{"id":5766,"date":"2025-11-15T15:46:06","date_gmt":"2025-11-15T13:46:06","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5766"},"modified":"2025-11-15T15:46:06","modified_gmt":"2025-11-15T13:46:06","slug":"%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%ba%d0%b0-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%ba%d0%b0%d0%ba-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2025\/11\/15\/%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%ba%d0%b0-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%ba%d0%b0%d0%ba-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8\/","title":{"rendered":"Iqtisodiy hamkorlik: O\u2018zbekiston va Qozog\u2018iston qanday qilib umumiy o\u2018sish makonini yaratmoqda"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Qozog\u2018iston o\u2018rtasidagi zamonaviy munosabatlar barqaror va dinamik hamkorlikning namunasi bo\u2018lib, bu jarayonda siyosiy muloqot savdo, investitsiya va sanoatdagi aniq loyihalar bilan uyg\u2018unlashmoqda. Bugun bu sheriklik ikki tomonlama kun tartibidan chiqib, Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy makonni shakllantirishda muhim bo\u2018g\u2018in sifatida namoyon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Iqtisodiy dinamika: savdo hajmi va diversifikatsiya<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil yanvar\u2013sentabr oylarida O\u2018zbekiston va Qozog\u2018iston o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,5 milliard AQSH dollariga yetib, o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan 15,5 foizga oshdi. Eksport hajmi 1,06 milliard dollarni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 6 foiz o\u2018sdi, import esa 2,42 milliard dollarga teng bo\u2018lib, 20,3 foiz o\u2018sishni ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ijobiy dinamika nafaqat savdo hajmining ortishini, balki uning tarkibiy o\u2018zgarishini ham ifodalaydi &#8211; eksport tarkibida yuqori qo\u2018shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi oshmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Asosiy eksport yo\u2018nalishlari &#8211; mashinasozlik, qishloq xo\u2018jaligi va qurilish materiallari mahsulotlaridir. O\u2018zbekiston tomoni avtomobil ehtiyot qismlari, sabzavot va mevalar, mineral suvlar, to\u2018qimachilik buyumlari hamda sement yetkazib berishni faol ravishda kengaytirmoqda. Faqat 2024-yilda Qozog\u2018istonga eksport hajmi 2,4 foizga oshdi, assortiment esa 86 ta yangi tovar pozitsiyasi bilan kengaydi \u2014 elektr energiyasidan tortib saryog\u2018 va kakao mahsulotlarigacha.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Investitsiyalar va qo\u2018shma korxonalar: yangi ishtirokchilar va yo\u2018nalishlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil avgust holatiga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonda Qozog\u2018iston kapitali ishtirokidagi 1157 ta korxona ro\u2018yxatdan o\u2018tgan bo\u2018lib, shundan 281 tasi qo\u2018shma, 876 tasi esa to\u2018liq xorijiy korxonalardir. Ularning asosiy faoliyat sohalari \u2014 savdo, qurilish, axborot texnologiyalari, sug\u2018urta va moliyaviy xizmatlardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018istonda esa O\u2018zbekiston kapitali ishtirokidagi 5400 ta yuridik shaxs faoliyat yuritmoqda. Bu ko\u2018rsatkich ikki mamlakat biznes doiralari o\u2018rtasidagi o\u2018zaro manfaatdorlikning yaqqol dalilidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hududiy hamkorlik markazlari va klasterlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda joylashgan Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hududiy hamkorlik markazlari sifatida agrar-sanoat va industrial klasterlarni shakllantirish ustida ishlamoqda. Namanganda eksportni rivojlantirish va aniq dehqonchilik texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan agroklaster tashkil etilgan. Sirdaryo viloyatida esa 70 gektar maydonda polietilen quvurlar, qurilish materiallari va agrokompleks ishlab chiqaruvchi sanoat klasteri barpo etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunga o\u2018xshash loyihalar Qoraqalpog\u2018iston, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham amalga oshirilmoqda &#8211; bu yerda logistika markazlari va qayta ishlovchi korxonalar tashkil etilmoqda. Qozog\u2018istonning Turkiston, Qizilo\u2018rda va Jetisu viloyatlarida esa qishloq xo\u2018jaligi xomashyosi qayta ishlanib, yuqori qo\u2018shimcha qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday mintaqaviy sheriklik iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, qo\u2018shma logistika tizimlarini rivojlantirish hamda ikki davlat chegaradosh hududlari o\u2018rtasida barqaror ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Forumlar va muloqot: ishonch mexanizmi va amaliy yechimlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi va Qozog\u2018iston Respublikasi o\u2018rtasidagi hamkorlik bo\u2018yicha Hukumatlararo komissiya, unga O\u2018zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog\u2018iston Bosh vaziri Oljas Bektenov raislik qilmoqda, ikki davlat