{"id":4815,"date":"2024-09-06T18:42:57","date_gmt":"2024-09-06T16:42:57","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4815"},"modified":"2024-09-06T18:42:57","modified_gmt":"2024-09-06T16:42:57","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b5-%d1%81-%d0%b3%d0%b5-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/09\/06\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b5-%d1%81-%d0%b3%d0%b5-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti FAO bosh direktori bilan uchrashuvda strategik sheriklik bo&#8217;yicha uzoq muddatli dastur qabul qilish muhimligini ta&#8217;kidladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 5-sentyabr. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.\u00a0<\/strong>O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo&#8217;jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1725543848558_81png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o&#8217;tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo&#8217;lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo&#8217;yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo&#8217;lib turibdi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv avvalida BMTning yuqori martabali vakili dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etayotgan forumni muvaffaqiyatli o&#8217;tkazishni qo&#8217;llab-quvvatlagani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Suhbat davomida O&#8217;zbekiston va FAO o&#8217;rtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora ko&#8217;rish borasidagi strategik sheriklikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">So&#8217;nggi yillarda amaliy hamkorlikda erishilgan samarali natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, 2025-yilgacha bo&#8217;lgan davrda hamkorlik bo&#8217;yicha mamlakat dasturini bajarish sifat ko&#8217;rsatkichlari ikki barobar yaxshilandi. Hozirda 34 ta loyiha faol amalga oshirilmoqda. O&#8217;tgan bir yil ichida dehqonchilik, maktablarda ovqatlanish, veterinariya, agrokimyo va boshqa sohalarda 7 ta yangi loyiha ishga tushirildi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Yangi besh yillik sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilish muhimligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Agrosanoat majmuasini raqamlashtirish, ilg&#8217;or bilim va tajriba almashish, yer fondi unumdorligini oshirish, organik qishloq xo&#8217;jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, sug&#8217;orish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy klasterlar va logistika markazlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo&#8217;yicha istiqbolli qo&#8217;shma loyiha va tadbirlarga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta&#8217;minlash bilan bog&#8217;liq global va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4815","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4815","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4815"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4815\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4816,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4815\/revisions\/4816"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4815"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4815"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4815"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}