{"id":4913,"date":"2024-10-30T18:54:04","date_gmt":"2024-10-30T16:54:04","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4913"},"modified":"2024-10-30T18:54:04","modified_gmt":"2024-10-30T16:54:04","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d1%86%d0%b8%d0%ba-%d0%be%d1%84%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be-%d1%83%d1%82%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b6%d0%b4%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/10\/30\/%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d1%86%d0%b8%d0%ba-%d0%be%d1%84%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be-%d1%83%d1%82%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b6%d0%b4%d0%b5\/","title":{"rendered":"MSK majlisida saylov natijalari rasman tasdiqlandi"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/29\/14\/07\/xY3x0RMtYpGMHXGD2iwqtV22N4D4YYAj_front.jpg\" \/><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h4 class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\">2024 yil 27 oktyabr kuni mamlakatimizda bo\u2018lib o\u2018tgan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar yuqori darajada tashkil etildi. Davlatimiz tarixida birinchi marotaba aralash saylov tizimi asosida o\u2018tgan parlament saylovlari xalqaro kuzatuvchilar tomonidan ham alohida e\u2019tirof etildi.<\/h4>\n<p style=\"text-align: justify;\">Amaliyotimizga aralash saylov tizimining joriy etilishi siyosiy partiyalar o\u2018rtasidagi raqobatni kuchaytirib, jamiyatimizdagi demokratik muhitga yangi quvvat bag\u2018ishlagani saylovoldi tashviqoti davomida yaqqol namoyon bo\u2018ldi. Saylovni 65 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar, 850 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bordi, 1 000 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV vakillari keng yoritishda ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilning 28 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovning dastlabki natijalari e\u2019lon qilindi. Shundan kelib chiqib, bugun, 29 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/29\/14\/07\/YGuAHfhYuaGiAa7APwDJVmYFAFDublS4_front.jpg\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majlisda Markaziy saylov komissiyasi Raisi saylovda saylovchilar ro\u2018yxatiga kiritilgan saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etgani hamda saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning har biri saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizidan ko\u2018p ovoz to\u2018plaganini qayd etdi. Shu sababli 2024 yil 27 oktyabrda o\u2018tkazilgan yagona saylov okrugi bo\u2018yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o\u2018tgan va haqiqiy deb topildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majlisda shuningdek, hududiy saylov komissiyalarining siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash to\u2018g\u2018risidagi bayonnomalariga asosan yagona saylov okrugi bo\u2018yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o\u2018rtasida taqsimlash to\u2018g\u2018risidagi masala ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yagona saylov okrugi bo\u2018yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalari va deputatlik o\u2018rinlarini siyosiy partiyalar o\u2018rtasida taqsimlash Saylov kodeksining 96\/1-moddasiga asosan amalga oshirildi. Ya\u2019ni, saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko\u2018proq foizini olgan barcha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar soni yetmish beshga bo\u2018lingan holda saylov koeffitsiyenti aniqlanib, siyosiy partiyalar to\u2018plagan ovozlar soni \u00a0saylov koeffitsiyentiga bo\u2018lindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan kelib chiqib, yagona saylov okrugi bo\u2018yicha Qonunchilik palatasi saylovida deputatlik o\u2018rinlari siyosiy partiyalar o\u2018rtasida quyidagicha taqsimlandi: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati \u2013 O\u2018zbekiston Liberal-demokratik partiyasi \u2013 26 ta deputatlik o\u2018rni, O\u2018zbekiston \u201cMilliy tiklanish\u201d demokratik partiyasi \u2013 14 ta deputatlik o\u2018rni, O\u2018zbekiston Xalq demokratik partiyasi \u2013 13 ta deputatlik o\u2018rni, O\u2018zbekiston \u201cAdolat\u201d sotsial-demokratik partiyasi \u2013 12 ta deputatlik o\u2018rni, O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi \u2013 10 ta deputatlik o\u2018rni.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majlisda yuqoridagi taqsimotga asosan Markaziy saylov komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtirilib, qaror bilan tasdiqlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, qaror bilan deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya ro\u2018yxati bo\u2018yicha saylangan deputatlarga xabarnomalar yuborish belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u2018ng, Markaziy saylov komissiyasi ularni Qonunchilik palatasi deputati etib ro\u2018yxatga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muhtarama Komilova,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zA<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4913","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4913","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4913"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4913\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4914,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4913\/revisions\/4914"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4913"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4913"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4913"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}