{"id":582,"date":"2018-09-10T22:01:02","date_gmt":"2018-09-10T20:01:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=582"},"modified":"2018-09-10T22:06:00","modified_gmt":"2018-09-10T20:06:00","slug":"%d1%83%d1%87%d0%b5%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d0%be%d0%b1-%d0%b8%d1%81%d0%ba%d1%83%d1%81%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5-%d0%bc%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%b0-%d0%b8-%d0%b5%d0%b3%d0%be-%d1%80%d0%be%d0%bb%d0%b8-%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/09\/10\/%d1%83%d1%87%d0%b5%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d0%be%d0%b1-%d0%b8%d1%81%d0%ba%d1%83%d1%81%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5-%d0%bc%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%b0-%d0%b8-%d0%b5%d0%b3%d0%be-%d1%80%d0%be%d0%bb%d0%b8-%d0%b2\/","title":{"rendered":"Maqom ohanglari, ruhi va falsafasi qalblardan joy oldi"},"content":{"rendered":"<p>Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san\u02bcati anjumani yakunlandi.<!--more--><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile\" title=\"Maqom ohanglari, ruhi va falsafasi qalblardan joy oldi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/654\/2.jpg\" alt=\"Maqom ohanglari, ruhi va falsafasi qalblardan joy oldi\" width=\"640\" height=\"426\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p>Qariyb bir hafta davomida Shahrisabz jahonning turli davlatlaridan kelgan eng sara maqom ijrochilari bahsiga mezbonlik qildi. Bir hafta davomida moviy gumbazlar ostida orombaxsh navolar yangradi. Ulardagi joziba, ohang, ilohiy kuch-qudrat musiqaga oshufta qalblarni zabt etdi. Dunyoning mashhur xonanda va sozandalari, madaniyat va san\u02bcat arboblari, musiqashunos olimlar nigohi Shahrisabzda bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Mazkur xalqaro san\u02bcat bayramining asosiy g\u02bboyasi insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi bo\u02bblgan maqom san\u02bcatini rivojlantirish, uning qadimiy tarixi, teran falsafasi, betakror ijro uslubi va boy ijodiy an\u02bcanalarini kelajak avlodga yetkazish va davomiyligini ta\u02bcminlashdan iboratdir.<\/p>\n<p>Anjumanga tayyorgarlik doirasida muazzam Oqsaroy atrofidagi maydonda ulkan amfiteatr barpo etildi. Uning atrofida yurtimiz viloyatlarining o\u02bbziga xos urf-odat va an\u02bcanalari, turmush tarzini aks ettiruvchi etnografik shaharchalarda ishtirokchilar va sayyohlar uchun dasturlar havola etildi. Maqom san\u02bcatiga oid turli ko\u02bbrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandlik buyumlari, tasviriy va amaliy san\u02bcat namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyishi va sotuvi yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Anjuman kunlari shahardagi 6 mehmonxona va qator mehmon uylari xorijlik ishtirokchilarga xizmat ko\u02bbrsatdi. Chet ellik mehmonlarni kutib olish, anjuman davomida ularga hamrohlik qilish uchun oliy ta\u02bclim muassasalaridan gid-volontyorlar saralab olindi.<\/p>\n<p>Xalqaro maqom san\u02bcati anjumani doirasida 7 sentyabrdan boshlab Toshkent \u2013 Shahrisabz \u2013 Toshkent yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha \u201cAfrosiyob\u201d zamonaviy elektropoyezdining muntazam qatnovi yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Nufuzli anjumanda jami 73 davlatdan 300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar, uning doirasida o\u02bbtgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 19 davlatdan 30 nafar musiqashunos olim ishtirok etdi.<\/p>\n<p>\u2013 Ushbu festivalning har bir kuni qiziqarli va o\u02bbziga xos bo\u02bbldi. Meni o\u02bbzbek xalqining boy madaniyati, an\u02bcana va urf-odatlarini yuksak qadrlashi, asrab-avaylashi, ayniqsa, hayratlantirdi, \u2013 deydi tunislik musiqashunos olim, Tunis oliy musiqa instituti asoschisi Mahmud Guyettat. \u2013 Shunday buyuk va betakror madaniyat o\u02bbzbek xalqining qoniga singib ketgani maqom san\u02bcati anjumanida yurtingizning barcha hududlari an\u02bcanalari namoyishida yanada yorqin aks etdi. Bir xalq, bir madaniyat bo\u02bblishiga qaramasdan, bu yerdagi rang-baranglik aqlni shoshiradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev san\u02bcat anjumani ochilishidagi nutqida qayd etganidek, ushbu anjumanning maqsadi bu noyob boylikni ko\u02bbz qorachig\u02bbidek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish, turli qit\u02bca va mamlakatlar vakillarini bu go\u02bbzal maskanda mujassam etishdan iborat ekani meni g\u02bboyat xursand qildi.