{"id":528,"date":"2018-07-08T11:51:49","date_gmt":"2018-07-08T09:51:49","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=528"},"modified":"2018-07-08T11:53:20","modified_gmt":"2018-07-08T09:53:20","slug":"%d0%be-%d0%b4%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b5%d0%b9%d1%88%d0%b8%d1%85-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d0%b0%d1%85-%d0%bf%d0%be-%d0%be%d0%bf%d1%82%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/07\/08\/%d0%be-%d0%b4%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b5%d0%b9%d1%88%d0%b8%d1%85-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d0%b0%d1%85-%d0%bf%d0%be-%d0%be%d0%bf%d1%82%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d1%80\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: large;\"><b>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining<\/b><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: large;\"><b>QARORI<\/b><\/span><!--more--><\/div>\n<div><\/div>\n<div>2017-2021-yillarda O\u2018zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hozirgi vaqtda respublikaga xorijiy fuqarolarning kirishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini optimallashtirishga, milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga kirish turizmini transformatsiya qilish, madaniy-tarixiy merosni, tabiiy boyliklar va an\u2019analarni, shuningdek, respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyatini keng targ\u2018ib qilishga yo\u2018naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Xorijiy fuqarolarning respublikaga kirishi tartibini yanada takomillashtirish elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berish bo\u2018yicha interaktiv xizmatlarni, shuningdek, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun O\u2018zbekiston Respublikasiga vizasiz qisqa muddatli kirish va 16 yoshga to\u2018lmagan xorijiy fuqarolarning O\u2018zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibini joriy qilish yo\u2018li bilan xorijiy fuqarolarning kirish vizasini olish jarayonlarini soddalashtirish zaruratini taqozo etadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-5326-son Farmonining 3-bandi talablari amalga oshirilishini ta\u2019minlash maqsadida:<\/div>\n<div><\/div>\n<div>1. Ma\u2019lumot uchun qabul qilinsinki, 2018-yil 15-iyuldan boshlab:<\/div>\n<div><\/div>\n<div>xorijiy fuqarolarning kirish vizasini rasmiylashtirish uchun O\u2018zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralariga majburiy murojaat etishlarini bekor qilish;<\/div>\n<div><\/div>\n<div>xorijiy fuqaroning kirish vizasini olish uchun murojaatini ko\u2018rib chiqish muddatlarini qisqartirish;<\/div>\n<div><\/div>\n<div>respublikaga kirish uchun ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;<\/div>\n<div><\/div>\n<div>elektron kirish vizalarining yagona ma\u2019lumotlar bazasini shakllantirish orqali elektron kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan tizimini yaratishni nazarda tutuvchi elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tizimi (keyingi o\u2018rinlarda \u201cE-VISA.UZ\u201d tizimi deb ataladi) joriy etiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>2. O\u2018zbekiston Respublikasining elektron vizasi to\u2018g\u2018risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>3. O\u2018zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo\u2018shinlarining asoslangan hisob-kitoblari bo\u2018yicha \u201cE-VISA.UZ\u201d tizimi joriy qilinishini amalga oshirish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablag\u2018lar ajratilishi ta\u2019minlansin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>4. Belgilansinki, \u201cE-VISA.UZ\u201d tizimi qatnashchilarining idoraviy tizimlarini keyinchalik texnik qo\u2018llab-quvvatlash va rivojlantirish O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag\u2018lari hisobiga amalga oshiriladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>5. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O\u2018zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimini yanada joriy qilish, elektron vizani hamda bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun O\u2018zbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizasiz kirish va 16 yoshga to\u2018lmagan xorijiy fuqarolarning O\u2018zbekiston Respublikasiga vizasiz kirishini rasmiylashtirish jarayonida foydalaniladigan idoraviy tizimlarni modernizatsiya qilish bo\u2018yicha Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini (\u201cYo\u2018l xaritasi\u201d) O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda tasdiqlashga kiritsin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>6. Xorijiy fuqarolarning O\u2018zbekiston Respublikasiga kirishi uchun elektron viza rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun konsullik yig\u2018imi miqdori 20 AQSH dollari etib belgilansin, tushgan mablag\u2018lar keyinchalik O\u2018zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralarini moliyalashtirishga yo\u2018naltirish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining valyuta hisobraqamiga o\u2018tkazilsin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>7. O\u2018zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasi, Moliya vazirligining berilgan elektron kirish vizalarini identifikatsiya qilish maqsadida dasturiy ta\u2019minotni modernizatsiya qilish bo\u2018yicha ishlarni moliyalashtirish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo\u2018shinlariga beg\u2018araz moliyaviy yordam sifatida O\u2018zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo\u2018llab-quvvatlash jamg\u2018armasidan 300 million so\u2018mni ajratish to\u2018g\u2018risidagi taklifi ma\u2019qullansin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>8. \u201cE-VISA.UZ\u201d tizimini yanada joriy qilish doirasida olib kiriladigan, O\u2018zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy ta\u2019minot, ehtiyot qismlar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro\u2018yxatlar bo\u2018yicha bojxona to\u2018lovlaridan 2021-yil 1-yanvargacha (bojxona yig\u2018imlaridan tashqari) ozod qilinsin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>9. 