{"id":5953,"date":"2026-01-29T21:15:09","date_gmt":"2026-01-29T19:15:09","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5953"},"modified":"2026-01-29T21:15:09","modified_gmt":"2026-01-29T19:15:09","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d1%8f-%d1%80%d1%8b%d0%bd%d0%ba%d0%b8-%d0%b8-%d0%ba%d0%b0%d0%bf%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bb%d1%8b-%d1%81%d0%be%d1%8e%d0%b7-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/01\/29\/%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d1%8f-%d1%80%d1%8b%d0%bd%d0%ba%d0%b8-%d0%b8-%d0%ba%d0%b0%d0%bf%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bb%d1%8b-%d1%81%d0%be%d1%8e%d0%b7-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba\/","title":{"rendered":"Bozorlar va kapital uyg\u2018unligi: O\u2018zbekiston va Turkiya iqtisodiy hamkorligi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi sakkiz yil davomida O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan tubdan yangilanib, an\u2019anaviy do\u2018stona aloqalardan iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat yo\u2018nalishlari yaqqol ifodalangan to\u2018laqonli strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarildi.<br \/>\n2017-yilgacha bo\u2018lgan davr ko\u2018proq inersiyaviy tusga ega bo\u2018lgan bo\u2018lsa, O\u2018zbekistonda keng ko\u2018lamli islohotlar boshlanganidan so\u2018ng ikki tomonlama kun tartibi savdo, investitsiyalar va qo\u2018shma ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilgan amaliy hamkorlikka qayta shakllantirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur jarayonda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va shaxsiy faolligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo\u2018g\u2018on o\u2018rtasidagi muntazam oliy darajadagi muloqot o\u2018zbek-turk munosabatlariga barqarorlik, tizimlilik va uzoq muddatli iqtisodiy istiqbol bag\u2018ishladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Siyosiy asos &#8211; iqtisodiy yaqinlashuv omili<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yilda o\u2018rnatilgan bo\u2018lsa-da, burilish nuqtasi 2017-yil oktabr oyida Anqarada Strategik sheriklik to\u2018g\u2018risidagi qo\u2018shma deklaratsiyaning imzolanishi bo\u2018ldi. Ushbu qadam savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadal kengaytirish uchun mustahkam institutsional asos yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2018-yilda Toshkent shahrida ikki davlat prezidentlari hamraisi ostida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi. Kengashning 2020, 2022 va 2024-yillardagi yig\u2018ilishlari savdo, investitsiyalar, sanoat, transport va hududlararo hamkorlik bo\u2018yicha ustuvor yo\u2018nalishlarni kelishishning muhim maydoniga aylandi. Siyosiy muloqot esa bosqichma-bosqich deklarativ yondashuvdan aniq iqtisodiy va loyihaviy qarorlarni qo\u2018llab-quvvatlovchi amaliy vositaga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Savdo: ko\u2018lam, tarkib va institutsional rag\u2018batlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiya O\u2018zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qatoridan mustahkam o\u2018rin egallaydi. 2020-yilda o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo\u2018lsa, 2025-yil yakunlariga ko\u2018ra ushbu ko\u2018rsatkich 3,02 mlrd dollarga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning Turkiyaga eksporti asosan sanoat yo\u2018nalishiga ega bo\u2018lib, rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, to\u2018qimachilik mahsulotlari, xizmatlar, plastmassa va oziq-ovqat mahsulotlarini o\u2018z ichiga oladi. Turkiyadan import esa mexanik va elektrotexnika uskunalari, kimyo mahsulotlari, to\u2018qimachilik, farmatsevtika hamda metall konstruksiyalar hisobidan shakllanib, Turkiyaning texnologiyalar va sanoat uskunalari manbai sifatidagi rolini aks ettiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2022-yilda Imtiyozli savdo bitimining imzolanishi va uning 2023-yilda kuchga kirishi muhim sifat bosqichi bo\u2018ldi. 2025-yilda tomonlar imtiyozli rejimga tushadigan mahsulotlar ro\u2018yxatini kengaytirishga kirishib, savdoni diversifikatsiya qilish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish uchun qo\u2018shimcha rag\u2018batlar yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Investitsiyaviy hamkorlik: ishtirokdan tizimli sheriklikka<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Investitsiyaviy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning eng jadal rivojlanayotgan yo\u2018nalishlaridan biridir. 