{"id":5749,"date":"2025-11-15T14:52:46","date_gmt":"2025-11-15T12:52:46","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5749"},"modified":"2025-11-15T15:12:56","modified_gmt":"2025-11-15T13:12:56","slug":"ozbekcha-ozbekiston-aqsh-oliy-talim-hamkorligida-yangi-bosqich-c51-formati-imkoniyatlari-va-istiqbollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2025\/11\/15\/ozbekcha-ozbekiston-aqsh-oliy-talim-hamkorligida-yangi-bosqich-c51-formati-imkoniyatlari-va-istiqbollari\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 AQSh oliy ta\u2019lim hamkorligida yangi bosqich: C5+1 formati imkoniyatlari va istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Bugungi kunda O\u2018zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri \u2013 strategik sheriklikni kengaytirish va zamonaviy bilim hamda ilmiy innovatsiyalar almashinuvini ta\u2019minlashdir. Bu jarayonda AQSh bilan hamkorlik, ayniqsa oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar sohalarida, yangi bosqichga ko\u2018tarilmoqda.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan ta\u2019lim islohotlari, inson kapitaliga yo\u2018naltirilgan davlat siyosati va \u201cilm\u2013ta\u2019lim\u2013innovatsiya\u201d uyg\u2018un tizimi mamlakatimizni xalqaro maydonda jozibali hamkor sifatida namoyon etdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va AQSh o\u2018rtasidagi C5+1 formati mintaqaviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Ushbu format doirasida O\u2018zbekistonning Amerika oliygohlari bilan o\u2018zaro hamkorligi nafaqat ta\u2019lim sohasi, balki fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida ham amaliy samara bera boshladi.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Inson kapitaliga sarmoya \u2013 ta\u2019lim orqali taraqqiyot<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va AQSh o\u2018rtasidagi hamkorlikning ilk yo\u2018nalishlaridan biri \u2013 ingliz tilini chuqur o\u2018rgatish va zamonaviy pedagogik tajribani joriy etishdir. Har yili AQSh universitetlaridan o\u2018nlab tajribali o\u2018qituvchilar mamlakatimiz oliygohlariga tashrif buyurib, \u201c<strong>Fulbright<\/strong>\u201d, \u201c<strong>English Language Fellows Program<\/strong>\u201d, \u201c<strong>English Teaching Assistants<\/strong>\u201d kabi dasturlar orqali mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, AQSh davlat departamenti qo\u2018llab-quvvatlayotgan \u201c<strong>ACCESS<\/strong>\u201d dasturi doirasida kam ta\u2019minlangan oilalar farzandlariga ingliz tilini ikki yillik chuqur o\u2018rgatish imkoniyati yaratilgan. Hozirgi vaqtda ushbu markazlar 11 ta universitet qoshida samarali ishlamoqda. Dastur uchun har bir markazga<br \/>\n30\u201350 ming dollar atrofida grant ajratiladi, bu mablag\u2018lar o\u2018quv qo\u2018llanmalar, uqituvchi maoshi, o\u2018quvchilar uchun interaktiv ekskursiyalar va boshqa xarajatlarga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u201cAmerican Window\u201d va \u201cSummer Camp\u201d: ilhom manbai bo\u2018lgan maydonchalar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilgan \u201c<strong>American Window<\/strong>\u201d axborot markazi \u2013 ikki xalq o\u2018rtasidagi madaniyat va ta\u2019lim sohalaridagi muloqotning yangi ramziga aylandi. Bu yerda 150 dan ziyod ingliz tilidagi kitob, jurnal va lug\u2018atlar, shuningdek, AQSh oliygohlariga qabul to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotnoma va yo\u2018llanmalar mavjud. Markaz nafaqat axborot manbai, balki \u201cSpeaking Club\u201dlar, interaktiv darslar, madaniy tadbirlar uchun maydoncha vazifasini o\u2018tamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yozgi ta\u2019tillarda esa \u201c<strong>Summer Camp<\/strong>\u201d loyihasi orqali maktab o\u2018quvchilari uchun ingliz tilini o\u2018rgatish, interaktiv mashg\u2018ulotlar, o\u2018yin va ekskursiyalar tashkil etiladi. Samarqand davlat xorijiy tillar instituti qoshidagi yozgi lagerda 2022 yilda 150 nafar bola qatnashib, nafaqat til bilimini, balki xalqaro muloqot madaniyatini ham rivojlantirish imkoniyatiga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>EducationUSA va universitetlararo hamkorlik: yangi yo\u2018nalishlar eshigi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">AQSh elchixonasi qoshidagi \u201c<strong>EducationUSA<\/strong>\u201d dasturi O\u2018zbekiston yoshlariga Amerika oliygohlarida ta\u2019lim olish, grant va stipendiya dasturlariga qatnashish imkoniyatlarini ochib bermoqda. Elchixona xodimlari mamlakatimiz universitetlariga tashrif buyurib, talabalar uchun amaliy seminarlar o\u2018tkazmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, <strong>American Councils for International Education<\/strong> tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan <strong>UNICEN<\/strong> va <strong>Faculty Enrichment Program (FEP)<\/strong> loyihalari universitetlararo sheriklikni faol qo\u2018llab-quvvatlamoqda. Faqatgina so\u2018nggi ikki yil ichida 22 ta O\u2018zbekiston oliygohi<br \/>\n25 dan ziyod amerikalik universitetlar bilan to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri aloqa o\u2018rnatdi. 