{"id":487,"date":"2018-05-17T11:56:47","date_gmt":"2018-05-17T09:56:47","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=487"},"modified":"2018-05-17T11:57:57","modified_gmt":"2018-05-17T09:57:57","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/05\/17\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b0\/","title":{"rendered":"Oq uyda O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi"},"content":{"rendered":"<p>Avval xabar qilinganidek, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan rafiqasi bilan 2018-yil 15-may kuni ilk rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi.\u00a0<!--more--><br \/>\nTashrifning asosiy tadbirlari 16-may kuni Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidentining rasmiy qarorgohida bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Oq uyda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp kutib oldi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, O\u2018zbekiston Respublikasi va Amerika Qo\u2018shma Shtatlari o\u2018rtasida diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganiga 25 yil bo\u2018ldi. O\u2018tgan davrda O\u2018zbekiston va AQSH o\u2018rtasida aloqalar turli sohalarda jadal rivojlanib, so\u2018ng yillarda Prezidentlar ikki marta &#8211; 2017-yil may oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o\u2018tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammiti va 2017-yilning sentyabr oyida BMT Bosh assambleiyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashib, mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi mavjud aloqalar va istiqboldagi rejalar xususida suhbatlashgan edi. Shuningdek, 2017-yilda O\u2018zbekiston va AQSH rahbarlarining telefon orqali muloqoti bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Muloqotlarda davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy xavfsizlikni ta\u2019minlash, Afg\u2018onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>AQSH Prezidenti O\u2018zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qo\u2018shnilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosati va faol sa\u2019y-harakatlarini har doim qo\u2018llab-quvvatlab kelgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta\u2019minlash borasidagi dolzarb masalalar bo\u2018yicha ikki davlat rahbarlarining yondashuvlari mushtarakligi mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan vaqt davomida O\u2018zbekiston va AQSH davlatlari o\u2018zaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni rivojlantirish yo\u2018lida muhim qadamlarni qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli rejalarini birgalikda ko\u2018rib chiqish maqsadida Prezident Donald Tramp O\u2018zbekiston rahbariga AQSHga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan bu taklif oliy darajadagi muloqotlarning yangi davrini boshlab berdi.<\/p>\n<p>Tashrifning birinchi kuni ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvlari bilan boshlandi.<\/p>\n<p>Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSHga kelish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat o\u2018rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarni amalga oshirishda birgalikda ishlashdan mamnun ekanligini qayd etdi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"bc4fc1cc-dcca-84fb-4d57-82e4c9e76b40.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/374\/bc4fc1cc_dcca_84fb_4d57_82e4c9e76b40.jpg\" alt=\"bc4fc1cc-dcca-84fb-4d57-82e4c9e76b40.jpg\" width=\"640\" height=\"426\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div><\/div>\n<div>\n<p>&#8211; Amerika Qo\u2018shma Shtatlari O\u2018zbekiston Respublikasi va uning qo\u2018shni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va o\u2018zaro hamjihatligini mustahkamlashga yo\u2018naltirilgan sa\u2019y-harakatlaringizni qo\u2018llab-quvvatlaydi, -dedi Donald Tramp.<\/p>\n<p>Donald Tramp O\u2018zbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlashi, iqtisodiyot, jumladan, Afg\u2018oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston delegatsiyasiga ko\u2018rsatilgan yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>&#8211; O\u2018tgan davrda o\u2018zaro do\u2018stlik va sheriklik munosabatlarida mustahkam poydevor yaratildi. 2017-yilda bo\u2018lgan uchrashuv va telefon muloqotida muhokama etilgan masalalarni bugun maromiga yetkazishva yangi,ko\u2018p qirrali hamkorligimizni jadal rivojlantirishda yangi qadam bo\u2018ladideb o\u2018ylayman, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev. &#8211; O\u2018zbekiston va AQSHdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Bugun qabul qilinadigan \u201cO\u2018zbekiston va Amerika Qo\u2018shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi\u201d nomli Qo\u2018shma bayonot o\u2018z nomi va mohiyati bilan ko\u2018p narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka mo\u2018ljallangan intilishlaridan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari mamlakatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsip va konseptual asoslari o\u2018zgarmasdan qolishini alohida ta\u2019kidladi. O\u2018zbekiston Respublikasi Amerika Qo\u2018shma Shtatlari bilan an\u2019anaviy munosabatlarni saqlash, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qat\u2019iy tarafdoridir.<\/p>\n<p>Prezidentimizning AQSHga rasmiy tashrifi tafsilotlari jahonning eng nufuzliommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo\u2018shma Shtatlariga rasmiy tashrifi davom etmoqda.<\/p>\n<\/div>\n<div><\/div>\n<div class=\"news-props\">O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":488,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-487","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/487","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=487"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/487\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":490,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/487\/revisions\/490"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/488"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=487"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=487"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=487"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}