{"id":4870,"date":"2024-10-09T09:47:11","date_gmt":"2024-10-09T07:47:11","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4870"},"modified":"2024-10-09T09:47:11","modified_gmt":"2024-10-09T07:47:11","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b8-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/10\/09\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b8-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida ishtirok etdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"news-top-head\">\n<div class=\"news-top-head__content\">\n<div class=\"news-top-head__meta\"><span style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.<\/span><\/div>\n<\/div>\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-4871 aligncenter\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/xmrdpEMx9rdo5GjpZcptW6kkY0IEVczD_front.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/xmrdpEMx9rdo5GjpZcptW6kkY0IEVczD_front.jpg 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/xmrdpEMx9rdo5GjpZcptW6kkY0IEVczD_front-600x400.jpg 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/xmrdpEMx9rdo5GjpZcptW6kkY0IEVczD_front-300x200.jpg 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/xmrdpEMx9rdo5GjpZcptW6kkY0IEVczD_front-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/div>\n<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"content-block\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o\u2018tgan sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev\u00a0<a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/7593\">qatnashdi.<\/a><\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/JjFSwtSfa4rShdjzs5IL0kRExTgsSLBo_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kun tartibiga muvofiq, ko\u2018p qirrali munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida Rossiyaning Hamdo\u2018stlikda raisligi davrida ko\u2018p tomonlama hamkorlik barcha yo\u2018nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/6gJpLvHNQrgjBwxRO2SbxG76NeVZck2C_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\">MDH mamlakatlarining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta\u2019minlash bilan bog\u2018liq vaziyatga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari va vakolatli idoralarining tizimli hamkorligini yo\u2018lga qo\u2018yish, bugungi tahdidlarga qarshi kurashish usullarini takomillashtirish, kiberxavfsizlikni ta\u2019minlash sohasida kelishilgan choralar hamda dasturiy hujjatlarni qabul qilish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<figure class=\"image\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/dXzrSwvvRfE9rKRCmhctGCLg92uNkIMe_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning iqtisodiy yo\u2018nalishida\u00a0birgalikdagi faoliyatni kuchaytirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 16 foizga oshgan. Muvaffaqiyatli sanoat kooperatsiyasiga ko\u2018plab misollar mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">MDH tarmoq kengashlari va qo\u2018mitalari faoliyatini faollashtirish zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/SQBrLikia5x7L1PW4yi8Qt6wTajIdsg7_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi yil bahorida Toshkent shahrida &#8220;Innoprom&#8221; xalqaro sanoat ko\u2018rgazmasi doirasida MDH Iqtisodiy kengashi yig\u2018ilishi va Innovatsion rivojlanish forumini o\u2018tkazish taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda bo\u2018lib o\u2018tgan MDH mamlakatlari yetakchi tahliliy markazlarining Toshkent konferensiyasi natijalarini hisobga olgan holda, uzoq muddatli sheriklikning yangi ustuvor yo\u2018nalishlarini qo\u2018llab-quvvatlash muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/GFeLEc7NCmpoUNfOEf0XF6fiMwqW2mvX_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, internet texnologiyalari va &#8220;katta ma\u2019lumotlar&#8221; industriyasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni jadal joriy etish, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika va yadro texnologiyalari, iqlim muammolari va boshqalar shular jumlasidan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan MDH mamlakatlari ekspertlari va tahlilchilarining uchrashuvlarini muntazam o\u2018tkazish hamda navbatdagi konferensiyani Samarqand shahrida sun\u2019iy intellektni rivojlantirish masalalariga bag\u2018ishlab o\u2018tkazish taklif etildi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/VwQDKwN2U2i7KUxjcCta3kPMdohqs7mk_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\">Gumanitar almashinuvlarni kengaytirish maqsadida Hamdo\u2018stlik davlatlari madaniyati kunlarini o\u2018tkazish taklif qilindi. Shu bilan birga, sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim, san\u2019at, kino, turizm va sport sohalarida qo\u2018shma tadbirlar dasturini har yili tayyorlash zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand va Toshkentni tegishlicha Hamdo\u2018stlikning madaniy poytaxti va yoshlar poytaxti deb e\u2019lon qilinishi doirasidagi loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/M4wabs47YiSTP9D1cjljdMctr2ZWQo4S_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekistonda shaxmat va futbol bo\u2018yicha yoshlar jamoalari o\u2018rtasida MDH ochiq kubogi musobaqalari o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yakunda O\u2018zbekiston Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni 2025 yilda tashkilotga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha bir qator bitim va qarorlar qabul qilindi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2024\/10\/08\/21\/01\/UhKv1MnjcriKbSue8sBWwvG6ioUqgM0c_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4870","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4870","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4870"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4870\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4872,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4870\/revisions\/4872"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4870"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4870"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4870"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}