{"id":4666,"date":"2024-07-01T15:56:46","date_gmt":"2024-07-01T13:56:46","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4666"},"modified":"2024-07-01T15:56:46","modified_gmt":"2024-07-01T13:56:46","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d0%be%d0%be%d0%bd-%d1%83%d1%81%d0%bf%d0%b5%d1%88%d0%bd%d0%be-%d1%80%d0%b5%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d1%83%d1%8e%d1%82-140-%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/07\/01\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d0%be%d0%be%d0%bd-%d1%83%d1%81%d0%bf%d0%b5%d1%88%d0%bd%d0%be-%d1%80%d0%b5%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d1%83%d1%8e%d1%82-140-%d1%81\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston va BMT 140 ta qo&#8217;shma dastur hamda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ko&#8217;ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo&#8217;lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o&#8217;tkazdi, deb\u00a0xabar\u00a0qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1719837982108_33png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, suhbat avvalida BMT Bosh kotibi mamlakatimiz yetakchisiga O&#8217;zbekistonga kelish taklifi va ko&#8217;rsatilayotgan samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, davlatimiz rahbari Antoniu Guterrishning respublikamizga bu galgi, ikkinchi tashrifi &#8220;O&#8217;zbekiston-2030&#8221; strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar BMT tomonidan har tomonlama qo&#8217;llab-quvvatlanayotganining tasdig&#8217;i ekanini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralar chog&#8217;ida global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta&#8217;minlash, O&#8217;zbekiston va BMT o&#8217;rtasidagi ko&#8217;p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan qo&#8217;shma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning jadal sur&#8217;ati va misli ko&#8217;rilmagan yuqori darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">140 ta qo&#8217;shma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarning o&#8217;zida O&#8217;zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 10 ta maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil boshidan buyon BMT Bosh kotibining beshta o&#8217;rinbosari O&#8217;zbekistonga tashrif buyurdi. O&#8217;tgan oyda mamlakatimiz Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (ECOSOC) tarkibiga va Xalqaro mehnat tashkilotining Ma&#8217;muriy kengashiga saylandi. O&#8217;zbekiston vakili birinchi marta BMT Inson huquqlari qo&#8217;mitasi a&#8217;zosi bo&#8217;ldi. Toshkentda BMTning yana bir maxsus muassasasi \u2013 Qishloq xo&#8217;jaligini rivojlantirish bo&#8217;yicha xalqaro jamg&#8217;armaning vakolatxonasi ish boshladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgalikda global kun tartibiga oid yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, turizmni rivojlantirish, kambag&#8217;allik va iqlim o&#8217;zgarishiga qarshi kurashish hamda bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo&#8217;yicha tadbirlar o&#8217;tkazilmoqda. Kelgusi yilda Samarqandda YUNESKOning 43-bosh konferensiyasi bo&#8217;lib o&#8217;tadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. Davlatimiz rahbari Bosh kotibning xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta&#8217;minlash, BMT va uning asosiy organlarini isloh qilish hamda joriy yilda Nyu-York shahrida Kelajak sammitini o&#8217;tkazish tashabbuslarini qat&#8217;iy qo&#8217;llab-quvvatlashini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqada transport jihatidan o&#8217;zaro bog&#8217;liqlikni rivojlantirish, oziq-ovqat, energetika va axborot xavfsizligini ta&#8217;minlash sohasida hamkorlik masalalari ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg&#8217;onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afg&#8217;on xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida 2026-2030-yillarda O&#8217;zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo&#8217;yicha BMT bilan hamkorlikning hadli dasturini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4666","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4666","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4666"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4666\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4667,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4666\/revisions\/4667"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4666"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4666"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4666"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}