{"id":5584,"date":"2025-10-13T21:13:40","date_gmt":"2025-10-13T19:13:40","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5584"},"modified":"2025-10-13T21:13:40","modified_gmt":"2025-10-13T19:13:40","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be-%d0%b1%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%b3%d0%b8%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b5-%d0%be%d1%82%d0%bd%d0%be%d1%88%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b4%d0%be%d0%b2%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2025\/10\/13\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be-%d0%b1%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%b3%d0%b8%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b5-%d0%be%d1%82%d0%bd%d0%be%d1%88%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b4%d0%be%d0%b2%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Belgiya munosabatlari: ishonch, pragmatizm va hamkorlikning yangi bosqichi istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Siyosiy hamkorlik: barqaror sheriklik va o\u2018zaro hurmat<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi o\u2018rtasidagi munosabatlar o\u2018zaro hurmat, tenglik va konstruktiv muloqot tamoyillariga asoslanadi. Belgiya 1991-yil 31-dekabrda O\u2018zbekiston mustaqilligini tan olgan, 1992-yil 10-martda esa diplomatik aloqalar o\u2018rnatilgan. 1995-yilda Bryusselda O\u2018zbekiston elchixonasi faoliyat boshlagan, Belgiya tomoni esa hamkorlikni Ostona shahridagi diplomatik missiyasi orqali muvofiqlashtiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi sakkiz yil ichida O\u2018zbekiston \u2013 Belgiya hamkorligi sezilarli sur\u2019atda rivojlanib, o\u2018zaro ishonch mustahkamlandi va amaliy hamkorlik yo\u2018nalishlari kengaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyalar qiroli Filipp o\u2018rtasidagi muntazam maktub almashuvlari o\u2018zaro hurmat va do\u2018stona aloqalarni mustahkamlashga intilishning yorqin ifodasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hududlararo hamkorlik va gumanitar aloqalar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududlararo aloqalar O\u2018zbekiston \u2013 Belgiya munosabatlarining muhim qismi hisoblanadi. Toshkent shahri Kortreyk, Samarqand esa Lyij shahri bilan birodarlik aloqalarini yo\u2018lga qo\u2018ygan. Bunday hamkorlik shahar infratuzilmasi, innovatsiyalar, ekologiya va madaniy dasturlar sohalarida tajriba almashish imkoniyatlarini ochadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kortreyk shahrida o\u2018rnatilgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino haykali ikki xalq o\u2018rtasidagi hurmat va tarixiy bog\u2018liqlik ramziga aylandi. Bunday madaniy va gumanitar loyihalar xalqlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro tushunishni mustahkamlab, O\u2018zbekistonning Yevropadagi ijobiy qiyofasini yanada oshiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Savdo-iqtisodiy hamkorlik: o\u2018sib borayotgan imkoniyatlar va yangi yo\u2018nalishlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Tovar ayirboshlash dinamikasi va investitsiya qiziqishlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Belgiya Yevropa Ittifoqidagi O\u2018zbekistonning eng faol iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Ikki davlat o\u2018rtasida eng qulay savdo rejimi amal qiladi, o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi esa barqaror o\u2018sishda \u2013 2020-yildagi 70 mln dollardan 2024-yilda 212,7 mln dollargacha yetdi. Tashqi savdo tuzilmasi muvozanatli bo\u2018lib, yetkazib berishlar xilma-xilligini va biznes manfaatdorligini aks ettiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning Belgiyaga eksporti sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, to\u2018qimachilik, kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari va xizmatlardan iborat. Import tarkibini esa uskunalar, ehtiyot qismlar, farmatsevtika mahsulotlari, kimyoviy modda va qimmatbaho metallar tashkil etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda O\u2018zbekistonda belgiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 16 ta korxona faoliyat yuritmoqda, jumladan \u201cPicanol\u201d, \u201cVan de Wiele\u201d, \u201cGosselin Caucasus &amp; Central Asia\u201d, \u201cAatko Carpets\u201d va \u201cIntraco\u201d. Ularning faoliyati to\u2018qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish, logistika, qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Tarmoqlararo hamkorlik va texnologik sheriklik<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat va texnologik hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Belgiyalik kompaniyalar mashinasozlik, to\u2018qimachilik uskunalari, kimyo va qayta ishlash sohasida yuqori muhandislik yechimlari bilan tanilgan. \u201cPicanol\u201d va \u201cVan de Wiele\u201d to\u2018quv stanoklarining yetkazilishi O\u2018zbekiston to\u2018qimachilik klasterlarini modernizatsiya qilishda muhim qadam bo\u2018lib, ishlab chiqarish samaradorligini va eksport salohiyatini oshirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlaridan biri \u2014 \u201cyashil