{"id":4829,"date":"2024-09-13T09:50:21","date_gmt":"2024-09-13T07:50:21","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4829"},"modified":"2024-09-13T09:50:21","modified_gmt":"2024-09-13T07:50:21","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%ba%d1%80%d0%b0%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%b1%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/09\/13\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%ba%d1%80%d0%b0%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%b1%d0%b5\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti: Kambag&#8217;allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 11-sentyabr. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun kambag&#8217;allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo&#8217;yicha videoselektor yig&#8217;ilishi o&#8217;tkazildi, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1726072577901_1000001642jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, bu yo&#8217;nalish mamlakatimizda 2020-yilda boshlangan edi. O&#8217;shanda 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag&#8217;allik chegarasiga yetmasdi. O&#8217;tgan yillarda 3,5 million odamni daromadli qilish orqali 2023-yil yakuni bilan kambag&#8217;allik darajasi 11 foizga tushdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra kengaytirilib, o&#8217;tgan yili 12,3 trillion so&#8217;m yo&#8217;naltirildi.\u00a0 Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko&#8217;paytirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahallada kambag&#8217;allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so&#8217;m arzon kredit, 7 trillion so&#8217;m subsidiya berildi. Mahallalarni obod qilish, bog&#8217;cha, maktab, tibbiyot, yo&#8217;l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion so&#8217;m ajratildi. Shuningdek, 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchilik qilib, daromad topishi uchun tarqatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir misol \u2013 2020 yildan buyon 3 milliondan 5 million so&#8217;mgacha oylik oladigan ishchilar 2 barobar, 5 milliondan 7 million so&#8217;mgacha oluvchilar esa 3 barobar oshdi. Bularning natijasida kambag&#8217;allik darajasi yiliga o&#8217;rtacha 3 foizga kamayib borayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin, bu boradagi ishlar hamma viloyat va tumanda ham bir xil emas. Masalan, o&#8217;tgan olti oyda Navoiy, Surxondaryo, Farg&#8217;ona viloyatlari va Toshkent shahrida o&#8217;zgarish bo&#8217;lmagan. 15 ta tumanda kambag&#8217;allik 20 foizdan yuqori.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">16 ta tumanda aholiga bo&#8217;lib berilgan yerlarda 2-3 martadan hosil olingani hisobiga kambag&#8217;allik 2 karra kamaygan. Lekin 14 ta tumanda o&#8217;zgarish sezilmayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, kambag&#8217;allikni faqat pul tarqatish, nafaqa to&#8217;lash bilan hal qilib bo&#8217;lmaydi. Buning uchun kambag&#8217;al oila a\u2019zorlarini o&#8217;qitish, kasbga o&#8217;rgatish va ish bilan ta\u2019minlash muhim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda korxonalarda 250 mingta vakant bor. Lekin, kambag&#8217;al oilalarning 35 foiz ishga layoqatli a\u2019zolarida bilim va ko&#8217;nikma kam. Yana ayrimlari surunkali kasalliklar tufayli tayinli ishlay olmayapti. Kambag&#8217;al oilalarning 83 foizida tomorqa bor, lekin suv, elektr va yo&#8217;l bilan bog&#8217;liq muammolar qiyinchilik tug&#8217;dirayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda shu kabi masalalar atroflicha tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari keyingi yillar uchun &#8220;Kambag&#8217;allikdan farovonlik sari&#8221; dasturi tayyorlanayotganini ma\u2019lum qildi. Unda yettita imkoniyat va mas\u2019uliyat tamoyili asosida O&#8217;zbekistonni navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ijtimoiy himoya milliy agentligi hokimliklar bilan birga bu yil har bir mahallani to&#8217;liq xatlovdan o&#8217;tkazib, &#8220;kambag&#8217;al oilalar portreti&#8221;ni ishlab chiqadi. Kambag&#8217;al oila bo&#8217;yicha individual dastur bo&#8217;ladi. Iqtisodiy kompleks oilalarni kambag&#8217;allikdan olib chiqish bilan shug&#8217;ullanadi. Bunda eng katta mas\u2019uliyat tuman hokimlari va sektor rahbarlari zimmasida bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odamlarning ishi yurishishi mahallalardagi sharoitga ham bog&#8217;liq. Shu bois kelasi yili mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi. Buning bir qismi, avvalo, eng og&#8217;ir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari o&#8217;rnatishga beriladi. Yana 500 ta mahallada elektr, yo&#8217;l, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun yurtimizda kamida 50 ta ish o&#8217;rni yaratgan 9 ming 200 ga yaqin tadbirkor bor. Ularning rejalari qo&#8217;llab-quvvatlansa, faoliyatini kengaytirib, yana ishchi olishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, Andijon viloyatidagi 58 ta parranda korxonasi tuxum yetishtirishga 10 ming ehtiyojmand aholini jalb qilish, 660 ta baliq xo&#8217;jaligi kooperatsiya orqali yana shuncha ish joyi yaratish tashabbusini bildirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni