{"id":515,"date":"2018-06-09T18:28:16","date_gmt":"2018-06-09T16:28:16","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=515"},"modified":"2018-06-09T18:28:16","modified_gmt":"2018-06-09T16:28:16","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5%d0%bb-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/06\/09\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5%d0%bb-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Xitoy rahbari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida o\u2018tayotgan SHHT sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.<!--more--><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile\" title=\"O\u2018zbekiston Prezidenti Xitoy rahbari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/20f\/xitoy-01.jpg\" alt=\"O\u2018zbekiston Prezidenti Xitoy rahbari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi\" width=\"640\" height=\"462\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div>Bu haqda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga tashrifi bilan qutlab, O\u2018zbekiston bilan keng ko\u2018lamli strategik sheriklik va ko\u2018p formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratishini ta\u2019kidladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik va Sindao sammiti yuqori darajada tashkillashtirilgani bilan Xitoy rahbarini tabrikladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston bilan Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarilgan. O\u2018zaro manfaatli hamkorlik barcha muhim sohalarni qamrab olgan va izchil rivojlanib bormoqda. 2017-yilda ikki mamlakat o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarni tashkil etgan.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 700 dan ziyod korxona, qator kompaniyalar vakolatxonalari ochilgan. O\u2018zaro hamkorlikda sanoat, yuqori texnologiyalar, neft-gaz, kimyo, transport va logistika, to\u2018qimachilik, qishloq xo\u2018jaligi kabi sohalarda ko\u2018plab loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Uchrashuvda O\u2018zbekiston \u2013 Xitoy hamkorligining bugungi holati atroflicha tahlil qilindi. Iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Buning uchun ikki mamlakat hududlari o\u2018rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkiloti, SHHT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo\u2018lida keng ko\u2018lamli strategik sheriklik va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligi qayd etildi.<\/div>\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"Xitoy 02.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/3c6\/xitoy-02.jpg\" alt=\"Xitoy 02.jpg\" width=\"640\" height=\"426\" border=\"0\" \/><\/div>\n<div><\/div>\n<p>UzA<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":516,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=515"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":517,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/515\/revisions\/517"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/516"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}