{"id":4791,"date":"2024-08-24T14:40:03","date_gmt":"2024-08-24T12:40:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4791"},"modified":"2024-08-24T14:40:03","modified_gmt":"2024-08-24T12:40:03","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b0%d0%b7%d0%b5%d1%80%d0%b1%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b6%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/08\/24\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b0%d0%b7%d0%b5%d1%80%d0%b1%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b6%d0%b0\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 23-avgust. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o&#8217;tkazdilar, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1724415579990_10png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, &#8220;Ozarbayjon temir yo&#8217;llari&#8221;, &#8220;Alyat&#8221; erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatlarimiz o&#8217;rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim o&#8217;rnini alohida ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Sizlar innovatsiyalarni dadillik bilan joriy etib, korxonalar va ish o&#8217;rinlarini yaratib, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo&#8217;layapsiz, &#8211; dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday shaklda ilk bor o&#8217;tkazilayotgan tadbir ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi bosqichni boshlab berishi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bugungi sammitning salmoqli natijalari haqida mamnuniyat bilan so&#8217;zladi. Muzokaralarda hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi muhokama qilinib, istiqbolli &#8220;o&#8217;sish nuqtalari&#8221; belgilab olindi. Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi bo&#8217;lib o&#8217;tdi, Ittifoqchilik munosabatlari to&#8217;g&#8217;risidagi shartnoma imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Biz davlatlararo hamkorlikning eng yuqori bosqichiga chiqdik va O&#8217;zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida amalda yangi sahifa ochdik,\u00a0&#8211; dedi O&#8217;zbekiston rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralarning asosiy yakunlari sifatida mamlakatlarimizda biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va har tomonlama qo&#8217;llab-quvvatlash, jumladan, birgalikda tashqi bozorlarga chiqish bo&#8217;yicha kelishuvlarga erishilgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So&#8217;nggi yillarda bu borada katta yutuqlarga erishildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qo&#8217;shma korxonalar soni bir necha barobar oshdi, qator kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, hududlararo almashinuvlar faollashdi, qo&#8217;shma Investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, kuni kecha o&#8217;tgan biznes forumida umumiy qiymati 2 milliard dollardan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz O&#8217;zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari tomonidan e&#8217;lon qilingan Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasidagi muhim vazifalarni amalga oshirishda aynan biznes asosiy drayver bo&#8217;lishi va hal qiluvchi rol o&#8217;ynashi kerakligini alohida ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu hamkorlikning 20 ta ustuvor yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha istiqbolli loyihalardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Biz hurmatli Ilhom Haydarovich bilan bir fikrdamiz: hamkorlik kelajagi biznesga bog&#8217;liq, ikki mamlakat o&#8217;rtasidagi ko&#8217;p qirrali munosabatlarning ertangi kuni sizlarga bog&#8217;liq,\u00a0&#8211; deya xulosa qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning samarali va qulay faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;z navbatida, ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari ko&#8217;rsatilayotgan e&#8217;tibor uchun O&#8217;zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlariga minnatdorlik bildirib, yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo&#8217;yicha aniq rejalari haqida ma&#8217;lumot berdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda to&#8217;qimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentlar ushbu loyihalarga start berar ekan, ular o&#8217;zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o&#8217;rinlari yaratishga xizmat qilishini ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4791","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4791","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4791"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4791\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4792,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4791\/revisions\/4792"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4791"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4791"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4791"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}