<\/p>\n<p>\u2013 Maqom faqatgina qalblarni rom etuvchi musiqiy janr emas, butun bir falsafadir, \u2013 deydi eronlik Farida Rizoiy. \u2013 Maqom navolari bilan birga men anjumanning rejissyorlik ishidan ham zavqlandim. Bularning barchasi eng yuksak saviyada tashkil etilgan. Sahna uzra Amir Temur haykali va uning ortidan mahobatli Oqsaroy namoyon bo\u02bblgani ming yillik tarixni bugungi zamon bilan hayratlanarli darajada uyg\u02bbunlashtirgan. Mazkur anjumanda men o\u02bbzim uchun o\u02bbzbek xalqining nozik qalbini yangidan angladim va topdim, deb ishonch bilan ayta olaman.<\/p>\n<p>San\u02bcat bayramining ochilishida YUN\u0415SKO, Osiyo xalqaro folklor ijodiyoti tashkiloti, Rossiya, Qirg\u02bbiziston Prezidentlarining maslahatchilari, Tojikiston, Qozog\u02bbiston, Ozarbayjon, Turkiya madaniyat vazirlari kabi martabali mehmonlar hamda mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>\u2013 Jahon xalqlarining tarixiy, moddiy-madaniy merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib etishda bunday anjumanlarning o\u02bbrni beqiyos, \u2013 deydi YUN\u0415SKO departamenti boshlig\u02bbi Joti XosagraxarVisvervaraya. \u2013 Bizning tashkilotimiz festivallar timsolida eng sara madaniyat namunalarini hisobga olib boradi. \u201cShashmaqom\u201d ana shunday eng qadimiy va mo\u02bb\u02bctabar san\u02bcat durdonalaridandir. Ikki ming yillik tarixga ega \u201cShashmaqom\u201d nafaqat O\u02bbzbekistonda, balki ko\u02bbplab mamlakatlarda keng tarqalgan. Shuning uchun ushbu Xalqaro maqom festivali uning tarixiy madaniyatni tiklashdagi ahamiyatini yanada yuksaltirdi.<\/p>\n<p>\u2013 Ushbu festival nafaqat O\u02bbzbekiston, balki butun Sharq xalqlarining madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega. Binobarin, u xalqlarning madaniy yaqinligini mustahkamlashga xizmat qildi, \u2013 deydi ozarbayjonlik musiqa mutaxassisi Faxraddin Baxshaliyev. \u2013 Shu tufayli biz ham o\u02bbzimizning mug\u02bbom san\u02bcatini dunyoga tanishtirish va ko\u02bbrsatish imkoniyatiga ega bo\u02bbldik.<\/p>\n<p>10 sentyabr kuni dunyo san\u02bcat ahlining bosh sahnasiga aylangan Oqsaroy maydonidagi amfiteatrda Xalqaro maqom san\u02bcati anjumani g\u02bbolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Dastlab, faol ijrochilar qator nominatsiyalar bo\u02bbyicha taqdirlandi.<\/p>\n<p>Xalqaro hakamlar hay\u02bcati ishtirokchilarning chiqishlarini uchta \u2013 \u201cEng yaxshi maqom ansambli\u201d, \u201cEng yaxshi yakkaxon cholg\u02bbu ijrochisi\u201d va \u201cEng yaxshi yakkaxon xonanda\u201d nominatsiyasi bo\u02bbyicha baholadi.<\/p>\n<p>Tunisning \u201cAl Gharbi Twins\u201d, Yaponiyaning \u201cSPCP Japan\u201d jamoalari va Turkmaniston vakili Suxonberdi Orazberdiyev uchinchi o\u02bbringa loyiq, deb topildi. Eronning \u201cNastar\u201d ansambli va hindistonlik Ustad Iqbol Ahmat Xon ikkinchi o\u02bbringa munosib ko\u02bbrildi.<\/p>\n<p>Ozarbayjonning \u201cHayrati\u201d jamoasi solisti Nigor Shabanova va O\u02bbzbekistonning \u201cSaqil\u201d ansambli birinchi o\u02bbringa sazovor bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Nihoyat, hayajonli lahzalar. Hakamlar hay\u02bcati xulosasiga ko\u02bbra, Xalqaro maqom san\u02bcati anjumanining bosh sovrini \u2013 Gran-pri Tojikiston maqom akademiyasiga berilgani e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>G\u02bbolib va sovrindorlarga pul mukofotlari, shuningdek, anjumanning maxsus diplomi va esdalik sovg\u02bbalari taqdim etildi. Bundan tashqari, anjumanda ishtirok etgan barcha xorijiy mehmonlarga suvenir va maxsus sertifikatlar topshirildi.<\/p>\n<p>Marosimda yurtimiz san\u02bcat ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi hamda 3D proyeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.<\/p>\n<div><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"news-props\">O\u02bblmas Barotov, O\u02bbzA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":583,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-582","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/582","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=582"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/582\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":584,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/582\/revisions\/584"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/583"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=582"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=582"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=582"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}