{"id":5508,"date":"2025-09-08T20:49:14","date_gmt":"2025-09-08T18:49:14","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5508"},"modified":"2025-09-08T20:51:05","modified_gmt":"2025-09-08T18:51:05","slug":"ozbekcha-deklaratsiyalar-muloqoti-konfessiyalararo-tinchlik-va-etiqod-erkinligini-taminlash-sari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2025\/09\/08\/ozbekcha-deklaratsiyalar-muloqoti-konfessiyalararo-tinchlik-va-etiqod-erkinligini-taminlash-sari\/","title":{"rendered":"Deklaratsiyalar muloqoti: konfessiyalararo tinchlik va e\u2019tiqod erkinligini ta\u2019minlash sari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">10-13 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Amerika Qo\u2018shma Shtatlarining \u201cLove Your Neighbor Community\u201d (LYNC) nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda, Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko\u2018magida \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d II xalqaro forumi o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur anjumanning ahamiyati haqida SMTI direktori o\u2018rinbosari Shafoat Nurullayeva bilan suhbatlashdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Shafoat opa, dastlab ushbu forum tarixi haqida qisqacha so\u2018zlab bersangiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Jahon hamjamiyati tomonidan ma\u2019rifat va bag\u2018rikenglik madaniyati g\u2018oyalarini targ\u2018ib qilish, diniy erkinlikni ta\u2019minlash maqsadida 2016 yildan buyon qator forumlar, jumladan Marokash, Makka, Jakarta, Potomak, Punta del Este shaharlarida ayni mavzuga bag\u2018ishlangan tadbirlar uyushtirilgan. Anjumanlar yakunida konseptual hujjatlar \u2013 deklaratsiyalar qabul qilingan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz ham ushbu da\u2019vatga javoban 2022 yil may oyida Birinchi \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d yuqori darajadagi forumini tashkil etish orqali jarayonga munosib hissa qo\u2018shdi. Besh kun davomida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo\u2018lib o\u2018tgan tadbirlarda AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Pokiston, Indoneziya kabi qator davlatlar yetuk dinshunoslari, ilohiyotchi olimlari va huquqshunoslari, shuningdek sohaga oid mahalliy davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari mutaxassislari, din vakillari qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forumga Jahon musulmonlar ligasi, AQSH Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi, Buyuk Britaniya va Indoneziya hukumatlari yuqori martabali vakillari, shuningdek diniy va huquqiy doiralarning boshqa ko\u2018zga ko\u2018ringan mutaxassislari tashrif buyurdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatib o\u2018tishim joiz, o\u2018sha anjuman yakuni bo\u2018yicha qabul qilingan Buxoro deklaratsiyasi keyinchalik BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida rasmiy hujjat sifatida tan olingan. Bundan tashqari O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari deklaratsiya tamoyillari va chaqiriqlarini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Qo\u2018shma bayonot qabul qilgan. Bu milliy parlamentimizning inson huquqlarini ta\u2019minlash va xalqaro hujjatlar hamda milliy qonunchilikda aks ettirilgan fuqarolar manfaatini himoya qilish bo\u2018yicha monitoringni amalga oshirishdagi muhim o\u2018rnidan dalolat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qolaversa, alohida ta\u2019kidlamoqchimanki, Buxoro deklaratsiyasi turli millat vakillari, turfa din hamda e\u2019tiqodga mansub insonlardan iborat bag\u2018ri keng jamiyatni shakllantirishga qaratilgan O\u2018zbekiston modeli naqadar muhimligi, xalqaro miqyosda o\u2018ta talabgirligini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d forumi ham mamlakatimiz yuqorida sanab o\u2018tilgan tegishli hujjatlarda mustahkamlangan tamoyillar, g\u2018oya va qadriyatlarni nafaqat qo\u2018llab-quvvatlashi, balki izchil amalga oshirib kelayotganidan guvohlik beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Sizningcha, bo\u2018lajak Forum xalqaro hamjamiyat uchun qanday ahamiyatga ega?