2024-yilda O\u2018zbekistonda o\u2018zlashtirilgan turk investitsiyalari hajmi 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo\u2018lsa, 2025 yil yanvar\u2013noyabr oylarida bu ko\u2018rsatkich 3,2 mlrd dollarga yetdi. Mamlakatda turk kapitali ishtirokidagi 2 137 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 496 tasi qo\u2018shma korxona, 1 641 tasi esa 100 foiz turk kapitaliga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ularning faoliyat sohalari to\u2018qimachilik va mebel sanoati, qurilish, savdo, transport, logistika hamda xizmatlar tarmog\u2018ini qamrab oladi. Muhimi, ushbu korxonalarning salmoqli qismi eksportga yo\u2018naltirilgan bo\u2018lib, O\u2018zbekistonning mintaqaviy va global qo\u2018shilgan qiymat zanjirlariga integratsiyasini kuchaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Sanoat kooperatsiyasi: qo\u2018shma ishlab chiqarishga o\u2018tish<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda o\u2018zbek-turk hamkorligi an\u2019anaviy savdo modelidan sanoat kooperatsiyasiga tobora ko\u2018proq yo\u2018nala boshladi. Turkiya kompaniyalari O\u2018zbekiston hududlarida ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishda faol ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar, boshqaruv standartlari va eksport amaliyotlarini joriy qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo\u2018yicha Hukumatlararo komissiyaning muntazam yig\u2018ilishlari va ular doirasida o\u2018tkaziladigan biznes-forumlar sanoat, energetika, logistika va hududiy loyihalarni qamrab olgan aniq \u201cyo\u2018l xaritalari\u201dni shakllantirmoqda. Bu esa barqaror sanoat sherikligining poydevorini yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hududlararo hamkorlik: iqtisodiyot joylarda<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning yangi modelida hududlararo o\u2018zaro aloqalar muhim o\u2018rin egalladi. 2024-yilda Farg\u2018ona, Xorazm, Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridan Turkiya hududlariga manzilli delegatsiya tashriflari amalga oshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv umumiy kelishuvlardan aniq investitsiya loyihalariga o\u2018tish imkonini beradi, B2B va B2G formatidagi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqalarni rivojlantiradi hamda hamkorlikning markazlashmagan va barqarorroq arxitekturasini shakllantiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Transport va logistika &#8211; savdo va investitsiyalar tayanchi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo va sanoat kooperatsiyasining kengayishi transport-logistika hamkorligining rolini tabiiy ravishda oshirmoqda. Turkiya O\u2018zbekiston uchun Yevropa va O\u2018rta yer dengizi bozorlariga chiqishdagi muhim logistika darvozasi sifatida qaralmoqda, O\u2018zbekiston esa Turkiya uchun Markaziy Osiyoga chiqishdagi muhim tugun sifatida shakllanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Temir yo\u2018l va avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, shuningdek, sakkiz yo\u2018nalish bo\u2018yicha haftasiga 97 tagacha muntazam aviaqatnovlar ishbilarmonlik faolligini oshirib, investitsiya jarayonlarini qo\u2018llab-quvvatlamoqda va ikki mamlakat iqtisodiyotlari integratsiyasini mustahkamlamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlari: manfaatlar tutashuvi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbek-turk munosabatlarining shakllangan iqtisodiy yadrosi hamkorlikning yangi bosqichiga &#8211; miqdoriy o\u2018sishdan tarkibiy va texnologik chuqurlashuvga o\u2018tish uchun mustahkam asos yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Asosiy tutashuv nuqtasi sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish va qo\u2018shma rivojlantirishdan iborat. O\u2018zbekiston sanoat zonalari, resurslar va o\u2018sib borayotgan ichki bozorni taklif etsa, Turkiya texnologiyalar, dizayn, boshqaruv yechimlari va tashqi bozorlarga kirish imkoniyatini taqdim etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018qimachilik va yengil sanoat tayyor brend mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xalqaro savdo tarmoqlari uchun kontrakt ishlab chiqarish yo\u2018nalishida rivojlanmoqda. Mashinasozlik va elektrotexnika yig\u2018ish va ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun zamin yaratmoqda. Agrosanoat majmuasi esa chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini qo\u2018shma eksport qilish imkoniyatlarini ochmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Alohida strategik yo\u2018nalish sifatida uchinchi mamlakatlar bozorlariga qo\u2018shma chiqish masalasi ajralib turadi. Bu borada O\u2018zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati va Turkiyaning savdo-logistika infratuzilmasi uyg\u2018unligi sezilarli raqobat ustunliklarini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, sakkiz yil davomida O\u2018zbekiston va Turkiya savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, hududlararo aloqalar va transport bog\u2018liqligiga tayangan barqaror strategik sheriklik modelini shakllantirdi. 3 mlrd dollardan oshgan tovar ayirboshlash hajmi, milliardlab investitsiyalar va minglab qo\u2018shma korxonalar ikki tomonlama munosabatlarning yetukligi va uzoq muddatli xarakterini yaqqol namoyon etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Mashrab Mamirov<\/strong><strong>,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Departament boshlig\u2018i<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5895,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5953","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5953","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5953"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5953\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5954,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5953\/revisions\/5954"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5895"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5953"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5953"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5953"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}