{"id":5928,"date":"2026-01-29T15:58:17","date_gmt":"2026-01-29T13:58:17","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5928"},"modified":"2026-01-29T15:58:17","modified_gmt":"2026-01-29T13:58:17","slug":"%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%81%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%83%d1%87%d0%b5%d1%82-%d0%b3%d0%b0%d1%80%d0%b0%d0%bd%d1%82%d0%b8%d1%8f-%d0%b7%d0%b0%d1%89%d0%b8%d1%82%d1%8b-%d0%b2%d0%b0%d1%88","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/01\/29\/%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%81%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%83%d1%87%d0%b5%d1%82-%d0%b3%d0%b0%d1%80%d0%b0%d0%bd%d1%82%d0%b8%d1%8f-%d0%b7%d0%b0%d1%89%d0%b8%d1%82%d1%8b-%d0%b2%d0%b0%d1%88\/","title":{"rendered":"Konsullik ro\u02bbyxati \u2014 haq-huquqlaringiz kafolati"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"article__box w-full\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi globallashgan dunyoda millionlab insonlar ta\u02bclim, mehnat, biznes yoki sayohat sababli o\u02bbz mamlakatidan tashqarida yashamoqda. Shu sharoitda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni chet elda qo\u02bbllab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo\u02bbnalishlaridan biriga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-yanvar kuni bo\u02bblib o\u02bbtgan yig\u02bbilishida ham konsullik xizmatlarini faollashtirish, diplomatik vakolatxonalarni modernizatsiya qilish va fuqarolarga tezkor hamda sifatli xizmat ko\u02bbrsatish muhim vazifa sifatida belgilandi. Bu esa konsullik ro\u02bbyxati (konsullik hisobida turish) masalasining dolzarbligini yana bir bor ko\u02bbrsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Savol: konsullik xizmati nima?<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konsullik xizmati \u2014 bu davlatning chet elda yashayotgan yoki vaqtinchalik bo\u02bblib turgan fuqarolariga ko\u02bbrsatiladigan rasmiy yordam tizimidir. U odatda elchixonalar va konsullik muassasalari orqali amalga oshiriladi va quyidagi yo\u02bbnalishlarni o\u02bbz ichiga oladi:<\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li>pasport va hujjatlarni rasmiylashtirish;<\/li>\n<li>fuqarolik holati dalolatnomalarini (tug\u02bbilish, nikoh, o\u02bblim) qayd etish;<\/li>\n<li>notarial xizmatlar va hujjatlarni qonuniylashtirish;<\/li>\n<li>huquqiy maslahatlar;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda yordam ko\u02bbrsatish.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oddiy qilib aytganda, konsullik xizmati \u2014 bu chet eldagi fuqaroning o\u02bbz davlati bilan bog\u02bblovchi ishonchli \u201cko\u02bbprik\u201ddir.<\/p>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Konsullik ro\u02bbyxati nima?<\/h3>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konsullik ro\u02bbyxati \u2014 bu chet elda bo\u02bblib turgan fuqarolarning elchixona yoki konsullikda rasmiy hisobga olinishidir. Ro\u02bbyxatdan o\u02bbtish orqali konsullik siz haqingizda asosiy ma\u02bclumotlarga ega bo\u02bbladi va zarurat tug\u02bbilganda siz bilan tezkor aloqa o\u02bbrnatishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konsullik ro\u02bbyxati ikki turga bo\u02bblinadi:<\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><strong>Doimiy konsullik ro\u02bbyxati<\/strong>\u00a0\u2014 chet elda uzoq muddat yoki doimiy yashovchi fuqarolar uchun;<\/li>\n<li><strong>Vaqtinchalik konsullik ro\u02bbyxati<\/strong>\u00a0\u2014 o\u02bbqish, ishlash, davolanish yoki oilaviy sabablar bilan qisqa muddatga chet elga chiqqan fuqarolar uchun.