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Birinchidan, mazkur tadbir muntazam o\u2018tkazilishi, xorijiy ishtirokchilarning nufuzli tarkibi davlatimizning e\u2019tiqod erkinligi va konfessiyalararo totuvlikni ta\u2019minlashga qaratilgan siyosati dunyo bo\u2018ylab yuksak e\u2019tirof etilayotganidan dalolat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, II Forum \u2013 O\u2018zbekistonning dinlararo muloqotni yuqori qadriyat darajasiga ko\u2018tarish maqsadida ochiqlik tamoyiliga, diniy bag\u2018rikenglik va tolerantlik muhitini rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, anjuman xalqlar va turli konfessiyalar vakillari o\u2018zaro tinch-totuv yashashini ta\u2019minlash bo\u2018yicha ilg\u2018or tajriba almashish uchun o\u2018ziga xos maydon vazifasini o\u2018taydi.<\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li>Forumdan qanday natijalar kutilyapti?<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bu galgi anjumanda dunyoning 15 davlati, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya va Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 nafarga yaqin yetakchi dinshunos, ilohiyotchi olim, ekspertlar, qator yuqori martabali shaxslar, xususan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo\u2018yicha o\u2018rinbosari Yusuf Muhammad Aldobey, Jahon musulmonlari ligasi (JML) bosh kotibi o\u2018rinbosari Abdul Rahmon Al-Zoid, Din va e\u2019tiqod erkinligi xalqaro alyansi rahbari Robert Rexak va boshqalar ishtiroki rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari JML Bosh kotibi Muhammad Al-Issa va BAA Fatvo kengashi raisi Shayx Abdulloh bin Bayonning video murojaati tinglanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rt kun davomida e\u2019tiqod erkinligini ta\u2019minlash sohasida mamlakatlar oldida turgan dolzarb masalalar, shuningdek konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va hissasi mavzusi muhokama qilinadigan yalpi majlislar o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston din arboblari va davlat xizmatchilari ishtirokida uchta sertifikatlashtirish seminari, diniy masalalar bilan shug\u2018ullanuvchi xotin-qizlar uchun sayd-ivent tashkil etiladi. Dinlararo muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yish va jamiyatda bag\u2018rikenglikni mustahkamlash bo\u2018yicha eng yaxshi xalqaro tajribalar taqdimoti ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xorijiy ishtirokchilar, turli konfessiyalar vakillari uchun alohida madaniy ahamiyatga ega bo\u2018lgan Samarqand shahriga tanishtiruv safari tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Forum ishtirokchilari o\u2018z oldilariga qanday vazifalar qo\u2018ygan?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Forum doirasida qator muhim vazifalarni hal etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchidan, xalqaro hamjamiyatni yurtimizda konfessiyalararo bag\u2018rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan keng ko\u2018lamli islohotlardan xabardor qilish asosiy vazifalardan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, so\u2018nggi yillarda respublikamiz diniy hayotida jiddiy o\u2018zgarishlar yuz berdi. Shu nuqtai nazardan, e\u2019tiqod erkinligini ta\u2019minlashga asos bo\u2018lgan ikki muhim jihatni ta\u2019kidlashim o\u2018rinli.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchisi \u2013 2021 yil \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Hujjatni ishlab chiqishda jamiyatimiz ehtiyoji, shuningdek xalqaro me\u2019yor va standart chuqur o\u2018rganildi. Bu qonunchiligimizni inson huquqi va e\u2019tiqod erkinligi sohasidagi zamonaviy talabni hisobga olgan holda takomillashtirish imkonini berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonunda Yevropa Kengashi Venetsiya komissiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo\u2018yicha byurosi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar tavsiyalari ham aksini topgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchisi \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Qomusimiz vijdon erkinligi tamoyilini bevosita mustahkamlab, huquqiy va dunyoviy davlat sharoitida har qanday diniy qarash majburan singdirilishini taqiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tamoyil