{"id":4860,"date":"2024-10-01T20:15:23","date_gmt":"2024-10-01T18:15:23","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4860"},"modified":"2024-10-01T20:15:23","modified_gmt":"2024-10-01T18:15:23","slug":"%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/10\/01\/%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidentining O&#8217;qituvchi va murabbiylar kuni \u2013 umumxalq bayrami munosabati bilan tabrigi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram ustoz va murabbiylar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi ta&#8217;lim-tarbiya sohasi xodimlarini O&#8217;qituvchi va murabbiylar kuni \u2013 umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1727712046453_3png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqimiz o&#8217;zining azmu shijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi O&#8217;zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda ushbu ulug&#8217; ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz hayotidagi o&#8217;rni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">El-yurtimiz azaldan e&#8217;zozlab keladigan o&#8217;qituvchi va murabbiylarning maqomini, qadr-qimmatini yana-da yuksaltirish \u2013 biz amalga oshirayotgan davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvchi yo&#8217;nalishiga aylangani ham shundan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Zero, donishmandlar aytganlaridek, mamlakat avvalo yerdan rizq-nasiba undiradigan dehqonlar, xalqni yovdan, turli yovuzliklardan himoya qiladigan askarlar, yosh avlodga ta&#8217;lim va tarbiya beradigan fidoyi muallimlarning sa&#8217;y-harakati bilan obod va farovon bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli vatandoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda milliy taraqqiyot strategiyamiz asosida yurtimizda ta&#8217;lim va tarbiya tizimida ham tom ma&#8217;noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qisqa fursatda sohaga oid ko&#8217;plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy baza mustahkamlandi. Yangilangan Konstitutsiyamizda o&#8217;qituvchining maqomi alohida belgilab qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Respublikamizda har yili yangi-yangi ta&#8217;lim maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalarining zamon talablariga mos yangi avlodi yaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, maktabgacha ta&#8217;lim tizimi dunyodagi ilg&#8217;or tajribalar asosida mutlaqo yangicha rivojlanish bosqichiga qadam qo&#8217;ydi. Yurtimizdagi bolalar bog&#8217;chalari soni 8 barobar oshib, salkam 38 mingtaga, jumladan, nodavlat ta&#8217;lim muassasalari 250 tadan 29 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76,4 foizga yetgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda maktab ta&#8217;limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Bu haqda so&#8217;z yuritganda, oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, shu yilning o&#8217;zida esa 608 ta maktabda qurilish va ta&#8217;mirlash ishlari bajarilganini ta&#8217;kidlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta&#8217;lim joriy etildi. Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 288 ming nafardan ortiq boshlang&#8217;ich sinf o&#8217;quvchilarining bepul ovqatlanishi yo&#8217;lga qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususiy sektor rivoji uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar natijasida nodavlat maktablar ulushi 5 foizga yetgani diqqatga sazovordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz inson qadrini ulug&#8217;lashga qaratilgan ulkan ishlarimiz doirasida o&#8217;qituvchi va murabbiylar mehnatini munosib baholash va rag&#8217;batlantirishga alohida ahamiyat bermoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda o&#8217;qituvchilarning ish haqi 2016 yilga nisbatan o&#8217;rtacha 2,5 marta, professor-o&#8217;qituvchilarning oylik maoshi esa 4,5 karra o&#8217;sgani, oktyabr oyidan pedagog xodimlarning ish haqi yana 15 foizga oshirilishi shu boradagi sa&#8217;y-harakatlarimiz natijasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta&#8217;lim sifatini yuksaltirish maqsadida pedagoglarning malakasini oshirish bo&#8217;yicha yagona va vertikal tizim yaratildi. Joriy yilda hozirga qadar 142 nafar o&#8217;qituvchi ilg&#8217;or xorijiy davlatlarda malaka oshirib qaytdi. Maktab direktori lavozimiga tayinlash tizimi