{"id":4744,"date":"2024-07-05T10:05:47","date_gmt":"2024-07-05T08:05:47","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4744"},"modified":"2024-07-05T10:05:47","modified_gmt":"2024-07-05T08:05:47","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-10","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/07\/05\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-10\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning &#8220;ShHT plyus&#8221; formatidagi uchrashuvdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog&#8217;iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga Ostonadagi samimiy qabul va sammitni ajoyib tarzda tashkil etgani uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etmoqchiman.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1720103764341_25png.webp\" \/><!--more--><em> (2024-yil 4-iyul, Ostona sh.)<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog&#8217;istonning Tashkilot doirasidagi ko&#8217;p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirishni ta&#8217;minlagan ShHTdagi samarali raisligini yuksak qadrlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvimizda kuzatuvchi davlatlar, muloqot bo&#8217;yicha sherik mamlakatlar rahbarlari va faxriy mehmonlarni ko&#8217;rib turganimdan xursandman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli tadbir ishtirokchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keng formatdagi &#8220;ShHT plyus&#8221; majlisini ayni vaqtida va bugungi zamonning talabi bilan o&#8217;tkazilayotgan tadbir, deb hisoblayman. Hozir dunyo ishonch, adolat va hamjihatlik qayta tiklanishiga har qachongidan ham ko&#8217;proq ehtiyoj sezmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Global siyosiy va iqtisodiy &#8220;parchalanishlar&#8221;, urushlar va mojarolar xalqaro munosabatlar tizimi asosi va hal qiluvchi tamoyillarining yemirilishiga olib kelmoqda. Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab bo&#8217;lmoqda. Mamlakatlarning savdo, moliya, sarmoya, texnologiya va innovatsiyalar transferi sohalaridagi samarali hamkorligida to&#8217;sqinlik qiladigan yangi ajratuvchi chegaralar vujudga kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu muammolarni hal qilishning yagona yo&#8217;li \u2013 umumiy xavfsizlik, taraqqiyot va farovonlik uchun sa&#8217;y-harakatlarimizni birlashtirishdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT har doim xalqaro huquqning umume&#8217;tirof etilgan tamoyillari va BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi roliga tayanadigan ko&#8217;p tomonlamalik asosidagi adolatli dunyo tartiboti tarafdori bo&#8217;lib kelgan va shunday bo&#8217;lib qolmoqda. Shu ma&#8217;noda, Tashkilotimiz soxta siyosiy va mafkuraviy qarashlardan xoli bo&#8217;lgan keng ko&#8217;lamli hamkorlikni o&#8217;rnatishga intilayotgan ko&#8217;plab mamlakatlarni o&#8217;ziga tortadigan markaz bo&#8217;lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, bugungi kunda yuzaga kelgan voqelik Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati samarasini oshirishda yangi strategik yondashuvlarni talab etmoqda. Va bugungi kunda o&#8217;zining 25 yilligi arafasida turgan ShHT uchun uning ulkan salohiyati hamda jahon siyosati va iqtisodiyotidagi ortib borayotgan roliga mos keladigan yangi maqsad va vazifalarni ishlab chiqish vaqti keldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8220;Shanxay ruhi&#8221; va Xartiyaning asosiy tamoyillariga tayanib, Tashkilot ichida birdamlik va jipslikni saqlash lozim. ShHT doirasida ishonch va do&#8217;stlik muhitini mustahkamlash bo&#8217;yicha birgalikdagi sa&#8217;y-harakatlarni faollashtirishni, hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish yo&#8217;lidagi to&#8217;siqlarni bartaraf etishni taklif qilaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, xavfsizlikni ta&#8217;minlash masalalarida ShHT faoliyatining konseptual asoslariga yangi nigoh bilan qarashimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilot ta&#8217;sis etilgan davrdan buyon zamonaviy tahdidlarning tabiati va miqyosi sezilarli darajada o&#8217;zgardi. Ekologik va tabiiy ofatlar, suv resurslari va oziq-ovqat taqchilligi, kiberhujumlar, suverenitet va iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazishning yangi uslublari kuchayib borayotgan tahdidlardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">ShHT salohiyatini mustahkamlash masalalarini ko&#8217;rib chiqishda, jumladan, Xavfsizlikka xatar va tahdidlarga qarshi kurash bo&#8217;yicha universal markazni tashkil etishda, bularning barchasini inobatga olish zarur. Bu borada mamlakatlarimiz vakolatli organlari rahbarlari va ekspertlari ishtirokida har yili &#8220;Xavfsizlik masalalari bo&#8217;yicha ShHT plyus muloqoti&#8221;ni o&#8217;tkazishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston ShHT makonida hamon tarqoq holda bo&#8217;lib kelayotgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil &#8220;qayta ishga tushirish&#8221;ni taklif qiladi. Biz haliga qadar ko&#8217;p tomonlama savdo va tarmoqlararo sheriklikning mustahkam asoslarini yarata olmadik. Ancha vaqtdan buyon ShHT