{"id":4841,"date":"2024-09-16T16:45:48","date_gmt":"2024-09-16T14:45:48","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4841"},"modified":"2024-09-16T16:45:48","modified_gmt":"2024-09-16T14:45:48","slug":"%d1%84%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d1%86%d0%bb%d0%b5%d1%80-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%b2%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/09\/16\/%d1%84%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d1%86%d0%bb%d0%b5%d1%80-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%b2%d0%b0\/","title":{"rendered":"Germaniya Federal kansleri o&#8217;z mamlakati ishbilarmon doiralari vakillarini O&#8217;zbekistonda qo&#8217;shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda dadil ishtirok etishga chaqirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 16-sentyabr. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.\u00a0<\/strong>O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Olaf Shols bugun Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o&#8217;tkazdilar, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1726470889742_1png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, tadbirda Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi parlament davlat kotibi Mixael\u00a0Kellner, Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo&#8217;mitasi boshqaruvchi direktori Mixael Xarms, &#8220;KNAUF&#8221;, &#8220;CLAAS&#8221;, &#8220;Mangold Consulting&#8221;, &#8220;Gunter Papenburg&#8221;, &#8220;Siemens Energy&#8221;, &#8220;Linde Group&#8221;, &#8220;Aurubis&#8221;, &#8220;FALK PORSCHE&#8221;, &#8220;Metso&#8221;, &#8220;Edison technologies&#8221;, &#8220;Ernst Klett&#8221;, &#8220;Siemens Healthineers&#8221;, &#8220;Herrenknecht&#8221;, &#8220;DB Engineering &amp; Consulting&#8221;, &#8220;Svevind Energy Group&#8221;, &#8220;Rhenus&#8221;, &#8220;HMS Bergbau&#8221;, &#8220;Textima&#8221; kabi yetakchi kompaniyalar hamda\u00a0&#8220;KfW Development Bank&#8221;, &#8220;AKA Bank&#8221; banklarining rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Davlatimiz rahbari uchrashuvning ishtirokchilarini samimiy qutlab, tadbir tarixiy Samarqand shahrida o&#8217;tkazilayotgani ramziy ma&#8217;noga ega ekanini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Kecha bo&#8217;lib o&#8217;tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar yakunlariga yuksak baho berildi. Ularda Yangi O&#8217;zbekiston taraqqiyotining iqtisodiyot tarmoqlarini chuqur transformatsiya va modernizatsiya qilish bo&#8217;yicha asosiy ustuvor yo&#8217;nalishlari qo&#8217;llab-quvvatlangani alohida qayd etildi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan Sanoat va texnologik sheriklik bo&#8217;yicha qabul qilingan strategik dastur doirasida qo&#8217;shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini qo&#8217;llab-quvvatlash hamda jadallashtirish bo&#8217;yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish to&#8217;g&#8217;risidagi kelishuvlarga erishilgani uchrashuvning asosiy natijasi bo&#8217;lgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">O&#8217;zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralarining faol va amaliy ishtirokida o&#8217;zaro manfaatli sheriklikning ustuvor yo&#8217;nalishlari belgilab olindi. Bu &#8220;yashil energetika&#8221;, kimyo sanoati, &#8220;yashil vodorod&#8221; ishlab chiqarish, mashinasozlik, elektrotexnika, to&#8217;qimachilik, farmatsevtika sanoati va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini nazarda tutadi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Bundan tashqari, o&#8217;ta muhim mineral resurslar konlarini o&#8217;zlashtirish va ularni chuqur qayta ishlash, keyinchalik Germaniya va uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun yuqori qo&#8217;shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda Germaniya kompaniyalarining ishtiroki istiqbolli yo&#8217;nalish sifatida belgilandi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Energetika, transport-kommunikatsiya, kommunal va turizm infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish, sanoat va xizmat ko&#8217;rsatish korxonalarini xususiylashtirish dasturida ishtirok etish, shuningdek, mamlakatimizda sog&#8217;liqni saqlash, ta&#8217;lim va ekologiya sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish ham hamkorlikning asosiy yo&#8217;nalishlariga kiradi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Uchrashuvda Prezidentimiz Germaniya biznesining O&#8217;zbekistondagi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorligini yo&#8217;lga qo&#8217;yish muhimligiga alohida e&#8217;tibor qaratdi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">Shu ma&#8217;noda, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallurgiya, energetika, kimyo, transport infratuzilmasi, qishloq xo&#8217;jaligi va mashinasozlik, tibbiyot va boshqa sohalarda yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va qo&#8217;shma loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish kerakligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">&#8211; Uchrashuvimizni yangi formatda tashkil etdik. O&#8217;zbekiston tomonidan, asosan, so&#8217;nggi yillarda mustahkam oyoqqa turib olgan va Germaniya biznesining munosib hamkori bo&#8217;lgan xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda,\u00a0&#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">So&#8217;zining yakunida O&#8217;zbekiston Prezidenti barcha ishtirokchilarga belgilangan rejalarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\">O&#8217;z navbatida, Germaniya Federal kansleri Olaf Shols mamlakatimiz bilan ko&#8217;p qirrali munosabatlar izchil rivojlanayotganini yuqori baholab, mavjud sheriklik aloqalarini mustahkamlash muhimligini ta&#8217;kidladi hamda Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarini qo&#8217;shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda dadil ishtirok etishga chaqirdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4841","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4841","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4841"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4841\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4842,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4841\/revisions\/4842"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4841"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4841"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4841"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}