{"id":4767,"date":"2024-07-30T12:41:23","date_gmt":"2024-07-30T10:41:23","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4767"},"modified":"2024-07-30T12:41:23","modified_gmt":"2024-07-30T10:41:23","slug":"ozbekcha-saylovda-ovoz-berishning-mutlaq-yoki-nisbiy-kopchilikka-asoslangan-tizimi-muhim-ozgarishlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/07\/30\/ozbekcha-saylovda-ovoz-berishning-mutlaq-yoki-nisbiy-kopchilikka-asoslangan-tizimi-muhim-ozgarishlar\/","title":{"rendered":"Saylovda ovoz berishning mutlaq yoki nisbiy ko\u2018pchilikka asoslangan tizimi: muhim o\u2018zgarishlar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h4 class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\">Saylov &#8211; 2024<\/h4>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xabaringiz bor, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining vakolat muddati 2024\u00a0yil tugashini inobatga olib, joriy yil 27\u00a0oktyabrda saylov o\u2018tkazilishi va saylov kampaniyasi 26\u00a0iyuldan boshlanishi haqida qaror qabul qilingan.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-4768\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Xpy9nf4t8yxNttSzsoR7hBEYLzxLc5in_front.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"575\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Xpy9nf4t8yxNttSzsoR7hBEYLzxLc5in_front.jpg 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Xpy9nf4t8yxNttSzsoR7hBEYLzxLc5in_front-600x337.jpg 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Xpy9nf4t8yxNttSzsoR7hBEYLzxLc5in_front-300x168.jpg 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Xpy9nf4t8yxNttSzsoR7hBEYLzxLc5in_front-768x431.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019kidlash joiz, mazkur saylov Qomusimizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o\u2018tkazilyapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, so\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekiston sharoitida har bir soha, xususan saylovni tashkil etish va o\u2018tkazish jarayonida ham ulkan o\u2018zgarish, yangilanish yuz beryapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada,\u201cYangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Prezident farmonida, \u201cO\u2018zbekiston-2030\u201d strategiyasida, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o\u2018tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o\u2018zgarish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi konstitutsiyaviy qonun va boshqa muhim hujjatlarda saylov tizimi bilan bog\u2018liq zarur qoidalar mustahkamlandi, ayni yo\u2018nalishda tegishli maqsad va vazifalar belgilab berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konstitutsiyaing 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik idoralariga saylash va saylanish huquqiga egaligi, har bir saylovchi bir ovozga egaligi hamda ovoz berish huquqi, o\u2018z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi aniq, tiniq mustahkamlab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2019 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda fuqarolarimiz saylovchi sifatida ishtirok etib, yangi tartib-qoidalar asosida ovoz berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchidan, saylovchilarning yagona elektron ro\u2018yxati mamlakat miqyosida qo\u2018llandi. Mazkur ro\u2018yxatga saylov huquqiga ega 20,5 milliondan ziyod fuqaroga oid ma\u2019lumot kiritildi. Ikkinchidan, O\u2018zbekiston Respublikasi MSK rasmiy veb-sayti orqali saylovchiga tegishli ma\u2019lumot bilan tanishish imkoni yaratildi. Uchinchidan, ijtimoiy xavfi yuqori bo\u2018lmagan va yengilroq jinoyat sodir etgan 4 308 nafar shaxs saylovchilar ro\u2018yxatiga kiritildi va ovoz berish jarayonida qatnashdi. To\u2018rtinchidan, Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan iborat tarkibi to\u2018laqonli umumxalq saylovida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan saylandi. Ilgari Qonunchilik palatasining 15 deputati O\u2018zbekiston Ekologik harakati yuqori organida o\u2018z vakillari orasidan