{"id":5804,"date":"2025-12-11T16:36:18","date_gmt":"2025-12-11T14:36:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5804"},"modified":"2025-12-11T16:36:18","modified_gmt":"2025-12-11T14:36:18","slug":"%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d0%b3%d1%80%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%86%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b9","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2025\/12\/11\/%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d0%b3%d1%80%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%86%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b9\/","title":{"rendered":"Markaziy Osiyo transport integratsiyasi: O\u2018zbekiston va Turkmanistonning hissasi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Turkmanistonning transport sohasidagi hamkorligi bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etib, Markaziy Osiyo bog\u2018liqligining yangi arxitekturasini shakllantiryapti va mintaqaning keng Yevrosiyo makoniga chiqishi uchun qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Ikki davlatning Sharq \u2013 G\u2018arb va Shimol \u2013 Janub asosiy tranzit yo\u2018nalishlari chorrahasida joylashgani, bu logistika, multimodal tashuvlar va raqamli yechimlar sohasidagi qo\u2018shma loyihalarga yuqori talabni belgilaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli mintaqada yaxshi qo\u2018shnichilik va ishonch muhiti mustahkamlanmoqda, transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqlik va integratsiya chuqurlashmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari o\u2018zining yaqinda e\u2019lon qilingan &#8220;Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida&#8221; nomli maqolasida ta\u2019kidlaganidek: &#8220;Asta-sekin Markaziy Osiyoning yangi mintaqaviy o\u2018ziga xosligi deb atash mumkin bo\u2018lgan jihat vujudga kelmoqda. Yagona mintaqaviy makonga daxldorlik hissi shakllanmoqda, bu yerda qo\u2018shnichilik muammo emas, balki imkoniyatdir, bu yerda bir kishining muvaffaqiyati umumiy yutuqqa aylanadi&#8221;.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Turkmaniston hamkorligi ushbu tendensiyani yaqqol aks ettiradi: infratuzilma loyihalarini sinxronlashtirishni kuchaytirish va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish orqali mamlakatlar yanada raqobatbardosh va barqaror logistika zanjirlari uchun zamin yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilning 9 oyida mamlakatlar o\u2018rtasida yuk tashish hajmi o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 1,3 million tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, tashishlarning eng katta ulushi (43%) avtomobil transportiga to\u2018g\u2018ri keladi, bu esa uni ikki davlat o\u2018rtasidagi transport aloqasining asosiy elementlaridan biriga aylantiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkmaniston hududi orqali o\u2018tadigan yo\u2018nalishlar O\u2018zbekistonga Kaspiy dengizi, Yaqin Sharq va Eronga chiqish imkonini beradi, bu esa ushbu yo\u2018nalishni tashqi savdoni diversifikatsiya qilish uchun asosiy yo\u2018nalishga aylantiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tkazish punktlarini modernizatsiya qilish, jarayonlarni optimallashtirish va raqamli vositalarni joriy etish tufayli avtotransportda tashish hajmi barqaror o\u2018sishni ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2024-yil dekabr oyida Farap avtomobil yo\u2018llari bojxona postining qayta qurilgan majmuasi foydalanishga topshirilishi mintaqaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Modernizatsiya natijasida obyektning o\u2018tkazuvchanlik qobiliyati kuniga 1000 ta transport vositasigacha oshdi, bu avvalgi ko\u2018rsatkichdan ikki baravar ko\u2018pdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu infratuzilmaning yangilanishi nafaqat yo\u2018lakning o\u2018tkazuvchanlik qobiliyatini kuchaytirdi, balki mamlakatlar o\u2018rtasidagi savdo oqimlarini ko\u2018paytirish uchun qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yildan boshlab O\u2018zbekiston va Turkmaniston o\u2018rtasida ikkala mamlakat hududida avtomobil transportida tashish uchun yig\u2018imlar va to\u2018lovlar bo\u2018yicha teng shartlarni belgilash to\u2018g\u2018risida kelishuvga erishildi. Bu tashuvchilar uchun shaffof va teng sharoitlarni ta\u2019minlaydi, tashish xarajatlarini kamaytiradi, tranzitni soddalashtiradi va avtomobil tashishlar samaradorligini oshiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avtomobil tashuvlarini yanada kengaytirish uchun tashuvchilarga yanada moslashuvchan va qulay sharoitlar yaratish maqsadida alohida tartib-taomillarni, shu jumladan viza rasmiyatchiligini soddalashtirish bo\u2018yicha hamkorlikda ishlash imkoniyatini ko\u2018rib chiqish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, ikki tomonlama munosabatlarda alohida o\u2018rin tutadigan temir yo\u2018l transporti sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkmaniston hududi orqali Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi va Fors ko\u2018rfazidagi Bandar-Abbos portlariga barqaror logistika yo\u2018li mavjud bo\u2018lib, bu Kavkaz, Turkiya, Yevropa va Yaqin Sharq yo\u2018nalishlarida multimodal tashuvlar imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Temir yo\u2018l ma\u2019muriyatlarining birgalikdagi ishlari tutashuv stansiyalarining o\u2018tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, tarif yechimlarini optimallashtirish va konteyner xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo\u2018lib, bu tashishlar tezligi va barqarorligini oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlashga asoslangan tariff siyosati