iqtisodiyot\u201ddir. Belgiya energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. \u201cAqlli shaharlar\u201d, suv tozalash va barqaror agro ishlab chiqarish sohalarida belgiyalik texnologiyalarni jalb etish bo\u2018yicha muzokaralar olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Biznes missiyalar va yangi hamkorlik platformalari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2024-yil may oyida O\u2018zbekistonda farmatsevtika, qishloq xo\u2018jaligi, oziq-ovqat, IT va ekologik texnologiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi 17 ta belgiyalik kompaniyalar ishtirokida biznes missiya o\u2018tkazildi. Tashrif davomida B2B va B2G uchrashuvlari, investitsion imkoniyatlar taqdimotlari va qo\u2018shma ishlab chiqarishlarni joylashtirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yilning o\u2018zida Toshkentda Benilyuks Savdo palatasi ochilib, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg ishbilarmon doiralarini birlashtirdi. Palataning faoliyati investorlarni qo\u2018llab-quvvatlash, biznes-forumlar, road-showlar va soha ko\u2018rgazmalarida ishtirokni tashkil etishga qaratilgan. Bu tuzilma ikki mamlakat o\u2018rtasidagi xususiy sektor va davlat tuzilmalari o\u2018rtasidagi muloqot uchun yangi platformaga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Doimiy ishbilarmonlik aloqalari AWEX, FIT va Hub.Brussels agentliklari bilan yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Tomonlar ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, biotexnologiyalar, qishloq xo\u2018jaligi xomashyosi qayta ishlanishi va logistika sohalarida loyihalarni muhokama qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Investitsion va infratuzilmaviy istiqbollar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Belgiyani yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishdagi muhim hamkor sifatida ko\u2018radi. Belgiyalik kompaniyalar sanoat va transport obyektlarini qurish, port va ombor majmualarini boshqarish tajribasiga ega bo\u2018lib, bu O\u2018zbekistonning sanoatlashtirish va transport tizimini modernizatsiya qilish dasturi uchun ahamiyatlidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ustuvor yo\u2018nalishlar qatoriga farmatsevtika (Belgiya dunyoda yetakchi tajribaga ega), agro-sanoat (aniq dehqonchilik texnologiyalari), oziq-ovqat qayta ishlash (eksportga yo\u2018naltirilgan korxonalar tashkil etish) kiradi. Bundan tashqari, moliyaviy texnologiyalar sohasida, jumladan Toshkentda akkreditatsiyadan o\u2018tgan Mastercard Europe PLC bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama savdoning yanada kengayish salohiyati yuqori. Bu GSP+ maqomi doirasida o\u2018zbek mahsulotlarining Yevropa bozoriga kirishini kengaytirish va Kaspiy hamda Qora dengizlar orqali Markaziy Osiyo va Yevropani bog\u2018lovchi transport yo\u2018laklarini rivojlantirish bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shartnomaviy-huquqiy asos va istiqbollar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston \u2013 Belgiya o\u2018rtasidagi huquqiy baza 10 ta davlatlararo va idoralararo hujjatlarni o\u2018z ichiga oladi. Hozirda diplomatik pasport egalari uchun vizadan ozod etish va re-admissiya to\u2018g\u2018risidagi bitimlarni ishlab chiqish jarayoni olib borilmoqda. Bu esa siyosiy, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yangi shart-sharoit yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xulosa: amaldagi strategik hamkorlik<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi O\u2018zbekiston \u2013 Belgiya munosabatlari \u2014 bu ishonch va umumiy maqsadlarga asoslangan barqaror, pragmatik va o\u2018zaro foydali hamkorlikdir. Ular O\u2018zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, tashqi savdoni diversifikatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish strategiyasiga to\u2018liq mos keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Belgiya Yevropadagi diplomatiya, logistika va moliyaning muhim markazlaridan biri sifatida O\u2018zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi ishonchli hamkori bo\u2018lib qolmoqda. Toshkent esa Belgiyaning Markaziy Osiyodagi ishonchli biznes markaziga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biznes faolligining o\u2018sishi, \u201cyashil\u201d va raqamli yo\u2018nalishlarning rivojlanishi, madaniy aloqalarning mustahkamlanishi ikki mamlakat o\u2018rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichi uchun mustahkam zamin yaratmoqda \u2013 bu esa aniq natijalar, barqaror o\u2018sish va ikki xalq farovonligiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5585,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5584","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5584","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5584"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5586,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5584\/revisions\/5586"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5585"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5584"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5584"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}