{"id":5955,"date":"2026-01-29T21:21:27","date_gmt":"2026-01-29T19:21:27","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5955"},"modified":"2026-01-29T21:21:27","modified_gmt":"2026-01-29T19:21:27","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d1%83%d1%80%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d1%8d%d1%82%d0%b0%d0%bf-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/01\/29\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d1%83%d1%80%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d1%8d%d1%82%d0%b0%d0%bf-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston-Turkiya: hamkorlikning yangi bosqichi va madaniy-gumanitar aloqalarining rivojlanish istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekistonning mustaqillik yillarida qo\u02bblga kiritgan katta yutuqlaridan biri, ta\u02bckidlash joizki, ko\u02bbp millatli fuqarolar o\u02bbrtasida tinchlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlilikni ta\u02bcminlanganligidir. Ayniqsa, so\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqilgan oqilona milliy siyosatning tub o\u02bbzagini \u201cKo\u02bbpmillatlilik \u2014 O\u02bbzbekistonning boyligi\u201d degan bosh g\u02bboya tashkil etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joizki, hozirgi kunda O\u02bbzbekiston va Turkiya hamkorligi ham son, ham sifat jihatidan yuqori daraja ahamiyat kasb etmoqda. Ikki davlat o\u02bbrtasidagi munosabatlar haqiqatan ham strategik hamkorlikning yangi bosqichi sifatida tarix va bugungi kun turk-o\u02bbzbek xalqlari nafaqat etnik kelib chiqishi jihatidan, balki ruhiyatiga ko\u02bbra ham haqiqiy qardosh xalqlar ekaniga yaqqol guvohlik beradi. Bu ikki qardosh xalq tarixiy taraqqiyotning barcha evrilishlariga qaramasdan, shiddat bilan o\u02bbzgarayotgan dunyoda raqobatbardosh bo\u02bblib qolish uchun zarur islohotlarni amalga oshirgan holda o\u02bbz milliy davlatchiligini matonat va mehnatsevarlik bilan\u00a0 mustahkamlab kelmoqda. Shu o\u02bbrinda, Turkiyaning rivojlangan sanoati, qishloq xo\u02bbjaligida erishgan yutuqlari, turizm salohiyati, ulkan davlatchilik tajribasi va turk sarmoyadorlarining O\u02bbzbekiston bozoriga bo\u02bblgan tabiiy qiziqishlarini ortib borayotganligi mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mana shunday yaqinlik va yondashuvlarning mushtarakligi O\u02bbzbekiston-Turkiya davlatlarini istiqboldagi madaniy-gumanitar aloqalarining rivojlanishi bundan buyon ham o\u02bbzbek-turk xalqlari farovonligi yo\u02bblida mustahkamlanib, chuqurlashib borishining eng ishonchli garovidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xususan, bunga sabab<\/strong> \u00a0o\u02bbzbek va turk xalqlarini azaliy do\u02bbstlik, birodarlik\u00a0va qardoshlik rishtalari o\u02bbzaro bog\u02bbliqligi va har ikki mamlakat aholisining madaniyati, dini va urf-odatlari bir-biriga juda yaqinligidadir. Bu esa mustahkam poydevor sifatida munosabatlarning chuqur tarixiy va madaniy ildizlarga ega ekanligini ham ko\u02bbrsatadi. Qolaversa, madaniy va tarixiy jihatdan bu ikki mamlakat turkiy xalqlar tamadduni rivojida markaziy o\u02bbrin tutishgan.\u00a0Shu bois 2019-yili 15-oktyabrda Boku shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan yettinchi sammitda O\u02bbzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tashkilotiga to\u02bblaqonli a\u02bczo sifatida qo\u02bbshilishi barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan yuqori baholandi va ko\u02bbtarinki kayfiyatda kutib olindi. O\u02bbz navbatida, bu hodisa nafaqat turkiy olamda birodarlik ruhining mustahkamlanishiga, balki Anqara va Toshkent o\u02bbrtasida yangi muntazam hamkorlik formati paydo bo\u02bblishiga ham sabab bo\u02bbldi desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilotning 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida o\u02bbtkazilgan sakkizinchi sammitida uning nomi Turkiy davlatlar tashkilotiga o\u02bbzgartirildi. Shuningdek, sammitda turk dunyosining 2040-yilgacha bo\u02bblgan davr uchun konsepsiyasi ham tasdiqlandi. O\u02bbzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini 2022-yilda O\u02bbzbekistonda o\u02bbtkazishni taklif qildi. Taklif qabul qilindi va tashkilotning navbatdagi to\u02bbqqizinchi sammiti, O\u02bbzbekistonda 2022-yil noyabr oyida bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joizki, ikki davlat yetakchilari 2022-yilda davlatlar o\u02bbrtasida diplomatik munosabatlar o\u02bbrnatilganining 30 yilligi va\u00a0strategik sheriklik munosabatlari yo\u02bblga qo\u02bbyilganining 5 yilligi nishonlandi hamda O\u02bbzbekistondagi islohotlar borasida hamkorlikni mustahkamlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, fan, ta\u02bclim, san\u02bcat, kino, turizm va\u00a0axborot sohalaridagi sheriklikni chuqurlashtirishga kelishib olinganligi fikrimiz tasdig\u02bbidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Bundan tashqari, O\u02bbzbekiston