moliyalashtirish bo&#8217;yicha yangi tizim qilish va boshqa hududlarda ham kengaytirish bo&#8217;yicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki yil avval Prezident farmoni bilan umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlarga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi. Buning natijasida qator korxonalar Toshkent, Samarqand va Andijonda 2 ming odamni ishli qildi. Shu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, tadbirkorlar yana o&#8217;n minglab ehtiyojmand aholini ish bilan ta\u2019minlashga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoatda eng ko&#8217;p ish o&#8217;rni yaratadigan tarmoq \u2013 to&#8217;qimachilik. Bu soha tadbirkorlari ham ikki yil avval tayyor trikotaj, bo&#8217;yalgan mato va gazlama korxonalariga ijtimoiy soliqdan berilgan imtiyozni uzaytirib berishni so&#8217;ragan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aholi bandligidagi ahamiyatini inobatga olib, mutasaddilarga bu sohalarga imtiyozlarni uzaytirish bo&#8217;yicha taklif kiritish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar korxonalar kambag&#8217;al aholini band qilsa, o&#8217;sha ishchiga ijtimoiy soliqdan imtiyoz yana uch yilga saqlanib qoladi. Ushbu imtiyoz nafaqat to&#8217;qimachilikka, balki barcha sohadagi korxonalarga beriladi. Bu orqali to&#8217;qimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal, elektr texnikasi, oziq-ovqat, chorvachilik va qurilish tarmoqlarida yuz minglab kambag&#8217;al aholini ishli qilish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;tgan yillarda 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchlilik uchun ajratilgan edi. Endi yana 50 ming gektar yer 100 mingta kambag&#8217;al oilaga bo&#8217;lib berilishi aytildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu yerlarda &#8220;kompaniya \u2013 kooperativ \u2013 dehqon xo&#8217;jaligi&#8221; tamoyili asosida dehqonchilik va bog&#8217;dorchilik tashkil etiladi. Bunda, Xitoy tajribasi asosida, yerdan uch xil daromad oladigan tizim qilinadi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1) qishloq xo&#8217;jaligi mahsuloti yetishtiruvchi va eksport qiluvchi katta kompaniya kambag&#8217;al oilalardan yerni ikkilamchi ijaraga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2) yoki yer egalari ulushdor sifatida kooperatsiyaga birlashib, kompaniyalardan buyurtma oladi va topilgan daromad ular o&#8217;rtasida taqsimlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">3) har ikki holatda ham ushbu aholi yerda o&#8217;zi mahsulot yetishtirib, buning uchun oylik oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ya\u2019ni, kambag&#8217;al oila o&#8217;ziga berilgan yerdan yanada samarali foydalanib, oylik olish bilan birga, ijara yoki dividenddan daromad ko&#8217;radi. Kompaniya esa bir konturda bir mahsulot yetishtirib, sifat va tannarxdan yutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bandlik loyihalarini amalga oshirishda mikromoliya xizmatlari ham muhim va bu boradagi imkoniyatlar kengaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Endi 2024-2025-yillarda odamlar o&#8217;zini o&#8217;zi band qilishi, kichik va o&#8217;rta tadbirkorlik bilan shug&#8217;ullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion so&#8217;m beriladi. Shuningdek, kambag&#8217;al oilalarga 30 million so&#8217;mgacha uskuna, ko&#8217;chma do&#8217;kon, motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo&#8217;lib to&#8217;lash sharti bilan beriladi. Kambag&#8217;al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo-sanoat palatasi huzurida tadbirkorlarga ishchi topib, ularni tayyorlab beradigan markaz tashkil qilinadi. Kambag&#8217;al oila a\u2019zolariga korxona talabiga mos ko&#8217;nikmalar o&#8217;rgatilib, ishga joylashtiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har bir kambag&#8217;al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasida oliy ma\u2019lumotlilar bo&#8217;lishiga alohida e\u2019tibor qaratiladi. Buning uchun ular foizsiz ta\u2019lim kreditlari, grantlar va boshqa moliyaviy yordamlar orqali qo&#8217;llab-quvvatlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, davlatimiz rahbari bu maqsad juda keng ko&#8217;lamli ekani, unga barcha hissa qo&#8217;shishi kerakligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bundan buyon kambag&#8217;allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi. Hukumatdan tortib, tuman tashkilotigacha barcha bo&#8217;g&#8217;indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag&#8217;allikdan olib chiqish bo&#8217;lishi kerak. Bu borada nazorat ham, so&#8217;rov ham qattiq bo&#8217;ladi,\u00a0\u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda Bosh vazir o&#8217;rinbosari, viloyat va tuman hokimlari axborot berdi. Kambag&#8217;al oilalar uchun ajratilayotgan mablag&#8217;larning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mas\u2019ullarning bu boradagi ishlarini muhokama qilib, muammolarni hal etib borish yuzasidan vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4829","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4830,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4829\/revisions\/4830"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}