2023\u20132024 o\u2018quv yilida 9 nafar professor va tadqiqotchi AQShda 4\u20135 oylik malaka oshirish kurslarida qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Webster universiteti va yangi qadamlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkentda faoliyat yuritayotgan <strong>Webster University<\/strong> \u2013 O\u2018zbekistondagi ilk amerikalik universitet filiali bo\u2018lib, bugungi kunda o\u2018quv dasturlarini kengaytirib, talabalar sonini yildan yilga oshirmoqda. Uning muvaffaqiyati boshqa amerikalik universitetlar uchun ham ilhom manbai bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston hukumati AQSh universitetlariga yangi filiallar ochish, ikki diplomli dasturlar yo\u2018lga qo\u2018yish va amerikalik professorlarni qisqa va uzoq muddatli dars berish dasturlariga jalb etish taklifini ilgari surmoqda. Ayniqsa, texnik, muhandislik, energetika, tibbiyot, arxitektura va IT yo\u2018nalishlari bugungi hamkorlikning ustuvor sohalari sifatida belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yuta shtati bilan yangi yo\u2018nalishlar va C5+1 doirasidagi imkoniyatlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston va AQSh hamkorligi yangi strategik mazmun kasb etmoqda. 2024 va 2025 yillarda Toshkent va Samarqandda AQShning Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiyalar bilan bir qator muhim uchrashuvlar o\u2018tkazildi. Ular davomida ikki tomonlama ilmiy-ta\u2019lim loyihalar, professor-o\u2018qituvchilar almashinuvi, innovatsiya va sun\u2019iy intellekt sohasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuta shtati iqtisodiy jihatdan AQShning eng barqaror hududlaridan biri bo\u2018lib, injenerlik va tibbiyot sohalarida kadrlar yetishmovchiligini his etmoqda. Shu bois, mazkur sohalarda O\u2018zbekiston universitetlari bilan amaliy hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatlidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, C5+1 formati doirasida AQSh tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlarida ilm-fan va ta\u2019lim sohasini rivojlantirish, iqlim o\u2018zgarishi, suv resurslaridan samarali foydalanish, energiya manbalari va innovatsion iqtisodiyot kabi mavzularda hamkorlikni qo\u2018llab-quvvatlamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ilm va innovatsiya \u2013 umumiy manfaat yo\u2018lida<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va AQShning o\u2018zaro hamkorligi faqat til o\u2018rgatish yoki talabalar almashinuvi bilan cheklanib qolmayapti. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish, startaplar, innovatsion laboratoriyalar, sun\u2019iy intellekt va \u201cyashil texnologiyalar\u201d bo\u2018yicha ilmiy forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun mamlakatimizda 40 dan ziyod oliy ta\u2019lim muassasasi 25 dan ortiq amerikalik universitetlar va ilmiy markazlar bilan memorandum asosida ishlamoqda. Ular doirasida professorlar malakasini oshirish kurslari, ilmiy tadqiqotlar, qo\u2018shma konferensiyalar va tajriba almashinuvi yo\u2018lga qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>O\u2018zbekiston-AQSh oliy ta\u2019lim hamkorligi, ayniqsa C5+1 formati doirasidagi tashabbuslar, kelgusida yangi bosqichga ko\u2018tarilishi tabiiy. Bu \u2013 ikki xalq o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va ishonchni mustahkamlaydigan, yoshlar salohiyatini ochib beradigan va innovatsion rivojlanishni jadallashtiradigan yo\u2018nalishdir.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Inson kapitaliga qo\u2018yilgan har bir sarmoya \u2013 kelajak taraqqiyotining asosi. Shu ma\u2019noda, Amerika universitetlari bilan hamkorlik O\u2018zbekiston uchun bilim, tajriba va ilmiy imkoniyatlar maydonini kengaytirishda muhim qadam bo\u2018lib qolmoqda.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>\u00a0<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Qo\u2018ng\u2018irotboy Sharipov,<br \/>\n<\/strong>O\u2018zbekiston Respublikasi<br \/>\nOliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vaziri<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat Deutsch-English tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5744,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5749","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5749","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5749"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5749\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5751,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5749\/revisions\/5751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5744"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5749"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5749"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5749"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}