{"id":474,"date":"2018-04-22T14:19:54","date_gmt":"2018-04-22T12:19:54","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=474"},"modified":"2018-04-22T14:19:54","modified_gmt":"2018-04-22T12:19:54","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/04\/22\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b8\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo\u2018lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi.\u00a0<!--more--><br \/>\nDavlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O\u2018zbekiston va Janubiy Koreya o\u2018rtasidagi ko\u2018p asrlik do\u2018stlik rishtalari mustahkamlanib, strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Suhbatda 2017-yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tarixiy tashrif hamda uning yakunida erishilgan muhim kelishuvlar O\u2018zbekiston \u2013 Janubiy Koreya o\u2018zaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarish va aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani alohida qayd etildi.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi savdo ko\u2018rsatkichlari izchil o\u2018sib bormoqda. Janubiy Koreya O\u2018zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. \u201cPosko-DEU\u201d, \u201cDjiES\u201d, \u201cEvergrin\u201d, \u201cYanguan\u201d va boshqa ko\u2018plab kompaniyalar bilan birgalikda qiymati 5 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilning fevral oyida Toshkentda yangi formatda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo\u2018yicha birinchi qo\u2018shma hukumatlararo uchrashuv muvaffaqiyatli o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Sog\u2018liqni saqlash, maktabgacha ta\u2019lim, shahar boshqaruvi, energetika, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda Janubiy Koreyaning ilg\u2018or tajribasi, ilmiy yutuqlari va texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan qo\u2018shma dasturlar faol amalgaoshirilmoqda.<\/p>\n<p>Koreya Respublikasining yetakchi mutaxassislari mamlakatimiz vazirliklari, idora va hokimliklari tomonidan maslahatchi sifatida jalb etilmoqda. Gumanitar, ta\u2019lim va turizm sohalarida almashinuvlar kengaymoqda.<\/p>\n<p>Uchrashuvda davlatlarimiz o\u2018rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tomonidan Koreya yarimoroli va butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta\u2019minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlashi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz rejalashtirilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi va yangi istiqbolli kelishuvlarga erishishni ta\u2019minlashiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p>Tashqi ishlar vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.<\/p>\n<p>Mehmon Janubiy Koreya O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan Afg\u2018oniston bo\u2018yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashini, ushbu anjuman, shubhasiz, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta\u2019minlashga muhim hissa bo\u2018lib qo\u2018shilishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"02a155c9-18b2-78c6-dcda-0041d9aa6401.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/e56\/02a155c9_18b2_78c6_dcda_0041d9aa6401.jpg\" alt=\"02a155c9-18b2-78c6-dcda-0041d9aa6401.jpg\" width=\"640\" height=\"473\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div><\/div>\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"54b7d324-3eba-6c81-a41c-9e52ad17d175.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/495\/54b7d324_3eba_6c81_a41c_9e52ad17d175.jpg\" alt=\"54b7d324-3eba-6c81-a41c-9e52ad17d175.jpg\" width=\"640\" height=\"414\" border=\"0\" \/><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Vazir O\u2018zbekiston Prezidentiga Janubiy Koreya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to\u2018g\u2018risida qabul qilingan qaror uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, bu sayyohlar oqimini salmoqli darajada oshirish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.<\/p>\n<p>Uchrashuv so\u2018nggida Kan Gyon Xva Janubiy Koreya ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va keng ko\u2018lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta\u2019kidladi.<\/p><\/div>\n<div><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"news-props\">O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":475,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-474","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/474","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=474"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/474\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":476,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/474\/revisions\/476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/475"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=474"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=474"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=474"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}