{"id":4824,"date":"2024-09-11T09:55:53","date_gmt":"2024-09-11T07:55:53","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4824"},"modified":"2024-09-11T09:55:53","modified_gmt":"2024-09-11T07:55:53","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/09\/11\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%bb\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti Xalqaro to&#8217;qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo&#8217;shma konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo&#8217;lladi Bosh sahifa Prezident"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli konferensiya qatnashchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, siz, azizlarni bugungi nufuzli anjuman \u2013 Xalqaro to&#8217;qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo&#8217;shma konferensiyasi ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu qo&#8217;shma konferensiya O&#8217;zbekistonda ilk bor o&#8217;tkazilayotgani uchun Xalqaro to&#8217;qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi prezidenti Key Vi Shrinavasan va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi prezidenti Chem Altan janoblariga alohida minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1725865132220_4png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur anjumanda qatnashayotgan sohaning yuqori martabali vakillariga, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlariga ham tashakkur izhor etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadimiy buyuk ipak yo&#8217;li durdonasi, usta hunarmandlar yurti bo&#8217;lgan azim Samarqand shahriga xush kelibsiz!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz keyingi yillarda mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, xorijiy va mahalliy investorlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida qat\u2019iy qadamlar tashladik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har bir soha va tarmoqda bo&#8217;lgani kabi, to&#8217;qimachilik va kiyim-kechak sanoatida ham keng ko&#8217;lamli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng avvalo, paxta yetishtirishda davlat monopoliyasiga barham berildi, xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo&#8217;lgan jarayonni to&#8217;liq qamrab olgan klaster tizimi yaratildi va bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohadagi islohotlarimiz nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e\u2019tirof etilib, O&#8217;zbekistonga nisbatan &#8220;paxta boykoti&#8221; bekor qilindi. Bu borada &#8220;Cotton Capaign&#8221; xalqaro koalitsiyasi bilan hamkorligimiz davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, barqaror qonunchilik bazasi yaratilgani, investitsiyaviy muhit yaxshilangani, yangi texnologiyalar joriy etilgani natijasida paxta tolasini qayta ishlash 2017-yildagi 40 foizdan 100 foizga yetdi. Ayni vaqtda chetdan tola va xomashyo olib kelib, yuqori qo&#8217;shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi ishlar ham boshlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohada yaratilgan imkoniyatlar tufayli to&#8217;qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 barobar ko&#8217;paydi, ularning eksporti 4 karra ortdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng muhimi, ilgari sohada eksportning salmoqli qismi, ya\u2019ni 70 foizi xomashyo hissasiga to&#8217;g&#8217;ri kelgan bo&#8217;lsa, bugungi kunda chetga sotilayotgan tovarlarning 60 foizini tayyor mahsulotlar tashkil etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz islohotlarni boshlagan ilk davrdayoq inson kapitalini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasbga o&#8217;rgatish, barcha sohalar uchun malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik va bu masalalar bundan buyon ham diqqatimiz markazida bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Korxonalardagi ishchilar uchun xalqaro talablarga javob beradigan, munosib mehnat sharoitlari yaratilmoqda, &#8220;Better Work&#8221; va &#8220;Better Cotton&#8221; dasturlari tizimli joriy etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohada band bo&#8217;lgan 600 mingdan ziyod aholining mehnat huquqlarini ta\u2019minlash va ularni har tomonlama qo&#8217;llab-quvvatlashga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, to&#8217;qimachilik sohasida milliy brendlarni yaratish, mamlakatimizga nufuzli xalqaro va xorijiy brendlarni jalb etish bo&#8217;yicha qat\u2019iy choralar ko&#8217;rilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda Germaniyaning &#8220;Timdres&#8221;, Italiyaning &#8220;Kotonella&#8221;, Singapurning &#8220;Indorama&#8221;, Koreyaning &#8220;Posko Interneyshnl&#8221; va &#8220;Yang-van&#8221; kompaniyalari kabi jahon bozorining nufuzli ishtirokchilari samarali faoliyat olib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston to&#8217;qimachilik sanoati jahondagi ishlab chiqarish jarayonlariga faol integratsiya bo&#8217;lib, dunyoning barcha qit\u2019alarida ishonchli hamkorlarimiz ko&#8217;paymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019kidlash joizki, xorijiy investorlar va xalqaro brendlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish, yuqori qo&#8217;shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko&#8217;paytirish, milliy brendlarni xalqaro darajaga olib chiqish \u2013 kelgusida ham to&#8217;qimachilik sanoatidagi ustuvor yo&#8217;nalishlarimiz bo&#8217;lib qoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komil, bugungi konferensiya ushbu sohada o&#8217;zaro hamkorlikni xalqaro miqyosda yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ilg&#8217;or tajriba va g&#8217;oyalar bilan almashish uchun samarali platforma bo&#8217;lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu esa, anjumanda ishtirok etayotgan 500 dan ziyod milliy va xalqaro tashkilotlar, ishlab chiqaruvchilar va &#8220;riteyl&#8221; kompaniyalar vakillari o&#8217;rtasida o&#8217;zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, soha rivojini yangi sifat bosqichiga olib chiqish imkonini beradi, deb umid qilaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz xorijiy hamkorlarimizning o&#8217;zaro manfaatli barcha tashabbuslarini yuksak baholaymiz va qo&#8217;llab-quvvatlaymiz. Jumladan, xalqaro brendlar O&#8217;zbekistonga kirib kelishi uchun zarur standartlarni joriy etishda har tomonlama ko&#8217;maklashamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Nufuzli xalqaro tashkilotlarga konferensiya, ko&#8217;rgazma, moda namoyishlarini yurtimizda, ayniqsa, turizm va sanoat salohiyati yuqori bo&#8217;lgan Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg&#8217;ilon, Qo&#8217;qon, Namangan, Andijon shaharlarida muntazam o&#8217;tkazib borishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aminmanki, yurtimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, mehnatkash va olijanob xalqimiz bilan uchrashuvlar sizlarda unutilmas taassurotlar qoldiradi, hududlarimizning ulkan ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati esa, investorlarni yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishga undaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni bugun o&#8217;z ishini boshlayotgan yirik anjuman bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog&#8217;liq, baxt-saodat, konferensiya ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4824","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4824","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4824"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4824\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4825,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4824\/revisions\/4825"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4824"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4824"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4824"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}