Jamg&#8217;armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish masalasi bo&#8217;yicha konsensusga erishilmadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz bugun sammitda savdo jarayonlarini soddalashtirish va elektron savdoni rivojlantirish, texnologik kooperatsiyani, shu jumladan, kelajak sanoat tarmoqlarini rag&#8217;batlantirish bo&#8217;yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishga kelishib oldik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha sheriklarni jalb qilgan holda biznes-muloqot uchun samarali platformani yaratish maqsadida mamlakatlarimizda har yili &#8220;ShHT EKSPO&#8221; xalqaro sanoat ko&#8217;rgazmasini o&#8217;tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Ko&#8217;rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, ASEAN va boshqa tashkilotlar bilan iqtisodiy munosabatlarni faol ilgari surish va o&#8217;zaro bog&#8217;liq qo&#8217;shma tashabbuslarni ro&#8217;yobga chiqarish imkoniyatlarini izlash muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi yangi geosiyosiy voqelik sharoitida mintaqalararo o&#8217;zaro bog&#8217;liqlikni mustahkamlash uchun inklyuziv va integratsiyalashgan transport-tranzit tizimlarini shakllantirish zarurligiga ishonch hosil qilmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqlim o&#8217;zgarishi va ekologik fojialar kabi global muammolar Tashkilotimiz e&#8217;tiboridan chetda qolib ketishi mumkin emas. Mamlakatlarimiz tabiiy ofatlar, tuproq degradatsiyasi, qishloq xo&#8217;jaligida hosildorlik pasayishi, havoning ifloslanishi, suv yetishmasligi kabi muammolar bilan tez-tez to&#8217;qnash kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqlim muammolari bo&#8217;yicha hamkorlik ShHT yangi kun tartibining muhim qismi bo&#8217;lishi lozim, deb hisoblayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8220;Yashil&#8221; taraqqiyot sohasida umumiy maqsad va vazifalarga erishish borasida aniq chora-tadbirlar belgilangan Iqlim o&#8217;zgarishiga qarshi kurashishda hamkorlik bo&#8217;yicha bitim ishlab chiqish tarafdorimiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent shahrida ShHTning Iqlim muammolari bo&#8217;yicha innovatsion yechimlar markazini tashkil etishni taklif qilamiz. Markaz ekologik barqarorlik, &#8220;yashil&#8221; o&#8217;sish sohalarida tadqiqotlar olib boradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aholining hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy himoya masalalari Tashkilot kun tartibida markaziy o&#8217;rinni egallashi lozim. Kelgusi yili Samarqand shahrida Kelajak sammiti maqsadlariga erishishga munosib hissa qo&#8217;shish uchun BMT shafe&#8217;ligida barqaror ijtimoiy himoya masalalari bo&#8217;yicha global konferensiya o&#8217;tkazishni rejalashtirganmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz sivilizatsiyalararo muloqotning noyob modelini ilgari surishimiz va birgalikda mustahkamlashimiz zarur. Boy madaniy-tarixiy va ma&#8217;naviy meros, an&#8217;ana, urf-odatlar va xalqlarimizning turmush tarzi \u2013 bu o&#8217;zaro ishonch ko&#8217;prigini, yaxshi qo&#8217;shnichilik va yaqin do&#8217;stlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan qudratli va hayotbaxsh kuchdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aynan ana shu ezgu g&#8217;oya yaqinda bizning umumiy tashabbusimiz bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan &#8220;Xalqaro sivilizatsiyalar o&#8217;rtasida muloqot kuni&#8221; rezolyutsiyasida o&#8217;z ifodasini topgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada biz ilgari surgan, konstruktiv muloqot va ko&#8217;p tomonlama sheriklik yo&#8217;li bilan ishonch taqchilligining oldini olishga qaratilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo&#8217;lida hamjihatlik bo&#8217;yicha Samarqand tashabbuslari har qachongidan ham dolzarb bo&#8217;lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi barqaror rivojlanish yo&#8217;lidagi ziddiyatlarni yengib o&#8217;tishda sivilizatsiyalar o&#8217;rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aminmanki, biz birgalikda madaniyat, ta&#8217;lim, yoshlar va sayyohlik almashuvlar sohasidagi dasturlarni amalga oshirish orqali Tashkilotimizni yana-da bunyodkor tuzilmaga aylantiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda yuqorida ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan yo&#8217;nalishlardagi loyihalarni tizimlashtirish va barcha manfaatdor tomonlarni jalb etgan holda birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladigan ShHT gumanitar tashabbus va dasturlari yagona bankini ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu uchrashuvimiz yakunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko&#8217;p qirrali sherikligimiz rivojiga kuchli turtki berishiga ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E&#8217;tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4744","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4744","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4744"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4745,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4744\/revisions\/4745"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}