asosida 2025 yil fevral oyida Fuqarolarning vijdon erkinligini ta\u2019minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqilib, qonunchilik darajasida qabul qilindi. Ushbu hujjat diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifasi, tamoyili va ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi, davlat-ijtimoiy munosabatlar dunyoviy xususiyatida fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta\u2019minlash bo\u2018yicha konstitutsiyaviy qoidalar amalga oshirilishini nazarda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, yana bir muhim vazifa \u2013 davlatimizning konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni ta\u2019minlash, jamiyatda bag\u2018rikenglikni mustahkamlash borasidagi tajribasini targ\u2018ib qilish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, tadbir tashkilotchilari ko\u2018p millatli va ko\u2018p konfessiyali O\u2018zbekistonda barqaror siyosiy-huquqiy muhitni ta\u2019minlash, jamiyatda o\u2018zaro totuvlikni mustahkamlash va barcha fuqarolar manfaatlarini ro\u2018yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlardan xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish muhim, deb hisoblaydi. Bu boradagi sa\u2019y-harakatlar mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy tajribasi asosida, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlikni nazarda tutuvchi demokratik tamoyillarni to\u2018liq hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu jihatdan turli elatlar, turfa din vakillari tinch-totuv yashashi bo\u2018yicha ko\u2018p asrlik an\u2019anaga sodiq O\u2018zbekistonning ijobiy tarixiy tajribasi xorijiy tadqiqotchilar, dinshunoslar va siyosiy arboblarda doim qiziqish uyg\u2018otib kelishini alohida ta\u2019kidlamoqchiman. Eng muhimi, jamiyatimizdagi diniy bag\u2018rikenglik modeli xalqaro ekspertlar tomonidan o\u2018rganish va qo\u2018llashga munosib namunali, amaliy jihatdan foydali tajriba sifatida tobora ko\u2018proq e\u2019tirof etilayotgani e\u2019tiborga molik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, tadbir doirasida ko\u2018p millatli jamiyatlarda diniy erkinlik va konfessiyalararo muloqotni ta\u2019minlash sohasidagi xalqaro tajriba faol muhokama qilinishi ham kutilyapti. Bunday muzokaralar mamlakatlar va xalqlar o\u2018rtasida o\u2018zaro anglashni mustahamlashga xizmat qiladi, samarali amaliyotlarni aniqlash va milliy voqelikka moslashtirish imkonini beradi. Shuningdek, gumanitar sohada kelgusi hamkorlik uchun poydevor yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Shafoat opa, yuqorida birinchi Forum yakunida \u201cBuxoro deklaratsiyasi\u201d qabul qilinganini aytdingiz. Bu gal qanday yakuniy hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Ishtirokchilarning jahon hamjamiyatiga qaratilgan quyidagi chaqiriqlarini jamlagan Murojaatnoma qabul qilish maqsadimiz bor:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">diniy ozchiliklar huquqini himoya qilish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">diniy asosda kamsitish holatlarini istisno etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">diniy ma\u2019rifatni zo\u2018ravonlikka asoslangan ekstremizmga qarshi kurash vositasi sifatida targ\u2018ib qilish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">e\u2019tiqod erkinligini umuminsoniy huquq sifatida tasdiqlash;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">diniy va madaniy mansubligidan qat\u2019i nazar, barcha odamlar teng huquqliligini rag\u2018batlantirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, Ikkinchi xalqaro \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d forumi rang-barang dunyoda diniy bag\u2018rikenglik, oliy himmat, o\u2018zaro hurmat tuyg\u2018ularini, xalqlarning tinch-totuv yashashini mustahkamlashga muhim hissa qo\u2018shadi, deb ishonamiz.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5509,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5508"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5512,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5508\/revisions\/5512"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5509"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}