2018-yil 15-iyuldan boshlab:<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo\u2018shinlari bo\u2018linmalariga passajirlar to\u2018g\u2018risida oldindan o\u2018z vaqtida ma\u2019lumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud bo\u2018lgan, 2-ilovaga muvofiq davlatlarning O\u2018zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o\u2018tadigan fuqarolari uchun \u2013 5 sutkadan ortiq bo\u2018lmagan muddatda mamlakatning xalqaro aeroportlari o\u2018tkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha bo\u2018lish va O\u2018zbekiston Respublikasidan chiqib ketish;<\/div>\n<div><\/div>\n<div>xorijiy pasport yoki biometrik harakatlanish (o\u2018tish) hujjati bilanqonuniy vakili kuzatuvida bo\u2018lgan, 16 yoshga to\u2018lmagan xorijiy fuqarolar uchun \u2013 kuzatuvchi shaxsning pasportidagi kirish vizasi muddati amal qilishi davrida, biroq O\u2018zbekiston Respublikasiga kirgan kundan boshlab 90 kundan ortiq bo\u2018lmagan davrda, o\u2018tkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha bo\u2018lish va O\u2018zbekiston Respublikasidan chiqib ketish tartibi belgilansin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar O\u2018zbekiston Respublikasi hududida bo\u2018lgan vaqtlarida 16 yoshga to\u2018lganlarida chiqish vizasi ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo\u2018linmalari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>10. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o\u2018rinbosari M.I.Atayev, O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari A.A.Abduxakimov va O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o\u2018rinbosari A.A.Usmanov:<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-oktyabrgacha bo\u2018lgan muddatda O\u2018zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning turli toifalariga qo\u2018shimcha viza rejimlarini joriy qilish bo\u2018yicha taklif kiritsin (\u201cSilk road\u201d \u2013 Ipak yo\u2018li mamlakatlari bo\u2018ylab sayohat qilayotgan turistlar uchun boshqa mamlakatlar viza belgilarini tan olish imkoniyati bilan, \u201cVatandosh\u201d \u2013 kelib chiqishi O\u2018zbekiston Respublikasidan bo\u2018lganlar va ularning oila a\u2019zolariga \u2013 besh yillik viza, \u201cGolden visa\u201d \u2013 yirik xorijiy investorlar uchun \u2013 o\u2018n yillik viza);<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo\u2018shinlari bilan hamkorlikda yo\u2018lovchilar to\u2018g\u2018risida oldindan ma\u2019lumot olish tizimini ishga tushirgach O\u2018zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o\u2018tadigan, vaqtincha bo\u2018ladigan va O\u2018zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun yerdagi o\u2018tkazish punktlari orqali vizasiz kirish tartibini joriy qilishni ta\u2019minlasin;<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasi bilan hamkorlikda O\u2018zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o\u2018tadigan, vaqtincha bo\u2018ladigan va O\u2018zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun vizasiz kirish tartibini joriy qilish natijasiga ko\u2018ra 2019 yil 1 martgacha bo\u2018lgan muddatda fuqarolari O\u2018zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o\u2018tadigan, vaqtincha bo\u2018ladigan va O\u2018zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan mamlakatlar ro\u2018yxatini kengaytirish bo\u2018yicha taklif kiritsin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>11. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi \u201cKirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgiPQ-3509-son qarorining 2-bandi o\u2018z kuchini yo\u2018qotgan deb hisoblansin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>12. O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O\u2018zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qaror qoidalarining keng yoritilishini ta\u2019minlasin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>13. O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O\u2018zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari orqali 2018-yil 15-iyuldan boshlab O\u2018zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy fuqarolarning kirishi uchun elektron vizalarni rasmiylashtirish va berish tartibi, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolariga O\u2018zbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizasiz kirish hamda 16 yoshga to\u2018lmagan xorijiy fuqarolarning O\u2018zbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi joriy qilinganligi to\u2018g\u2018risida keng xabardor bo\u2018lishini ta\u2019minlasin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>14. O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar to\u2018g\u2018risidagi takliflarni ikki oy muddatda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<p><b>O\u2018zbekiston Respublikasi<br \/>\nPrezidenti\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Sh.MIRZIYOYEV<\/b><\/p>\n<p><i>Toshkent shahri,<br \/>\n2018-yil 4-iyul<\/i><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":529,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=528"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":531,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/528\/revisions\/531"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/529"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}