Respublikasi <\/strong>Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O\u02bbzbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, xalq farovonligini va hayot darajasini oshirish maqsadida keng ko\u02bblamli islohotlar dasturini jadallik bilan olib bormoqda. Mazkur siyosatning muvaffaqiyati qisman bo\u02bblsa-da mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi tashqi hamkorlari bilan samarali aloqalarni yangi sifat bosqichiga olib chiqishiga bog\u02bbliq. Shuningdek, aytish joizki, bugun O\u02bbzbekiston dunyodagi inqilobiy o\u02bbzgarishlarga yangi faol, pragmatik va konstruktiv ruhdagi tashqi siyosat bilan javob bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va uni dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadlari tashqi hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasi yo\u02bbnalishidagi hamkorlikni kuchaytirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o\u02bbrganish, tashqi sarmoyalar va yuqori texnologiyalarni keng ko\u02bblamda jalb etishni talab etmoqda.\u00a0Shu ma\u02bcnoda, O\u02bbzbekiston va Turkiya iqtisodiy taraqqiyot strategiyalari bir necha muhim sohalarda bir-birini to\u02bbldirish qobiliyatiga ega ekanligini ta\u02bckidlab o\u02bbtish lozim. Bunga sabab, Turkiya dunyoning 20 ta yirik iqtisodiy rivojlangan davlatlardan biri va O\u02bbzbekiston uchun muhim hisoblangan turizm, to\u02bbqimachilik, avtomobilsozlik, qurilish, oziq-ovqat sanoati sohalarida yuqori natijalarni qo\u02bblga kiritganligidadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, Turkiya to\u02bbqimachilik va zargarlik buyumlari sanoati dunyodagi kuchli beshtalikka kiradi. Turk qurilish shirkatlaridan 44 tasi jahon miqyosidagi yetakchi 250 ta qurilish kompaniyalari ro\u02bbyxatidan o\u02bbrin egallagan. Bu ko\u02bbrsatkich bo\u02bbyicha Turkiya dunyoning iqtisodiy yetakchilaridan biri hisoblanmish Xitoy davlatidan keyingi ikkinchi o\u02bbrinda turadi. Mamlakat oziq-ovqat sanoati mahsulotlari esa G\u02bbarb bozorlariga kirib borishga, undagi o\u02bbz pozitsiyasini mustahkamlashga ulgurgan bo\u02bblsa, turk avtomobil sanoati oddiy avtomobillardan milliy elektromobillarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishga o\u02bbtish taraddudida turibdi.\u00a0Bu holat Turkiyaning biz uchun muhim iqtisodiy sherik ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Chunki Yangi O\u02bbzbekiston eksportga yo\u02bbnaltirilgan mutlaqo yangi iqtisodiy taraqqiyot modeli asoslarini barpo etishga kirishi iqtisodiyotning barcha sohalarida tizimli o\u02bbzgarishlarni va bu tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini davomli rivojlantirish mumkin bo\u02bblgan ishonchli tashqi hamkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlashni taqozo etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muxtasar qilib aytganda, so\u02bbnggi yillarda tarixan qisqa davr mobaynida o\u02bbzbek-turk aloqalarida mazmunan yuz yilliklarga tatigulik inqilobiy o\u02bbzgarishlar yasash uchun mustahkam tamal toshi qo\u02bbyildi \u2013 muhim dasturiy rejalar ishlab chiqilib, dadil amaliy harakatlar boshlandi.\u00a0Munosabatlarning bunday tarzda kurtak yozishi O\u02bbzbekiston va Turkiyaning xalqaro maydonda yanada nufuzi ortib, ikki davlat iqtisodiyoti o\u02bbsish suratlarining barqarorligi, mamlakatlar xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va yaratuvchanlik salohiyatining to\u02bbliq ro\u02bbyobga chiqishini ta\u02bcminlashga xizmat qilishi shubhasizdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiya va O\u02bbzbekiston o\u02bbrtasida nafaqat ikki tomonlama munosabatlar faol rivojlanmoqda, balki ko\u02bbp tomonlama formatlarda ham hamkorlik qilinmoqda. Turkiy tilli davlatlar tashkilotidagi ishtirok ham O\u02bbzbekiston va Turkiya o\u02bbrtasidagi xalqaro hamkorlikning muhim qismlaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda O\u02bbzbekistonda 130 dan ortiq turli millatga mansub fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotdagi faol ishtirokini ta\u02bcminlash, ularning milliy o\u02bbzligini anglashi hamda etnik qadriyatlarini saqlab qolishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shuningdek, millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglik, umumilliy birdamlik va hamjihatlik, eng avvalo, boy tarixiy-ma\u02bcnaviy meros, milliy qadriyat, urf-odat va an\u02bcanalar asosida milliy o\u02bbzligini anglagan, milliy g\u02bburur-iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan barkamol avlodni tarbiyalashni ko\u02bbzda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda Yangi O\u02bbzbekistonda birdamlik va hamjihatlik millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning jamiyatda birlik va totuvlikni saqlashdagi asosiy tamoyil bo\u02bblib, bunda nafaqat turli etnik guruhlarning manfaatlarini himoya qilish, balki boshqalarning huquqlariga hurmat va e\u02bctiborga asoslangan fuqarolik