{"id":5894,"date":"2026-01-26T17:29:02","date_gmt":"2026-01-26T15:29:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5894"},"modified":"2026-01-26T17:29:02","modified_gmt":"2026-01-26T15:29:02","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d1%83%d1%80%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d0%b5-%d0%b2%d0%b7%d0%b0%d0%b8%d0%bc%d0%be%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/01\/26\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d1%83%d1%80%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d0%b5-%d0%b2%d0%b7%d0%b0%d0%b8%d0%bc%d0%be%d0%b4\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston\u2013Turkiya: atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning rivojlanishi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Turkiya ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki va ko\u2018p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirib, bunda tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e\u2019tibor qaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi vakillari muntazam ravishda Turkiya Respublikasida xalqaro tuzilmalar tomonidan tashkil etiladigan seminar, o\u2018quv kurslari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Bunday hamkorlik formatlari professional aloqalarni mustahkamlash va ekologik boshqaruv sohasidagi ilg\u2018or yondashuvlarni o\u2018zlashtirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning muhim bosqichlaridan biri Turkiyaning Yaqin Sharq sanoat va savdo markazi (OSTIM) huzuridagi qayta tiklanuvchi energetika va ekologiya sohasida texnologiyalarni klasterlashga ixtisoslashgan \u201cOSTIM Energik\u201d kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo\u2018ldi. Muzokaralar davomida tomonlar atmosfera havasini tozalash tizimlari, suv tozalash inshootlarini qurish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shuningdek, maishiy va qishloq xo\u2018jaligi chiqindilarini qayta ishlash bo\u2018yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Amaliy hamkorlikni rivojlantirish doirasida qo\u2018mita huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi delegatsiyasining atrof-muhitga ta\u2019sirni baholash sohasidagi ilg\u2018or xorijiy tajribani, jumladan, ekologik ekspertiza va monitoringning zamonaviy usullarini o\u2018rganish maqsadida xizmat safari tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Toshkentda Turkiyaning \u201cCengiz Group\u201d kompaniyasi ishtirokida transport vositalari sonini qisqartirish va ular ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish bo\u2018yicha qo\u2018shma tadbir o\u2018tkazildi. Ushbu tashabbus ifloslantiruvchi moddalar tashlanmasini kamaytirish va transport sektorida ekologik mas\u2019uliyatni oshirishga qaratilgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning alohida yo\u2018nalishi ilmiy-ta\u2019limiy aloqalarni rivojlantirish bilan bog\u2018liq. Turkiya Davlat meteorologiya xizmati va O\u2018zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti o\u2018rtasida Izmir shahridagi \u201cEGE\u201d universiteti Ekologiya fakulteti hamda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish universiteti bilan hamkorlikda sheriklik aloqalari yo\u2018lga qo\u2018yildi. Mazkur hamkorlik mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim tadqiqotlari sohasidagi kasbiy ko\u2018nikmalarini oshirishga yo\u2018naltirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakatning faol hamkorligi xalqaro maydonlarda ham davom etmoqda. Samarqandda o\u2018tkazilgan \u201cGlobal iqlim muammolari va Markaziy Osiyo \u2013 umumiy farovonlik yo\u2018lida hamjihatlik\u201d mavzusidagi iqlim forumi doirasida Turkiya vakillari ishtirokida yoshlar sessiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi, bu esa yangi avlod ekologik yetakchilarini shakllantirishga qo\u2018shilgan muhim hissa bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi \u2013 Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya qo\u2018mitasi delegatsiyasining Istanbulda \u201cZero Waste Foundation\u201d jamg\u2018armasi tomonidan tashkil etilgan \u201cZero Waste\u201d (\u201cNol chiqindi\u201d) xalqaro forumidagi ishtiroki ham muhim bosqich bo\u2018ldi. Forum davomida chiqindilarni qisqartirish, aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror iste\u2019mol tamoyillarini joriy etish bo\u2018yicha global yondashuvlar muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, qo\u2018mita huzuridagi O\u2018rmon xo\u2018jaligi agentligi delegatsiyasi Turkiyaning o\u2018rmon xo\u2018jaligi, o\u2018rmon resurslarini barqaror boshqarish va ekotizimlar degradatsiyasining oldini olish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarini o\u2018rganish maqsadida Mug\u2018la viloyati va Antaliya shahriga tashrif buyurdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda, O\u2018zbekiston va Turkiyaning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi tizimli va ko\u2018p qirrali xususiyatga ega bo\u2018lib, texnologik, ilmiy, ta\u2019limiy va institutsional yo\u2018nalishlarni qamrab oladi. Qo\u2018shma tashabbuslarning amalga oshirilishi zamonaviy ekologik yechimlarni joriy etish, tabiiy ekotizimlar barqarorligini oshirish va barqaror rivojlanish manfaatlarida xalqaro sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Mahmud Haydarov,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o\u2018zgarishi vazirligi Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi bosh mutaxassisi<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5895,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5894","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5894","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5894"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5894\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5896,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5894\/revisions\/5896"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5895"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5894"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5894"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5894"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}