saylanar edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Rivojlangan davlatlarda siyosiy partiyalar pozitsiyasi, g\u2018oya va maqsadlariga qarab ovoz berish tendensiyasi yil sayin kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shu ma\u2019noda davlatimiz rahbari tomonidan parlament saylovida majoritar tizimdan aralash \u2013 majoritar-proporsional tizimiga o\u2018tish masalasi taklif etilgani bejiz emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019kidlash lozim, 2023 yil 18 dekabrda kiritilgan o\u2018zgarish va qo\u2018shimchalardan kelib chiqib, O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 70-moddasida siyosiy partiyalar uchun deputatlikka nomzod ko\u2018rsatish tartibi belgilab qo\u2018yilgan. Ya\u2019ni, bir mandatli saylov okrugi bo\u2018yicha deputatlikka 75 nafar \u2013 har bir saylov okrugidan bir nomzod, partiya ro\u2018yxati bo\u2018yicha 75 nafardan kam bo\u2018lmagan, yuz nafardan ko\u2018p bo\u2018lmagan deputatlikka nomzod ko\u2018rsatish vakolati berilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Majoritar saylov tizimida<\/strong>\u00a0saylovchi tegishli okrug bo\u2018yicha nomzodi ko\u2018rsatilgan aniq bir shaxsga ovoz beradi, ko\u2018pchilik ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Proporsional saylov tizimi<\/strong>\u0434\u0430 saylovchi muayyan shaxsga emas, balki nomzodlar ro\u2018yxati oldindan shakllantiriladigan partiyaga ovoz beradi.\u00a0Ya\u2019ni mazkur tizimda saylovchi siyosiy partiya uchun ovoz beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Aralash saylov tizimi<\/strong>\u00a0esa majoritar va proporsional tizim yig\u2018indisi hisoblanadi. Bunda mandatlarning bir qismi proporsional, boshqa qismi majoritar tizim orqali taqsimlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Endilikda Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 75 nafari bir mandatli hududiy okruglar bo\u2018yicha saylansa, qolgan yarmi siyosiy partiyalar ro\u2018yxati asosida saylanadigan bo\u2018ldi. Mazkur o\u2018zgarish siyosiy partiyalar o\u2018rtasida sog\u2018lom raqobatni kuchaytirish asnosida fuqarolarning siyosiy jarayondagi ishtiroki kengayishiga xizmat qiladi. Siyosiy partiyalarning o\u2018z saylovchilari oldidagi mas\u2019uliyati va hisobdorligini kuchaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylovning o\u2018ziga xos jihatlaridan yana biri siyosiy partiyalar roli ortgani va fuqarolar uchun o\u2018z xohish-irodasini izhor etish imkoni yaratilganidir. O\u2018z navbatida, deputatlik mandatiga kimlar nomzodini taklif etishi, deputatni saylashda saylovchilarning qay miqdordagi ovozi zarurligi, nomzod taklif etgan siyosiy partiyalar orasida deputatlik mandati \u00a0qanday taqsimlanishi, saylovni tashkil qilish tartibi va natijani aniqlashning \u00a0qonuniyligi kafolati ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistondagi saylov jarayonida majoritar saylov tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi.\u00a0Ko\u2018pchilik ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadigan mazkur tizimda bir necha ovoz berish usuli bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><i>Mutlaq yoki nisbiy ko\u2018pchilik ovoz berish usuli nima?<\/i><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon tajribasida majoritar saylov tizimining uch turi mavjud: mutlaq, nisbiy va malakali ko\u2018pchilik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi holatda mutlaq ko\u2018pchilik ovoz to\u2018plagan nomzod saylanadi \u2013 50+1 foiz ovoz mutlaqn hisoblanadi. Ikkinchi holatda raqiblariga nisbatan ko\u2018p, ya\u2019ni nisbiy ko\u2018pchilik ovoz olgan nomzod g\u2018olib, deb topiladi. Uchinchi holatda g\u2018olib oldindan belgilangan \u2013 malakali ko\u2018pchilik ovozni to\u2018plashi kerak, yarmidan ko\u2018p ovoz \u2013 2\/3, 3\/4 va hokazo.