<\/li>\n<\/ul>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bularni hayotiy misollar orqali tushuntirsak<\/h3>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Masalan,\u00a0<\/strong>tasavvur qiling, siz xorijda ishlab yurib pasportingizni yo\u02bbqotib qo\u02bbydingiz. Agar siz konsullik ro\u02bbyxatida turgan bo\u02bblsangiz, konsullik xodimlari siz haqingizdagi ma\u02bclumotlar asosida tezda vaqtinchalik qaytish hujjatini rasmiylashtirib beradi. Ro\u02bbyxatda bo\u02bblmasangiz, bu jarayon ancha vaqt va qo\u02bbshimcha tekshiruvlarni talab qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yoki, siz tabiiy ofat yoki favqulodda holatga tushdingiz.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayrim mamlakatlarda zilzila, siyosiy beqarorlik yoki xavfsizlik bilan bog\u02bbliq holatlar yuzaga kelishi mumkin. Konsullik ro\u02bbyxatida turgan fuqarolar bilan elchixona tezda bog\u02bblanib, xavfsiz joyga chiqarish (evakuatsiya), tibbiy yordam yoki zarur axborotni yetkazishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Eng ko\u02bbp uchraydigan masalalardan bir bu \u2014 chet elda tug\u02bbilgan bolalarni fuqaroligi.\u00a0<\/strong>Agar siz chet elda yashab, u yerda farzandli bo\u02bblsangiz, bolaning tug\u02bbilishini konsullik orqali ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish mumkin. Bu bolaning fuqaroligini rasmiylashtirish va kelajakda hujjatlar bilan bog\u02bbliq muammolarni oldini oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hibsga olish yoki huquqiy muammo.\u00a0<\/strong>Fuqaro chet elda huquqiy muammoga duch kelganda, konsullik uning huquqlari buzilmasligini nazorat qiladi, mahalliy qonunchilik doirasida yuridik maslahat beradi va zarur hollarda advokatlar bilan bog\u02bblanishga yordamlashadi.<\/p>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Konsullik ro\u02bbyxatiga qanday ro\u02bbyxatdan o\u02bbtiladi?<\/h3>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li>Siz yashayotgan davlatdagi O\u02bbzbekiston elchixonasi yoki konsulligiga shaxsan murojaat qilish orqali;<\/li>\n<li>Ayrim davlatlarda onlayn konsullik xizmatlari orqali masofadan turib;<\/li>\n<li>Ro\u02bbyxatdan o\u02bbtishda pasport ma\u02bclumotlari, manzil va aloqa ma\u02bclumotlari taqdim etiladi;<\/li>\n<li>Yashash joyi o\u02bbzgarganda yoki Vatanga qaytilganda konsullikka bu haqda xabar berish tavsiya etiladi.<\/li>\n<li>davlat tomonidan rasmiy tan olinish va doimiy aloqa;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam;<\/li>\n<li>hujjatlarni tez va oson rasmiylashtirish;<\/li>\n<li>muhim qonunchilik va xavfsizlikka oid axborotlarni olish;<\/li>\n<li>mahalliy organlar bilan munosabatlarda konsullik yordamiga ega bo\u02bblish.<\/li>\n<\/ul>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Konsullik ro\u02bbyxatida turish fuqarolarga qanday foyda beradi?<\/h3>\n<p style=\"text-align: justify;\">Doim yodingizda tuting \u2013 O\u02bbzbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari \u2013 bu fuqarolari uchun mamlakatning bir bo\u02bblagi va u yerda doimiy himoyada bo\u02bblasiz. Konsullik ro\u02bbyxati \u2014 bu shunchaki rasmiy protsedura emas. Bu \u2014 chet elda bo\u02bblib turgan har bir fuqaro uchun xavfsizlik, huquqiy himoya va davlat qo\u02bbllab-quvvatlashining aniq mexanizmi. Qayerda bo\u02bblishingizdan qat\u02bci nazar, konsullik hisobida turish sizga ishonch, xotirjamlik va davlat e\u02bctiborini his etish imkonini beradi.<\/p>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5929,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5928","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5928","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5928"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5928\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5930,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5928\/revisions\/5930"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5928"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5928"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5928"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}