o\u02bbzligini shakllantirish ham muhim jihat hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Millatlararo munosabatlar yo\u02bbnalishida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi \u201cUmummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-52-son <a href=\"http:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/7438950\">Farmoni<\/a> qabul qilinib, unda jamiyatda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning ustuvor vazifalaridan biri etib millatlararo munosabatlarni uyg\u02bbunlashtirish, jamiyatda do\u02bbstlik, o\u02bbzaro hamjihatlik, bag\u02bbrikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o\u02bbzlikni shakllantirish belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u02bbmita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yo\u02bbnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u02bbmitaning jamiyatda o\u02bbzaro hamjihatlik, bag\u02bbrikenglik va birdamlikni mustahkamlash, millatlararo munosabatlarni uyg\u02bbunlashtirish; O\u02bbzbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta\u02bcminlash, ularni umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish; xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va do\u02bbstlik aloqalarini rivojlantirish; xorijdagi vatandoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishlarini qo\u02bbllab-quvvatlash hamda O\u02bbzbekiston xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning jamiyatning mushtarak maqsadlari yo\u02bblida birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini tizimli tahlil qilish asosiy vazifalaridan hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u02bbmita xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bo\u02bbyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirish borasidagi ishlarni\u00a0 yangi bosqichga olib chiqish uchun AQSH, Kanada, Xitoy, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa qator davlatlarda hamkorlik borasida salmoqli tadbirlarni amalga oshirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda Qo\u02bbmita jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash hamda xorijdagi vatandoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishlarini qo\u02bbllab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, do\u02bbstona xalqaro aloqalarni yo\u02bblga qo\u02bbyish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari bilan do\u02bbstlikni mustahkamlash, davlat organlarining respublika hududida joylashgan 157 ta milliy madaniy markazlar, 43 ta do\u02bbstlik jamiyatlari, xorijdagi 60 dan ortiq birodar shaharlar va 100 ga yaqin xorijdagi vatandoshlar jamiyatlari bilan \u201cxalq diplomatisi\u201d mexanizmidan foydalangan holda o\u02bbzaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turli millatlarning milliy o\u02bbzligi, tili, an\u02bcanasi, urf-odatlari, tarixi va madaniyatini saqlab qolishga, namoyish etishga va rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratildi. Qolaversa, Yangi O\u02bbzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy hamkorligini yuksaltirish yo\u02bblida mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari tomonidan vujudga keltirilgan milliy madaniy markazlarning o\u02bbrni alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, 1991-yilda Buxoro shahrida va 1992-yilda Toshkent shahrida turk milliy madaniy markazlari hamda 1997-yilda O\u02bbzbekiston turk milliy madaniy markazi\u00a0 tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1997-yildan buyon O\u02bbzbekiston turk milliy madaniy markazi (<em>rais Salmanov Umar Ibragimovich<\/em>)ning asosiy faoliyati turk tili, madaniyati, an\u02bcanalari va urf-odatlarini qayta tiklashga yo\u02bbnaltirilgani bois, Markaz qoshida \u201cNuroniylar Kengashi\u201d, \u201cAyollar Kengashi\u201d, \u201cYoshlar qanoti\u201d, sport to\u02bbgaraklari va ansambllar bilan ishlash bo\u02bblimi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda Markaz qoshida 3 ta \u201cSevinch\u201d, \u201cAnadolu\u201d va xotin-qizlar havaskorlik folklor ansambllari faoliyat ko\u02bbrsatib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1999-yil O\u02bbzbekiston turk milliy madaniy markazining faxriy a\u02bczosi Mikoyil Suleymanov boshchiligida \u201cMIKO\u201d komediya-teatri ta\u02bcsis etilib, u tomonidan yaratilgan sahna tasvirlari Rossiya, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston va Ozarbayjon davlatlarida namoyish etildi. Ushbu sahna obrazlari asosan turli millat vakillari orasida birlik, hamjahatlik va totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda millatlararo totuvlik, hamjihatlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo\u02bbshgan hissalari uchun bir qator turk millati vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo\u02bblganlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turklarning o\u02bbzbekiston hududiga kirib kelishi haqidagi dastlabki ma\u02bclumotlar ispan elchisi Gonzales de Klavixo o\u02bbz kundaligida berib o\u02bbtadi. Yozma manbalarda temuriyzoda Shohrux saroyidagi turk musiqachilari haqida eslab o\u02bbtiladi. Turk savdogarlari va hunarmandlari so\u02bbnggi o\u02bbrta asrlarda hozirgi O\u02bbzbekiston hududida savdo sotiq va hunarmandchilik ishlari yuzasidan ham kelib joylashganligi haqida ma\u02bclumotlar uchraydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turklar O\u02bbzbekistonga qachon kelib qolishgan? Bu savolga javob berish uchun juda ko\u02bbp o\u02bbylandik. 