{"id":4757,"date":"2024-07-19T09:43:51","date_gmt":"2024-07-19T07:43:51","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4757"},"modified":"2024-07-19T09:44:28","modified_gmt":"2024-07-19T07:44:28","slug":"%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%ba%d1%8b%d1%80%d0%b3%d1%8b%d0%b7%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/07\/19\/%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%ba%d1%8b%d1%80%d0%b3%d1%8b%d0%b7%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d1%80\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston va Qirg&#8217;iziston yetakchilari erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini yo&#8217;lga qo&#8217;yish bo&#8217;yicha topshiriq berdilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg&#8217;iziston Prezidenti Sadir Japarov tor doiradagi uchrashuvdan so&#8217;ng bugun muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1721303859100_47png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yig&#8217;ilishi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o&#8217;tkazilgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va suv xo&#8217;jaligi, xavfsizlik, madaniyat va boshqa muhim yo&#8217;nalishlardagi hamkorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlar, ishbilarmonlar, ekspertlar va jamoatchilik darajasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar. Davlatlararo kengash tuzishga qaror qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, BMT, ShHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va boshqa ko&#8217;p tomonlama maydonlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tovar ayirboshlash hajmini ko&#8217;paytirish, eng avvalo, import o&#8217;rnini bosish dasturlari va kooperatsiya loyihalarini qo&#8217;llab-quvvatlash bo&#8217;yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda tashrif davomida o&#8217;zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan dastur qabul qilinmoqda. Bundan tashqari, yaqin yillarda 2 milliard dollar ko&#8217;rsatkichiga chiqish uchun poytaxtlarda savdo uylari tashkil etiladi, eksport-import shartnomalari to&#8217;plami shakllantiriladi, eksportoldi moliyalashtirish vositalari joriy etiladi, qishloq xo&#8217;jaligi va chorvachilik mahsulotlarini tezkor tashish bo&#8217;yicha &#8220;yashil yo&#8217;lak&#8221; ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Sanoat kooperatsiyasi doirasidagi joriy loyihalar portfeli 300 million dollarga yetgani ta&#8217;kidlandi. Kuni kecha bo&#8217;lib o&#8217;tgan biznes forumi doirasida energetika, logistika, elektrotexnika, to&#8217;qimachilik, agrosanoat va boshqa tarmoqlarda savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarining yangi to&#8217;plami qabul qilindi.<\/p>\n<p>Bunday loyihalarni ilgari surish uchun O&#8217;zbekiston-Qirg&#8217;iziston jamg&#8217;armasining ustav kapitali 200 million dollargacha oshiriladi.<\/p>\n<p>Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yo&#8217;nalish etib belgilandi.<\/p>\n<p>Qambarota GES-1 qurilishi bo&#8217;yicha bitimni tez fursatda imzolash va loyihaning amaliy bosqichini boshlash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda kichik gidroenergetikani rivojlantirish bo&#8217;yicha kompleks hamkorlik dasturi tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Mintaqada transport bog&#8217;liqligini mustahkamlash bo&#8217;yicha birgalikdagi sa&#8217;y-harakatlarni faollashtirish zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>&#8220;Xitoy &#8211; Qirg&#8217;iziston \u2013 O&#8217;zbekiston&#8221; temir yo&#8217;lini qurish bo&#8217;yicha strategik loyiha to&#8217;g&#8217;risidagi uch tomonlama bitim imzolangani bu borada tarixiy voqea bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda istiqbolli transport loyihalari ham ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat hududlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning haqiqiy drayverlari ekani ta&#8217;kidlandi. Shu ma&#8217;noda, Bosh vazirlar raisligidagi Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Hududlar delegatsiyalarining o&#8217;zaro tashriflari jadvalini tayyorlash va qo&#8217;shma &#8220;yo&#8217;l xaritalari&#8221;ni yangilashga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Qishloq xo&#8217;jaligi o&#8217;zaro hamkorlikning muhim yo&#8217;nalishidir. Qishloq xo&#8217;jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish, intensiv bog&#8217;lar va agroklasterlar tashkil etishni nazarda tutuvchi agrokooperatsiya dasturini amalga oshirishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Madaniyat, yoshlar, turizm, ta&#8217;lim, fan va sport sohalarida faol almashinuvlar davom ettiriladi.<\/p>\n<p>Shu ma&#8217;noda, tashrif arafasida Samarqandda O&#8217;zbekiston va Qirg&#8217;iziston oliy ta&#8217;lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi muvaffaqiyatli o&#8217;tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Kelgusi yillarga mo&#8217;ljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlashga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Yig&#8217;ilishda Bosh vazirlar o&#8217;rinbosarlarining hisobotlari va savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan aniq takliflari tinglandi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qo&#8217;shma &#8220;yo&#8217;l xaritasi&#8221;ni tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini yo&#8217;lga qo&#8217;yish bo&#8217;yicha topshiriq berdilar.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4757","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4757","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4757"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4757\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4759,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4757\/revisions\/4759"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4757"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4757"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4757"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}