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutlaq ko\u2018pchilik ovoziga asoslangan tizimda yaqqol ustunlikka ega bo\u2018lgan, ya\u2019ni 50 foizdan ko\u2018p ovoz olgan nomzod e\u2019tirof etiladi. Nomzodlarning hech birida mutlaq ko\u2018pchilik ovoz bo\u2018lmasa, ikkinchi tur tashkil etiladi. Bu bosqichga odatda eng ko\u2018p ovoz olgan ikki nomzod chiqadi. Ikkinchi turda mutlaq ko\u2018pchilik ovoz olgan da\u2019vogar g\u2018olib hisoblanadi. Bu tizim, xususan, Fransiyada barcha darajadagi deputatlar saylovida, shuningdek Misr, Eron, Turkmaniston, Qirg\u2018iziston davlatlarda qo\u2018llanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, Fransiya\u00a0parlamenti ham saylanadigan organ hisoblanadi. Milliy Assambleyaga aralash majoritar tizimdan foydalangan holda to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri umumiy saylov huquqi yo\u2018li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Demak, birinchi turda saylanish uchun berilgan ovozlarning mutlaq ko\u2018pchiligini olish kerak.\u00a0Okrugdan bir deputat saylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech kim ko\u2018pchilik ovozga ega bo\u2018lmasa, bir haftadan keyin o\u2018tkaziladigan\u00a0ikkinchi turda birinchi turda ro\u2018yxatga kiritilgan saylovchilar sonining kamida 12,5 foizi ovozini olgan\u00a0nomzodlar ishtirok etishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi turda\u00a0yutish uchun nisbiy ko\u2018pchilik ovoz olish kifoya.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tizim amalda bo\u2018lgan mamlakatlarda, odatda, tasdiqlash uchun asos bo\u2018ladigan saylovda saylovchilar\u00a0ishtirokining quyi foizi belgilanadi. Agar qonun yoki boshqa normativ xujjatlarda belgilangan miqdorda ovoz beruvchi qatnashmasa, saylov o\u2018tmagan hisoblanadi. Bizning qonunchilikda bu talab 33 foiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutlaq ko\u2018pchilik ovozga asoslangan majoritar tizimda mutlaq ko\u2018pchilik ovoz olgan \u00a0nomzod saylangan hisoblanadi, qolgan nomzodlarga berilgan ovoz esa yo\u2018qolib ketadi va natijada qolgan nomzodlarga ovoz bergan saylovchilar o\u2018z vakillarini parlamentga o\u2018tkaza olmaydilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majoritar tizimning bu turida belgilangan mandatga ega bo\u2018lishda kichik partiyalar imkoniyati yo\u2018q. Umuman, saylovda mutlaq ko\u2018pchilik ovoz olish imkoni kamligi saylovni natijasiz tugashiga va qayta ovoz berish bilan bog\u2018liq xarajat ko\u2018payib ketishiga sabab bo\u2018ladi. Ba\u2019zi davlatlarda bu muammoni hal qilish uchun ikkinchi bosqich o\u2018tkazilib, saylov natijasini nisbatan ko\u2018pchilik ovoz bilan aniqlash tartibi belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutlaq ko\u2018pchilik ovozga asoslangan tizimda har doim ham birinchi tur natija beravermaydi. Bunday vaziyat yuzaga kelganda ko\u2018pchilik mamlakatlar saylovni bir necha bosqichda o\u2018tkazmoqda. Bu saylovchilar faolligi susayishi, ortiqcha sarf-xarajat yuzaga kelishi, saylov soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, ijobiy nuqtai nazardan mutlaq ko\u2018pchilik ovozga asoslangan bu saylov tizimi parlamentdagi ko\u2018pchilik qo\u2018llaydigan barqaror hukumatni tashkil etish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2019 yil \u00a0Qonunchilik palatasiga saylovda mutlaq ko\u2018pchilik qoidasi, ya\u2019ni 50 foiz+1 \u00a0ovoz berish qoidasi amlada edi. Ya\u2019ni,\u00a022dekabr kuni O\u2018zR MSK majlisida saylov yakuni ko\u2018rib chiqildi va 150 saylov okrugidan 125 tasida saylangan deputatlar mutlaq ko\u2018pchilik ovoz orqali saylangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Nisbiy ko\u2018pchilik ovozga asoslangan majoritar tizimda g\u2018alaba qozonish uchun nomzod o\u2018z raqobatchilariga nisbatan ko\u2018proq ovoz olishi kerak va bunda mutlaq ko\u2018pchilik, ya\u2019ni yarimdan ko\u2018p ovoz olishi sharti ishlamaydi.