100 dan oshiq manbalarni ko\u02bbrib chiqdik. Natijada turli xil javoblar oldik. Turklarning dastlabki vakillari bugungi O\u02bbzbekiston hududlarida turkiy xalqlarning Enasoy atroflaridan bugungi kunda Turkiya nomi bilan ataluvchi davlat tomon borayotganlarida, hozirgi Namangan viloyati hududiga to\u02bbg\u02bbri keluvchi Axsi tuproqlarida joylashib qolishgan. Ikkinchi bir qismi esa Amir Temur davrida, ya\u02bcni 1400-yillarda kelib qolishgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1992-yilda O\u02bbzbekistonda yashovchi turklar 21.000 nafarni tashkil qilgan bo\u02bblsa, hozirgi kunga kelib 50.000 dan ortiq ekanligini keltirib o\u02bbtish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda O\u02bbzbekistonda yashayotgan turk millatiga mansub fuqarolarimiz respublikaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etib, davlatning rivojlanishi hamda taraqqiyotiga o\u02bbzlarining munosib hissalarini qo\u02bbshib kelishmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi ikki davlat o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro ishonchga asoslangan, xalqlarimiz farovonligi yo\u02bblida uzoq muddatli, o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikka intilishni ifodalovchi har tomonlama strategik sheriklikda yangi davr ochdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari siyosiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilib, sermahsul amaliy sheriklikdan darak beradi. Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar sheriklikni, shu\u00a0jumladan savdo va iqtisodiyot, investitsiyalar, transport, to\u02bbqimachilik, energetika, qishloq xo\u02bbjaligi, madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda yanada kengaytirishning ustuvor yo\u02bbnalishlariga batafsil to\u02bbxtaldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, O\u02bbzbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o\u02bbrtasida imzolangan 2026\u20132027-yillarga mo\u02bbljallangan Harakatlar rejasiga ko\u02bbra, barqaror rivojlanish va farovonlikni mustahkam xavfsizlik asosida ta\u02bcminlashga qaratilgan eng samarali hamkorlik yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0O\u02bbzbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning\u00a0<strong>\u201cHozirgi zamon va Yangi O\u02bbzbekiston\u201d\u00a0<\/strong>kitobidagi dastlabki qism <strong>\u201cInsoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yo\u02bbli\u201d <\/strong>deb nomlangani e\u02bctiborga loyiq. Unda \u201c2030-yilgacha bo\u02bblgan davrda barqaror rivojlanish kun tartibi\u201d nomli hujjatda belgilab qo\u02bbyilgan insoniyatning XXI asrdagi taraqqiyotiga doir ustuvor mezonlar hamda global ahamiyatga ega ezgu maqsadlar haqida fikr yuritilganligi yuqorida keltirilgan fikrlarimiz tasdig\u02bbidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, O\u02bbzbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlashning asosiy va eng muhim omili \u2013 bu ko\u02bbpmillatli fuqarolar o\u02bbrtasidagi birlikni, milliy totuvlikni ta\u02bcminlay olish hisoblanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyatimizda kundan-kunga mustahkamlanib borayotgan milliy hamjihatlik, umummilliy birdamlik O\u02bbzbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayonlariga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Davlatova Saodat Tilovberdiyevna<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>O\u02bbzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlarmasalalari bo\u02bbyicha qo\u02bbmitasi bo\u02bblim boshlig\u02bbi,\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>tarix fanlari doktori, professor<\/em><\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5898,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5955","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5955","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5955"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5955\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5956,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5955\/revisions\/5956"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5898"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5955"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5955"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5955"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}