{"id":4837,"date":"2024-09-16T16:42:41","date_gmt":"2024-09-16T14:42:41","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4837"},"modified":"2024-09-16T16:42:41","modified_gmt":"2024-09-16T14:42:41","slug":"%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%83%d1%87%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/09\/16\/%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%83%d1%87%d0%b8\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston va Germaniya yetakchilari tashqi siyosat idoralariga ikki tomonlama munosabatlar darajasini oshirish masalasini ko&#8217;rib chiqishni topshirdilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 15-sentabr. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0Bugun Samarqand shahridagi Kongress markazida O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo&#8217;lib o&#8217;tdi, deb\u00a0xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1726419595113_84png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Federal kanslerning O&#8217;zbekistonga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Buni ko&#8217;p qirrali O&#8217;zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida e&#8217;tiboringiz va Yangi O&#8217;zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qo&#8217;llab-quvvatlashingizning dalolati sifatida qabul qilamiz,\u00a0&#8211; dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari mehmonlarni Germaniya Federativ Respublikasi tashkil etilganining 75 yilligi va yaqinlashib kelayotgan Germaniya birligi kuni bilan samimiy muborakbod etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralar davomida ko&#8217;p qirrali O&#8217;zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;tgan yili Berlinda o&#8217;tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki mamlakat o&#8217;rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga jiddiy turtki bergani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha darajalardagi aloqalar faollashdi. O&#8217;tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard yevrodan oshdi. Germaniya biznesi bilan hamkorlik kengaymoqda &#8211; yil boshidan buyon mamlakatimiz iqtisodiyotiga Germaniya kompaniyalarining 800 million yevrolik investitsiyalari kiritildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iyun oyida Toshkentda O&#8217;zbekiston-Germaniya Ishbilarmonlar kengashining sakkizinchi yig&#8217;ilishi muvaffaqiyatli o&#8217;tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8220;KfW&#8221; banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining moliyaviy-texnik ko&#8217;mak loyihalariga yuqori baho berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;tgan yili Berlin shahridagi Yangi muzeyda O&#8217;zbekiston madaniy merosi ko&#8217;rgazmasining o&#8217;tkazilishi madaniy sohada muhim voqea bo&#8217;lgani, unga Germaniya poytaxtining yarim milliondan ortiq aholisi va mehmonlari tashrif buyurgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yil yozda Samarqand shahrida Ibn Sino va Genrix Shipperges nomidagi Tibbiyot fanlari oliy maktabi ochilgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar parlamentlar, hukumatlar, tashqi ishlar vazirliklari o&#8217;rtasidagi faol aloqalarni davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashqi siyosat idoralariga O&#8217;zbekiston-Germaniya munosabatlari darajasini oshirish masalasini ko&#8217;rib chiqish, xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afg&#8217;onistondagi vaziyat yuzasidan muntazam maslahatlashuvlar o&#8217;tkazish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YXHT, Yevropa Ittifoqi institutlari va boshqa ko&#8217;p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik davom ettiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi sammitga Sanoat va texnologiyalar bo&#8217;yicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etildi. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 milliard yevro bo&#8217;lgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ular &#8220;yashil&#8221; energetika, kimyo sanoati, o&#8217;ta muhim xomashyoni o&#8217;zlashtirish, mashinasozlik, to&#8217;qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa ko&#8217;plab yo&#8217;nalishlarni qamrab oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8220;Siemens Energy&#8221; kompaniyasi bilan mamlakatimiz hududlarida bug&#8217;-gaz elektr stansiyalarini qurish, &#8220;Linde Group&#8221; kompaniyasi bilan &#8220;metanol oroli&#8221; barpo etish va &#8220;yashil&#8221; ammiak ishlab chiqarish, &#8220;KfW Ipex-Bank&#8221; ishtirokida yirik mis konini o&#8217;zlashtirish, &#8220;Giga Fiber&#8221; bilan mis qazib olish va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish, &#8220;AMK Global&#8221; bilan uglerod tolasi, &#8220;Guesscon&#8221; bilan qora qurum va vodorod ishlab chiqarish va boshqa ko&#8217;plab loyihalar eng muhim loyihalar sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Nasos tizimlarini mahalliylashtirish, qayta tiklanuvchi energetika, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, logistika markazlarini tashkil etish bo&#8217;yicha bir qator yangi loyihalar mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu loyihalarni tezlashtirish va qo&#8217;llab-quvvatlash, investitsiyalarni rag&#8217;batlantirishning samarali vositalarini joriy etishga kelishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif davomida o&#8217;ta muhim xomashyo resurslari va iqlim o&#8217;zgarishi sohasidagi hamkorlik bo&#8217;yicha imzolanadigan bitimlarning ahamiyati ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Germaniya hukumati tashabbusi bilan tuzilgan Iqlim klubida ishtirok etishdan manfaatdor ekani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport va logistika, samarali quruqlik va havo yo&#8217;laklarini rivojlantirish, transport xarajatlarini kamaytirish masalalariga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston rahbari &#8220;Lufthansa&#8221; aviakompaniyasining mamlakatimizga to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri parvozlarini qayta yo&#8217;lga qo&#8217;yish masalasini ko&#8217;rib chiqishni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston va Germaniya hududlari o&#8217;rtasidagi sheriklik munosabatlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi. Yil boshidan buyon Germaniyaning ikkita federal o&#8217;lkasi vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Yil oxirigacha Berlin, Bavariya va Tyuringiya delegatsiyalarining tashrifi kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yo&#8217;lga qo&#8217;yishga qaratilgan bitim imzolangani mamnuniyat bilan ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mas&#8217;ul idoralar darajasida talab yuqori bo&#8217;lgan o&#8217;zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga yuborish bo&#8217;yicha amaliy hamkorlik &#8220;yo&#8217;l xaritasi&#8221;ni ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Germaniyaning dual ta&#8217;lim tizimini O&#8217;zbekiston hududlarida keng joriy etishga qiziqish bildirildi. Yetakchi universitetlar o&#8217;rtasida ta&#8217;lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish uchun ikki mamlakat oliy o&#8217;quv yurtlari forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston tomoni qo&#8217;shma dasturlarni amalga oshirish, Germaniya oliy ta&#8217;lim muassasalarining fakultetlari va filiallarini ochish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif doirasida Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo&#8217;shma maktabi ishga tushirilishi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti yoshlarimizning nemis tiliga qiziqishi yuqori ekanini, bu tilni 300 mingga yaqin yigit-qiz o&#8217;rganayotganini ta&#8217;kidladi. Yaqinda andijonlik maktab o&#8217;quvchisi Rayyona Ibrohimova nemis tili bo&#8217;yicha Jahon olimpiadasida g&#8217;olib bo&#8217;lgani bunga yorqin misoldir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Germaniya tomoni mamlakatimiz hududlarida til o&#8217;rganish va o&#8217;qituvchilar tayyorlash dasturlarini kengaytirishga ko&#8217;maklashishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniy hamkorlik bo&#8217;yicha aralash\u00a0komissiya faoliyatini qayta tiklash taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish bo&#8217;yicha qo&#8217;shma &#8220;yo&#8217;l xaritasi&#8221;ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4837","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4837","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4837"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4837\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4838,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4837\/revisions\/4838"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4837"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4837"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4837"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}