqaro strategiyani imzoladi. Muxtasar qilganda, bu hujjat yoshlar siyosatini barqaror rivojlanish masalalari bilan bog\u2018lashga qaratilgan aniq bir yo\u2018nalishni belgiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagi faktlar O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi yoshlar sohasidagi hamkorligi izchil, muvofiqlashtirilgan va aniq mexanizmlarga tayangan holda rivojlanayotganini ko\u2018rsatadi. Yoshlar bilan ishlash tadrijiy takomil bilan daraja-badaraja shakllanib borayotgan barqaror hamkorlik yo\u2018nalishi sifatida namoyon bo\u2018lyapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, yoshlar siyosati bo\u2018yicha hamkorlikning institutsional darajasi keyingi yillarda yanada oshdi. 2025-yil 16\u201317-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a\u2019zo davlatlar Yoshlar va sport masalalari bo\u2018yicha vazirlarining 9-yig\u2018ilishi doirasida O\u2018zbekiston tomoni 2026-yilda Turkiy dunyo yoshlar poytaxti loyihasini o\u2018tkazishi belgilandi. Shunga muvofiq joriy yilda Xiva shahri Turkiy dunyo yoshlar poytaxti maqomiga ega bo\u2018lib, loyiha doirasida poytaxtning ochilish marosimi, xalqaro yoshlar festivali, \u201cYosh liderlar va tadbirkorlar forumi\u201d hamda yakuniy tadbirlarni o\u2018tkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, yoshlar siyosati doirasida hududlararo aloqalarni mustahkamlash maqsadida Samarqand va Buxoro shaharlari Turkiyaning Antaliya va Ordu shaharlari bilan birodar yoshlar shaharlari sifatida belgilanishi ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi yoshlar bo\u2018yicha hamkorligi texnologiya va innovatsiya yo\u2018nalishida ham alohida amaliy mazmun bilan boyib bormoqda. Bunday hamkorlik esa yoshlar siyosatini inson kapitali bilan bevosita bog\u2018lash imkonini beradi. 2022-yil 26\u201329-may kunlari Ozarbayjon poytaxtida o\u2018tkazilgan \u201cTeknofest Azerbaijan\u201d festivali doirasida O\u2018zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi ishtirok etdi. Festival Turkiya texnologiya jamg\u2018armasi va Turkiya sanoat va texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilib, yoshlar o\u2018rtasida texnologik loyihalar va innovatsion ishlanmalarni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratildi. Ushbu ishtirok O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasida yoshlarni texnologik muhitga jalb etish bo\u2018yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim tajriba maydonini yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Texnologiya yo\u2018nalishidagi hamkorlik 2022-yil 30-avgust \u2013 4-sentabr kunlari Turkiyaning Samsun shahrida o\u2018tkazilgan \u201cTeknofest\u201d kosmos, aviatsiya va texnologiyalar festivalida yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Mazkur festivalda O\u2018zbekiston delegatsiyasi ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etdi. Festival doirasida 15 ta davlatdan 600 mingdan ortiq yoshlar, muhandislar va ixtirochilar qatnashdi. O\u2018zbekiston uchun ajratilgan 300 kvadrat metr maydonga ega pavilyonda yoshlar tomonidan yaratilgan 20 ta innovatsion loyiha va ishlanmalar namoyish etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u2018ng 2022-yil 12\u201317-dekabr kunlari Istanbul shahrida ilk bor \u201cO\u2018zbekiston \u2013 Turkiya yoshlar biznes forumi\u201d tashkil etildi. Forumda ikki mamlakatdan turli yo\u2018nalishlarda faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq yosh tadbirkor, jumladan, 40 nafar o\u2018zbekistonlik yoshlar ishtirok etdi. Forum doirasida \u201cTurkiya innovatsiyalar haftaligi\u201d o\u2018tkazilib, yosh tadbirkorlar ilg\u2018or innovatsion loyihalar va texnologik yechimlar bilan tanishdi. Tadbir yakunida 351 ming AQSh dollari miqdorida hamkorlik shartnomalari imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhim jihati shuki, yoshlar masalalari va texnologiya yo\u2018nalishidagi hamkorlik institutsional asoslar bilan ham mustahkamlandi. 2025-yilda O\u2018zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Turkiya Texnologiya jamoasi jamg\u2018armasi hamda \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi\u201d loyiha ofisi o\u2018rtasida Toshkent shahrida \u201cBilim Toshkent\u201d markazini tashkil etish bo\u2018yicha memorandum imzolandi. Ushbu markaz yoshlar uchun texnologik bilim va ko\u2018nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan infratuzilma sifatida ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi yoshlar yo\u2018nalishida hamkorligi faqat almashinuv va texnologik tashabbuslar bilan cheklanib qolmay, gumanitar va volontyorlik yo\u2018nalishlarida ham rivojlanib boryapti. 2020-yilning may\u2013iyun oylarida COVID-19 pandemiyasi sharoitida Turkiya xalqaro hamkorlik agentligining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlariga 1000 dan ortiq oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yordam qutilari tarqatildi. Ushbu tashabbus yoshlar va gumanitar hamkorlik o\u2018rtasidagi bog\u2018liqlikni amaliy jihatdan ko\u2018rsatib, favqulodda vaziyatlarda ijtimoiy barqarorlikni qo\u2018llab-quvvatlashda yoshlar tuzilmalari muhim rol o\u2018ynashini namoyon etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Volontyorlik yo\u2018nalishidagi hamkorlik 2022-yilda aniq dasturiy formatda davom ettirildi. 2022-yil 1\u20135-avgust kunlari Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a\u2019zo mamlakatlar yoshlari uchun \u201cYoshlarni volontyorlikka tayyorlash\u201d mavzusida o\u2018quv dasturi o\u2018tkazildi. Unda 9 nafar o\u2018zbekistonlik yosh volontyor ishtirok etdi. Trening volontyorlik faoliyatini tizimli yondashuv asosida tashkil etish, inqirozli vaziyatlarda yoshlarning ishtirokini kuchaytirish va tajriba almashish maqsadlariga qaratildi. Gumanitar hamkorlik 2023-yilda Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etish jarayonida yana bir bor amalda ko\u2018rindi. Humanitar va volontyorlik yo\u2018nalishlari yoshlar o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o\u2018zaro ishonchni saqlab qolish va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma bo\u2018lib xizmat qilyapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi yoshlar yo\u2018nalishidagi hamkorlik barqaror hamkorlik tizimiga aylandi. Yoshlar almashinuvi, institutsional muloqot, texnologiya va innovatsiya yo\u2018nalishidagi tashabbuslar hamda gumanitar faoliyat o\u2018zaro uyg\u2018un holda olib borilyapti. Bu holat yoshlar masalalari inson kapitalini rivojlantirish va jamiyatlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim mexanizm sifatida shakllantirmoqda. Hamkorlikning mazkur yo\u2018nalishlari aniq dasturlar va mexanizmlar orqali mustahkamlanib, vaqt o\u2018tishi bilan yangi shakllar bilan boyiyapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda, O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi yoshlar yo\u2018nalishidagi hamkorligi bugungi ehtiyojlarga moslashgan, aniq amaliy tajribaga tayangan va kelgusida ham rivojlanish imkoniyatiga ega bo\u2018lgan yo\u2018nalish sifatida shakllandi. Bu hamkorlik yoshlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini sinovdan o\u2018tkazish va ularni kengroq amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo\u2018lib xizmat qilyapti.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5895,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5959","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5959","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5959"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5959\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5960,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5959\/revisions\/5960"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5895"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5959"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5959"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5959"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}