{"id":4793,"date":"2024-08-26T14:33:31","date_gmt":"2024-08-26T12:33:31","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4793"},"modified":"2024-08-26T14:33:31","modified_gmt":"2024-08-26T12:33:31","slug":"%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d0%b3%d0%be%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%b4%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%be-%d0%bf%d0%be%d0%b6%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%82%d1%8c-%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/08\/26\/%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d0%b3%d0%be%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%b4%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%be-%d0%bf%d0%be%d0%b6%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%82%d1%8c-%d0%b2\/","title":{"rendered":"Davlatimiz rahbari: Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo&#8217;lgan O&#8217;zbekiston diyoriga xush kelibsiz"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli do&#8217;stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, O&#8217;zbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini o&#8217;rganish va targ&#8217;ib etishga munosib hissa qo&#8217;shib kelayotgan siz, azizlarni\u00a0&#8220;Buyuk ajdodlar merosi \u2013 Uchinchi Renessans asosi&#8221;\u00a0mavzusidagi VIII xalqaro kongressning ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1724496026114_10png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyoning uzoq va yaqin davlatlaridan tashrif buyurgan sizlar kabi ko&#8217;zga ko&#8217;ringan ilm-fan va san&#8217;at arboblari, olim va tadqiqotchilar, ekspert va restavratorlar, muzeyshunos va boshqa o&#8217;nlab soha mutaxassislarining ulug&#8217; allomalar diyori bo&#8217;lgan, birinchi va ikkinchi Sharq renessansini yaratishda ulkan o&#8217;rin tutgan yurtimizdagi ilmiy-madaniy meros namunalarini o&#8217;rganishga katta qiziqish va e&#8217;tibor bilan qarayotgani bizni albatta mamnun etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada O&#8217;zbekiston madaniy merosini o&#8217;rganish, saqlash va ommalashtirish bo&#8217;yicha butunjahon jamiyati tomonidan o&#8217;tkazilayotgan xalqaro anjumanlar muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kongressning bu galgi sakkizinchi yig&#8217;ilishi doirasida mamlakatimizda bunyod etilayotgan, madaniy-gumanitar yo&#8217;nalishdagi megaloyiha \u2013 O&#8217;zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining joriy va kelajakka mo&#8217;ljallangan ilmiy dastur va rejalari muhokama qilinishi ayniqsa diqqatga sazovordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunda buyuk alloma va mutafakkirlarimizning dunyo, xususan, musulmon ilm-fani va sivilizatsiyasi ravnaqiga qo&#8217;shgan munosib hissasi, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati bo&#8217;yicha fundamental tadqiqotlar o&#8217;tkazishga oid dasturlar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, hech shubhasiz, o&#8217;zaro hamkorligimiz uchun yangi imkoniyat va istiqbollar ochib beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu haqda so&#8217;z yuritganda, sizlarning ishtirokingizda tayyorlangan\u00a0&#8220;O&#8217;zbekiston madaniy merosi jahon to&#8217;plamlarida&#8221;\u00a0loyihasi doirasida 70 jildlik kitob-albomlar nashr qilinib, yurtimiz va chet ellardagi eng mashhur kutubxonalar, oliygoh va\u00a0muzeylar, nufuzli ilm-ma&#8217;rifat maskanlariga yetkazib berilganini ta&#8217;kidlash lozim. Ana shu ishlarning davomi sifatida anjuman kunlarida mazkur turkumdagi yana 10 ta yangi jild taqdimoti o&#8217;tkazilishi ham muhim madaniy hodisadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, xalqimizning qadimiy va betakror madaniy merosini o&#8217;rganish, saqlash va ommalashtirish yo&#8217;lida jonbozlik ko&#8217;rsatib kelayotgan siz, azizlarga, olim va tadqiqotchilar, noshir va jurnalistlar jamoasiga, shuningdek, jahondagi turli fond va kolleksiyalarda xalqimizning tarixiy va madaniy yodgorliklarini asrab-avaylab, bizning mutaxassislarimiz bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan olijanob insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz sizlarning barchangizni O&#8217;zbekistonning chinakam do&#8217;stlari deb bilamiz va ilmiy-ijodiy faoliyatingizni yuksak baholaymiz. Yurtimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot va ta&#8217;lim muassasalari, birinchi navbatda, O&#8217;zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi eshiklari sizlar uchun doimo ochiq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mohiyat e&#8217;tibori bilan o&#8217;zida Vatanimizning shonli o&#8217;tmishi, bugungi hayoti va buyuk kelajagini namoyon etishga xizmat qiladigan bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar o&#8217;tkazish, dolzarb g&#8217;oya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komil, Xalqaro kongress doirasida mamlakatimizdagi madaniy yodgorliklar, tarixiy-me&#8217;moriy obidalar, nodir qo&#8217;lyozmalar va kitob fondlarini o&#8217;rganish hamda ularni asrash va targ&#8217;ib etish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishib, hamkorligimizni rivojlantirish bo&#8217;yicha yangi taklif va tavsiyalarni bildirasizlar. Anjuman jarayonida o&#8217;tkaziladigan barcha tadbirlar, hurmatli olimlarimizning ilmiy ma&#8217;ruzalari, muhim g&#8217;oya va tashabbuslari Yangi O&#8217;zbekistonning ijtimoiy-ma&#8217;naviy taraqqiyotiga salmoqli hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shiladi, deb o&#8217;ylayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni bugungi nufuzli anjumanning ochilishi bilan yana bir bor qutlar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizga yutuq va omadlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo&#8217;lgan O&#8217;zbekistonga \u2013 tinchlik, do&#8217;stlik va ilm-ma&#8217;rifat diyoriga xush kelibsiz!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyev,<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4793","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4793","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4793"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4793\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4794,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4793\/revisions\/4794"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4793"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4793"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4793"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}