o\u2018rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirishda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil oktabr oyida Xiva shahrida Komissiyaning 22-yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi, transport-tranzit aloqalari, qishloq xo\u2018jaligi, energetika, ekologiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari batafsil muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, mintaqaviy va chegaradosh hamkorlik, turizm va sport sohalaridagi qo\u2018shma tashabbuslarga ham alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan avvalroq Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan IV Mintaqalararo hamkorlik forumida O\u2018zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Qozog\u2018iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev tomonidan ishlab chiqilgan \u201cYo\u2018l xaritasi\u201d imzolangan bo\u2018lib, u 7,1 milliard dollarlik loyiha va shartnomalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, ikki davlat hududlari o\u2018rtasida 32 ta kelishuv va 700 million dollarlik savdo bitimlari imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur hujjatlar qo\u2018shma sanoat zonalari, transport-logistika markazlari va energetika loyihalarini yaratish uchun uzoq muddatli asosni belgilab bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u201c<\/strong><strong>\u0421<\/strong><strong>5+1\u201d formati: mintaqaviy miqyosdagi hamkorlik<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil 5\u20136-noyabr kunlari Vashington shahrida o\u2018tgan \u201c\u04215+1\u201d formatidagi davlat rahbarlari uchrashuvi O\u2018zbekiston va Qozog\u2018iston o\u2018rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim bosqich bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi hamkorlik umumiy maqsadlarga asoslanmoqda \u2014 barqaror infratuzilma yaratish, energetik o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirish, raqamli va \u201cyashil\u201d texnologiyalarni joriy etish hamda tovar, kapital va investitsiyalarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Qozog\u2018istonning qo\u2018shma tashabbuslari mintaqaviy chegaralardan tashqariga chiqmoqda. Ularning orasida Trans-Afg\u2018on temir yo\u2018li qurilishi loyihasi alohida o\u2018rin tutadi &#8211; bu tashabbus Markaziy Osiyoni Evroosiyo logistikasining asosiy bo\u2018g\u2018iniga aylantirish imkonini beradi. Mazkur loyiha xalqaro hamkorlar tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanib, Markaziy va Janubiy Osiyoni Afg\u2018oniston orqali bog\u2018lash strategiyasining bir qismi hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yangi hamkorlik tamoyili: sanoat, energetika va barqaror rivojlanish<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston O\u2018zbekiston uchun MDH doirasidagi eng yirik hamkor va Rossiyadan keyin tashqi savdo aylanmasi bo\u2018yicha ikkinchi o\u2018rinda turadi. Hamkorlik \u201cyangi industrializatsiya\u201d tamoyiliga asoslanib rivojlanmoqda: avtomobil ehtiyot qismlari va elektrotexnika mahsulotlarini qo\u2018shma ishlab chiqarishdan tortib, qayta tiklanuvchi energetika, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, \u201cyashil\u201d moliya va dekabronizatsiya sohasida tajriba almashishgacha.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Alohida e\u2019tibor transport integratsiyasiga qaratilgan &#8211; \u201cTranskaspiy\u201d, \u201cShimol\u2013Janub\u201d xalqaro yo\u2018laklari va Xitoy, Eron hamda Turkiya orqali o\u2018tuvchi yangi marshrutlarni rivojlantirish orqali eksport oqimlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaning global iqtisodiyotdagi rolini mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xulosa: Markaziy Osiyoning umumiy kelajagi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Qozog\u2018iston hamkorligi &#8211; bu shunchaki pragmatik hisob-kitob yoki savdo almashinuvi emas. Bu Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi yangi modelning poydevoridir &#8211; o\u2018zaro ishonch, iqtisodiy bog\u2018liqlik va umumiy mas\u2019uliyatga asoslangan model.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u2018shma loyihalar, energetik va transport tarmoqlari integratsiyasi, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash va texnologik hamkorlik orqali ikki davlat butun mintaqa uchun ibrat bo\u2018ladigan zamonaviy hamkorlik makonini shakllantirmoqda.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5767,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5766","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5766","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5766"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5766\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5768,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5766\/revisions\/5768"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5767"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5766"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5766"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5766"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}