{"id":4789,"date":"2024-08-23T12:21:14","date_gmt":"2024-08-23T10:21:14","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4789"},"modified":"2024-08-23T12:21:14","modified_gmt":"2024-08-23T10:21:14","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bc%d1%8b-%d1%81%d0%b5%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%bd%d1%8f-%d0%bf%d0%be%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/08\/23\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bc%d1%8b-%d1%81%d0%b5%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%bd%d1%8f-%d0%bf%d0%be%d0%b4\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti: Bugun biz Ittifoqchilik munosabatlari to&#8217;g&#8217;risidagi shartnomani imzolaymiz"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 23-avgust. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun Ko&#8217;ksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o&#8217;tkazdilar, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1724404113369_9png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston bilan Ozarbayjon o&#8217;rtasidagi strategik sheriklik va ko&#8217;p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini alohida ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Bugun biz Ittifoqchilik munosabatlari to&#8217;g&#8217;risidagi shartnomani imzolaymiz. Bir necha yil davomida biz birgalikda O&#8217;zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasiga ko&#8217;tarishga muvaffaq bo&#8217;ldik,\u00a0&#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, ko&#8217;p qirrali hamkorlikni ilgari surish va uni aniq mazmun bilan boyitishning samarali mexanizmiga aylanishi lozim bo&#8217;lgan Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o&#8217;tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yetakchilar ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini\u00a0ta&#8217;kidladi. Parlamentlar, hukumatlar, tarmoq idoralari va hududlar o&#8217;rtasida yaqin aloqalar yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig&#8217;ilishlari, forum va ko&#8217;rgazmalar, ko&#8217;plab madaniy tadbirlar muntazam o&#8217;tkazilmoqda. Ishbilarmon doiralar o&#8217;rtasidagi hamkorlik kengaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif doirasida Prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo&#8217;lib o&#8217;tadi va yangi kooperatsiya loyihalariga start beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta&#8217;kidlanganidek, kelgusi yilda O&#8217;zbekiston va Ozarbayjon o&#8217;rtasida diplomatik munosabatlar o&#8217;rnatilganining 30 yilligi nishonlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari ushbu qutlug&#8217; sanani keng nishonlash maqsadida tadbirlar dasturi va bir yilga mo&#8217;ljallangan Idoralararo muloqot va almashinuvlar rejasini tayyorlashni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, kelgusi yilni O&#8217;zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy kooperatsiyasi yili deb e&#8217;lon qilish va 20 ta ustuvor yo&#8217;nalishni qamrab olgan kompleks dasturni qabul qilishga kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tovar ayirboshlash hajmini bir necha barobar oshirish va sanoat kooperatsiyasining yangi bosqichiga o&#8217;tish, jumladan, uchinchi davlatlardagi loyihalarni amalga oshirish bo&#8217;yicha vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuni kecha bo&#8217;lib o&#8217;tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi: umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi. Bu energetika, kimyo, tog&#8217;-kon, to&#8217;qimachilik, qishloq xo&#8217;jaligi, shaharsozlik va boshqa yo&#8217;nalishlardagi kooperatsiya loyihalaridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma&#8217;noda, O&#8217;zbekiston-Ozarbayjon investitsiya kompaniyasi bunday loyihalarni qo&#8217;llab-quvvatlash vositasi sifatida samarali ish olib borayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan ko&#8217;p tomonlama asosda amalga oshirish orqali ikki mamlakat o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro bog&#8217;liqlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar aviaqatnovlar sonini oshirish, yer usti va havo transporti bo&#8217;yicha tartib-taomillarni imkon qadar yengillashtirish, raqamli yechimlarni joriy etishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. 2025-yilga mo&#8217;ljallangan alohida Hududlararo hamkorlik rejasi, ikki mamlakat hududlarining sanoat salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish bo&#8217;yicha sheriklik dasturini qabul qilish hamda navbatdagi Hududlar forumini Qo&#8217;qon shahrida o&#8217;tkazishga kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat rahbarlari madaniyat va san&#8217;at, ta&#8217;lim, sog&#8217;liqni saqlash, yoshlar va axborot siyosati, sport sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentlarning farmonlari bilan taniqli madaniyat arboblari Farrux Zokirov va Po&#8217;lat Bulbul o&#8217;g&#8217;liga mamlakatlarimiz &#8220;Xalq artistlari&#8221; unvoni berilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari ikki mamlakat yetakchi universitetlari rektorlarining muntazam uchrashuvlari mexanizmini yo&#8217;lga qo&#8217;yish, qo&#8217;shma media forumini o&#8217;tkazish taklifini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zaro sayyohlar oqimini, gumanitar va biznes almashinuvlarni ko&#8217;paytirish maqsadida poytaxtlarimizda turizm va ishbilarmonlik majmualarini qurish istiqbollari ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama munosabatlarni axborot-tahliliy jihatdan qo&#8217;llab-quvvatlash, hamkorlik salohiyatini chuqur tahlil qilish va yuzaga chiqarish bo&#8217;yicha qo&#8217;shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, ko&#8217;p tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqot va o&#8217;zaro qo&#8217;llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilish yakunida erishilgan kelishuvlarni o&#8217;z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo&#8217;yicha &#8220;yo&#8217;l xaritasi&#8221;ni qabul qilishga qaror qilindi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4789","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4789","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4789"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4789\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4790,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4789\/revisions\/4790"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4789"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4789"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4789"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}