takomillashtirilib, ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi o&#8217;rnatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta&#8217;lim-tarbiya sohasiga berilayotgan ulkan e&#8217;tibor tufayli yoshlarimiz bilim, fan va texnika, madaniyat va san&#8217;at, sport sohalarida yuksak marralarni qo&#8217;lga kiritayotgani barchamizni mamnun etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;quvchilarimiz 2010-2016-yillarda xalqaro fan olimpiadalarida 73 ta medalni qo&#8217;lga kiritgan bo&#8217;lsa, so&#8217;nggi yetti yilda 349 ta, 2024-yilning o&#8217;zida esa 122 ta medalga sazovor bo&#8217;lgani ham birinchi navbatda sizlarning mashaqqatli mehnatingiz samarasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada xalqaro fan olimpiadalarida g&#8217;oliblikni qo&#8217;lga kiritgan o&#8217;quvchilarning ustozlarini rag&#8217;batlantirish tizimi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgani va shu maqsadda Davlat byudjetidan 6 milliard so&#8217;m mablag&#8217; yo&#8217;naltirilgani muhim rag&#8217;batlantiruvchi omil bo&#8217;lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston tarixida birinchi marta buyuk allomalarimizga bag&#8217;ishlangan xalqaro fan olimpiadalarini o&#8217;tkazishni boshladik. Bu esa farzandlarimiz, butun xalqimiz qalbida g&#8217;urur va iftixor tuyg&#8217;usi bilan birga, dunyoda O&#8217;zbekistonning ma&#8217;rifiy nufuzini ham yuksaltirmoqda.<\/p>\n<p>Maktabda ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarlarni o&#8217;rgatish borasida ham muhim qadamlar tashlandi. Joriy o&#8217;quv yilida 354 ta maktabda 16 mingdan ziyod o&#8217;quvchiga ikkita xorijiy tilni o&#8217;qitish, 289 ta maktabda 40 mingdan ortiq o&#8217;quvchiga kasb-hunar o&#8217;rgatish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p>Oliy ta&#8217;lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddatda yurtimizda 135 ta yangi oliygoh tashkil etilib, ularning umumiy soni 211 taga yetkazilgani, tizimda qamrov darajasi 4 barobardan ziyod oshib, 9 foizdan 38 foizga yetgani misolida buni yaqqol ko&#8217;rish mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qadrli do&#8217;stlar!<\/p>\n<p>Ko&#8217;hna tarix, bugungi hayot tajribasi barcha muammolarning yechimi, savollarning javobi faqat va faqat ta&#8217;limda, kamolot va baxt eshiklarining kaliti ta&#8217;lim va tarbiyada ekanidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Barchamiz yaxshi tushunamizki, o&#8217;z oldimizga qo&#8217;ygan buyuk maqsadlarga yetishda \u2013 jonajon O&#8217;zbekistonimizni erkin va farovon, har tomonlama obod mamlakatga aylantirishda soha rivojini yangi sifat bosqichiga ko&#8217;tarish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Sizlar bilan bo&#8217;lib o&#8217;tgan sermazmun va samimiy muloqotimizda bu haqda yana bir bor fikr almashib, kelajak rejalarimizni aniq belgilab oldik.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, siz, muhtaram pedagoglar, professor-o&#8217;qituvchilarimiz ta&#8217;lim sohasidagi islohotlarimizda yana-da faol ishtirok etib, &#8220;Yangi O&#8217;zbekiston \u2013 ma&#8217;rifiy jamiyat&#8221; degan olijanob g&#8217;oyamizni amalga oshirishga munosib hissa qo&#8217;shasiz.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, biz ta&#8217;lim va tarbiya tizimini yana-da ravnaq toptirish, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalasiga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat beramiz va o&#8217;qituvchilikni jamiyatimizda eng obro&#8217;li kasblar qatoriga olib chiqamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Muhtaram ustozlar!<\/p>\n<p>Mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p>Hamisha sog&#8217;-omon bo&#8217;ling, qadrli va mehribon ustozlar!<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p><strong>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4860","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4860","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4860"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4860\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4861,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4860\/revisions\/4861"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4860"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4860"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4860"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}