{"id":4602,"date":"2024-06-11T10:03:27","date_gmt":"2024-06-11T08:03:27","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4602"},"modified":"2024-06-11T10:03:27","modified_gmt":"2024-06-11T08:03:27","slug":"%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/06\/11\/%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti raisligida tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko&#8217;rish bo&#8217;yicha vazifalar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 10-iyun. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta&#8217;minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig&#8217;ilishi bo&#8217;lib o&#8217;tdi, deb\u00a0xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1718038879735_22png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari\u00a0matbuot xizmati\u00a0ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, energetika tarmog&#8217;ini rivojlantirish va barqaror faoliyatini ta&#8217;minlash, energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini ko&#8217;paytirish \u2013 davlatimiz siyosatining ustuvor yo&#8217;nalishi. Shu bilan birga, energiya resurslaridan oqilona foydalanmasdan,\u00a0tarmoq va hududlarda, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy sohalarda energiya samaradorligini ta&#8217;minlamasdan tizimda yuqori natijalarga erishib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan yig&#8217;ilishda mazkur masalalarga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;tgan yili elektr va gazni tejash bo&#8217;yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda o&#8217;rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt elektr tejalmoqda. Sanoat korxonalari ham &#8220;yashil energiya&#8221; manbalarini joriy qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin ayrim hududlarda ishlar sust bo&#8217;lgani uchun elektrni iqtisod qilish rejasi to&#8217;liq bajarilmayotgani ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik bo&#8217;yicha qat&#8217;iy talab kiritish, ma&#8217;muriy binolar, ko&#8217;p qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi bo&#8217;yicha texnik shartlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda joriy yilda 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog&#8217;cha, 393 ta maktab va internat ta&#8217;mirlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident tarmoq rahbarlari va hokimlarning bu yil elektr va gazni tejash rejasi qoniqarsiz ekanini, ular yanada katta marra olishi shartligini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har bir hokimga bittadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo&#8217;yicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Tejash \u2013 yo&#8217;qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo&#8217;lishi shart,<em>\u00a0<\/em>&#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda bundan buyon ilg&#8217;or tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash bo&#8217;yicha yangicha tizim amal qilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunda yiliga kamida 4 million kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik iste&#8217;molchilar har uch yilda energiya auditidan o&#8217;tadi. Energoinspeksiya har yili yirik iste&#8217;molchilar ro&#8217;yxatini e&#8217;lon qilib boradi, auditdan o&#8217;tmagan korxonalarga gaz va elektr oshirilgan tarifda yetkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi tizim bilan bog&#8217;liq texnik reglament va normativ hujjatlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetdi. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag&#8217;batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o&#8217;rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo&#8217;llanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, ko&#8217;chalar, ko&#8217;p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o&#8217;rnatish mumkin bo&#8217;ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o&#8217;rnatiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Respublikamizdagi 39 mingga yaqin ko&#8217;p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko&#8217;rsatmoqda. Soliq imtiyozi, arzon kredit berilgani, eski qarzlar &#8220;muzlatilgani&#8221; hisobiga ular oyoqqa turmoqda. Masalan, bir yil oldin 133 ta boshqaruv kompaniyasi &#8220;og&#8217;ir&#8221; toifada bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, hozir bunday kompaniya qolmadi. Natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko&#8217;p qavatli uy ta&#8217;mirlandi, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko&#8217;chatlari ekildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda hamma joyda ham odamlar uylarni boshqarish sifatidan qoniqmayotgani qayd etildi. Ko&#8217;plab boshqaruv kompaniyalari faqat ko&#8217;chalarni supurish va tozalash, joriy ta&#8217;mirlash bilan cheklanayapti. Lekin uylar atrofini obodonlashtirish, tom, ichki va sug&#8217;orish tarmoqlarini soz holda saqlab turish kabi asosiy vazifalar e&#8217;tibordan chetda qolib ketmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda boshqaruv kompaniyalari xizmati uchun tarifning eng kam miqdori belgilandi. Endi boshqaruv va ekspluatatsiya sifati ham shunga yarasha bo&#8217;lishi lozimligi ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o&#8217;rtasida &#8220;ko&#8217;prik&#8221; bo&#8217;lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon qurilganiga ikki yildan oshmagan uylarda, ya&#8217;ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas&#8217;ul bo&#8217;lishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko&#8217;p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o&#8217;zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani, yangi ko&#8217;p qavatli uylarda bino cho&#8217;kishi, undagi yoriqlar, sho&#8217;rlanish va sifat bo&#8217;yicha aholidan e&#8217;tirozlar bo&#8217;layotgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mas&#8217;ul tashkilotlarga uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati bo&#8217;yicha pudratchilar majburiyati bajarilishini qat&#8217;iy nazoratga olish, konstruksiyani noqonuniy o&#8217;zgartirish holatlarini erta aniqlash tizimini joriy qilish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo&#8217;yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o&#8217;rganildi, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqildi. Tayyorgarlik ishlariga o&#8217;tgan yilgi 14 trillion so&#8217;mga qo&#8217;shimcha yana 14 trillion so&#8217;m ajratilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o&#8217;chish ro&#8217;y bergan, oqibatda ayrim joylardagi iste&#8217;molchilarga elektr barqaror yetkazilmagan. Shuningdek, ba&#8217;zi ko&#8217;p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o&#8217;tab bo&#8217;lgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni to&#8217;liq bartaraf etish topshirildi. Ishlarni eng og&#8217;ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda energetikaning resurs bazasini mustahkamlash masalalari ham ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha generatsiya manbalari hisobidan joriy yilda 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital ta&#8217;mirlash, 595 kilometr elektr tarmog&#8217;i va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish rejalari belgilab olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko&#8217;mir qazib chiqarish hajmini yanada oshirish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazut va ko&#8217;mir ikki yilga boj to&#8217;lovlaridan ozod qilinishi, ko&#8217;mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oktyabr-dekabr oylarida iste&#8217;molchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish topshirildi. Shuningdek, viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun ko&#8217;mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik va ichimlik suvi bilan kafolatli ta&#8217;minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta&#8217;mirlash vazifalari belgilab olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4602","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4602","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4602"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4602\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4603,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4602\/revisions\/4603"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4602"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4602"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4602"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}