\u00a0Bu tizim hozir Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH, \u00a0Rossiya parlamenti quyi palatasini shakllantirishda keng qo\u2018llanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozir Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a\u2019zo 193 davlatning 50 dan ko\u2018pida mahalliy yoki milliy saylovda nisbiy ko\u2018pchilik ovozi tizimi amalda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mapsalan, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasini shakllantirish tajribasida bir mandatli saylov okrugi bo\u2018yicha ro\u2018yxatga olingan boshqa nomzodlarga nisbatan eng ko\u2018p ovoz olgan da\u2019vogar bir mandatli saylov okrugi bo\u2018yicha saylangan, deya e\u2019tirof etiladi. Ro\u2018yxatga olingan nomzodlar tomonidan olingan ovoz teng bo\u2018lgan taqdirda birinchi bo\u2018lib ro\u2018yxatga olingan nomzod g\u2018olib, deb topilishi belgilab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023 yil 18 dekabrda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun asosida O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ovoz berish tartibi bo\u2018yicha tegishli o\u2018zgarish va qo\u2018shimcha kiritildi. Shundan kelib chiqib, Saylov kodeksi 96-moddasiga ko\u2018ra, natijani aniqlashda bir mandatli saylov okrugi bo\u2018yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodlarga nisbatan ko\u2018proq ovozini olgan nomzod saylangan, deb hisoblanadi. Avvalgi\u00a0 tahrirda nomzod saylanishi uchun 50 foiz+1 ovoz olish talab etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Nisbiy ko\u2018pchilik ovozga asoslangan tizim bir turdayoq ijobiy natija berishi bilan samarali. Nisbiy ko\u2018pchilik saylov tizimida faqat bir holat, ya\u2019ni ikki yoki undan ortiq nomzod bir xil ovoz to\u2018plagandagina g\u2018olib aniqlanmay qolishi mumkin. Tabiiyki, bunday holat juda kam uchraydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tizim jahonning ko\u2018plab mamlakatlarida qo\u2018llanadi. Bu tartibda, odatda, saylov bo\u2018lib o\u2018tganligi uchun asos sifatidagi saylovchilar qatnashish me\u2019yori belgilanmaydi. Qancha saylovchi qatnashganidan qat\u2019i nazar saylov bo\u2018lib o\u2018tgan hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qolaversa, mazkur tartib ovoz berish ikkinchi bosqichga qolmasligi, saylovchilar faol qatnashishi, ortiqcha sarf-xarajat, saylovda soxtalashtirish holati yuzaga kelmasligini ta\u2019minlaydi. Nisbiy ko\u2018pchilik ovozga asoslangan tizimda ta\u2019sir jihatidan o\u2018rta va kichik partiyalar nomzodlari tegishli mandatga ega bo\u2018lishi uchun \u00a0kam imkoniyat yaratilishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosa qilib aytganda, saylov natijasini aniqlashda saylovchilar xohish-irodasi, ovoz berish tartibi va usullari muhim \u00a0ahamiyat kasb etadi. Jarayon doimiy o\u2018zgarib, takomillashib boraveradi. Ta\u2019kidlash lozim, endilikda yangi tartib bo\u2018yicha bir mandatli hududiy saylov okrugida boshqa nomzodga nisbatan ko\u2018p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Nisbiy ko\u2018pchilik ovoz berishning eng asosiy mezoni\u00a0shu.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Sherzod Zulfiqorov,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Jamoat xavfsizligi universiteti professori,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>yuridik fanlar doktori<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zA<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saylov &#8211; 2024 Xabaringiz bor, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining vakolat muddati 2024\u00a0yil tugashini inobatga olib, joriy yil 27\u00a0oktyabrda saylov o\u2018tkazilishi va saylov kampaniyasi 26\u00a0iyuldan boshlanishi haqida qaror qabul qilingan.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4767","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4767","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4767"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4767\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4769,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4767\/revisions\/4769"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4767"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4767"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4767"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}