tranzitni rag\u2018batlantirishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Turkmaniston va O\u2018zbekiston orqali yuklarni tashishda tashiladigan yuklar turiga va harakatlanish yo\u2018nalishiga qarab 50 foizgacha chegirmalar taqdim etilmoqda. Bu tranzitning barqarorligiga yordam beradi va tashuvchilar uchun ishonchli shart-sharoitlarni shakllantiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Multimodal zanjirlarni rivojlantirishda Turkmanboshining dengiz infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Zamonaviylashtirilgan xalqaro port Transkaspiy aloqasining asosiy tugunlaridan biriga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2025-yil avgust oyida Turkmanboshi shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Turkmaniston Davlat dengiz va daryo transporti xizmati o\u2018rtasida kemasozlik sohasidagi hamkorlikni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumi imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan bir vaqtda, yo\u2018nalishlarning barcha ishtirokchilari uchun tranzit o\u2018sishini ta\u2019minlaydigan xalqaro transport yo\u2018laklari jadal sur\u2019atda rivojlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday misollardan biri 2019-yildan beri faoliyat yuritayotgan, O\u2018zbekiston, Qirg\u2018iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiyani birlashtirgan CASCA+ yo\u2018nalishidir. Olti yil ichida uni rivojlantirish bo\u2018yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi, yuk tashish uchun 70 foizgacha tarif imtiyozlari joriy etildi va operatorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Natijada, 2024-yilda O\u2018zbekistonning ushbu yo\u2018nalish bo\u2018yicha eksport va import yuklari hajmi 1 million tonnani tashkil etdi, bu 2019-yilga nisbatan besh baravar ko\u2018pdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur yo\u2018lakni rivojlantirish uchun Turkmanboshi porti orqali uzluksiz yuk tashishni ta\u2019minlash, bandargohlarni chuqurlashtirish ishlarini olib borish va paromlar sonini ko\u2018paytirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, O\u2018zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali muqobil yo\u2018nalishni rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 2023-yil noyabr oyida O\u2018zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan IHT vazirlari yig\u2018ilishi doirasida to\u2018rt davlat (O\u2018zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya) o\u2018rtasida &#8220;O\u2018zbekiston \u2013 Turkmaniston \u2013 Eron \u2013 Turkiya&#8221; xalqaro multimodal yo\u2018lagini shakllantirish bo\u2018yicha transport sohasidagi tegishli vazirliklarning ko\u2018p tomonlama uchrashuvi bayonnomasi imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uning amalga oshirilishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini O\u2018zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya hududlari orqali Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan bog\u2018lash imkonini beradi, bu esa yangi barqaror logistika yo\u2018lagini yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yo\u2018lakni rivojlantirish uchun O\u2018zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temir yo\u2018llari orqali yuk tashish narxlarini raqobatbardosh qilish va qulay sharoitlar yaratish, me\u2019yoriy-huquqiy va texnik standartlarni birxillashtirish, ishtirokchi davlatlarning transport aloqalarini kuchaytirish bo\u2018yicha hamkorlikni mustahkamlash muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aviatsiya hamkorligi sohasida 2025-yil 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida O\u2018zbekiston Transport vazirligi va &#8220;Turkmenxovayollar&#8221; davlat xizmati o\u2018rtasida fuqaro aviatsiyasida hamkorlikni rivojlantirish to\u2018g\u2018risida protokol imzolandi, unda mamlakatlar o\u2018rtasida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashni tashkil etish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashishlar hajmining ortishi, yo\u2018nalishlarning diversifikatsiyalashuvi va texnologik hamkorlik darajasining yuksalishi O\u2018zbekiston va Turkmaniston mintaqaviy infratuzilmaning bir-birini to\u2018ldiruvchi elementlari sifatida maydonga chiqayotgan Markaziy Osiyoning yangi logistika makonini yaratish uchun sharoit yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport yo\u2018laklarini modernizatsiya qilish, jarayonlarni raqamlashtirish va yuk egalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo\u2018yicha birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar uzoq muddatli rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusida O\u2018zbekiston va Turkmaniston o\u2018rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish mintaqaning Yevroosiyo transport tarmog\u2018iga transport jihatidan integratsiyalashuvi, yo\u2018nalishlar raqobatbardoshligini kuchaytirish, yangi logistika muqobillarini yaratish va Markaziy Osiyoni qit\u2019aning asosiy tranzit markaziga aylantirishda muhim omil bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>\u00a0<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Rivojlantirish muammolarini o\u2018rganish <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>markazi boshqarmasi boshlig\u2018i<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Dildora Ibragimova<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5805,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5804"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5806,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5804\/revisions\/5806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5805"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}