{"id":5358,"date":"2025-08-09T23:56:15","date_gmt":"2025-08-09T21:56:15","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=5358"},"modified":"2025-08-09T23:58:29","modified_gmt":"2025-08-09T21:58:29","slug":"ozbekcha-toshkentda-sakkizinchi-markaziy-osiyo-ekspertlar-forumi-bolib-otadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2025\/08\/09\/ozbekcha-toshkentda-sakkizinchi-markaziy-osiyo-ekspertlar-forumi-bolib-otadi\/","title":{"rendered":"Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bo\u2018lib o\u2018tadi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yil 14-15 avgust kunlari Toshkentda &#8220;Markaziy Osiyo &#8211; ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni&#8221; mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi (MOEF) bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2018-yilda tashkil etilgan MOEF har yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga raislik qilayotgan mamlakatda o\u2018tkaziladi. Forum mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydoncha vazifasini bajaradi va Markaziy Osiyo davlatlarining o\u2019zaro aloqalarini yanada rivojlantirish bo\u2018yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forum O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbir hamkorlari &#8211; BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo\u02bbyicha mintaqaviy markazi, Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT), Konrad Adenauer nomidagi jamg\u2018arma.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forumda Markaziy Osiyodan an\u2019anaviy ravishda mintaqa davlatlarining strategik institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda mutaxassislari va akademik doiralari vakillari ishtirok etadi. Ilk bor tadbirda mintaqashunoslik bo\u2018yicha tajriba almashish maqsadida Yevropa Ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari\u00a0 uyushmasi (ASEAN), Shimoliy Kengash mamlakatlaridan nufuzli ekspertlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Ozarbayjondan tadqiqotchilar taklif etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forumning keng qamrovli dasturi mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini ko\u2018rib chiqish va ko\u2018p qirrali aloqalarni ilgari surish bo\u2018yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, Forum doirasida alohida tadbirlar o\u2018tkaziladi: mintaqaviy o\u2018ziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlari bo\u2018yicha ilmiy-amaliy konferensiya hamda &#8220;Markaziy Osiyo &#8211; Shimoliy Yevropa&#8221; formatidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag\u2018ishlangan davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bo\u2018lajak ekspertlar muloqoti manfaatlar to\u2018qnashgan nuqtalarni aniqlash va Markaziy Osiyoning kelajakdagi rivojlanish yo\u2018nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan tavsiyalar joriy yilda O\u2018zbekistonda o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini boyitishga muhim hissa qo\u2018shadi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":5359,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-5358","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5358","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5358"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5362,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5358\/revisions\/5362"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5359"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5358"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5358"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}