{"id":4576,"date":"2024-05-27T16:29:55","date_gmt":"2024-05-27T14:29:55","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4576"},"modified":"2024-05-27T16:29:55","modified_gmt":"2024-05-27T14:29:55","slug":"%d0%b2-%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%ba%d1%83%d0%ba%d1%81%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b9-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d0%b8%d1%81%d1%8c-%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/05\/27\/%d0%b2-%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%ba%d1%83%d0%ba%d1%81%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b9-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d0%b8%d1%81%d1%8c-%d1%83\/","title":{"rendered":"Ko&#8217;ksaroy qarorgohida O&#8217;zbekiston va Rossiya delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari bo&#8217;lib o&#8217;tdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 27-may. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar, deb\u00a0xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1716812290088_121jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, muzokaralarda O&#8217;zbekiston bilan Rossiya o&#8217;rtasidagi keng qamrovlik strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi yuksak darajasi va o&#8217;ziga xosligi, davlatlararo hamkorlikning barcha soha va yo&#8217;nalishlarini qamrab olganligi mamnuniyat bilan ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Sizning davlat tashrifingizni haqli ravishda tarixiy deb atash mumkin. Bu tashrif mamlakatlarimiz o&#8217;rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yangi bosqichni boshlab bermoqda,\u00a0&#8211; dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar, hududlar, jamoatchilik, ekspertlar va ishbilarmon doiralar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu maqsadda Bosh vazirlar darajasidagi Qo&#8217;shma komissiya va Hukumatlararo komissiyaning imkoniyatlaridan to&#8217;liq foydalaniladi, ularning navbatdagi yig&#8217;ilishlari shu yil oxirigacha o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni, BMT, MDH, ShHT kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamda boshqa ko&#8217;p tomonlama platformalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zaro savdo aylanmasining barqaror sur&#8217;ati mamnuniyat bilan ta&#8217;kidlandi. So&#8217;nggi 7 yilda u 2,5 barobar\u00a0oshdi. Tomonlar yangi maqsadli ko&#8217;rsatkichga &#8211; yaqin istiqbolda savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu vazifani amalga oshirishga ko&#8217;maklashish uchun Rossiyada O&#8217;zbekistonning to&#8217;laqonli savdo vakolatxonasi tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi sammitga energetika, metallurgiya, neft-kimyo, mashinasozlik, tog&#8217;-kon sanoati, qishloq xo&#8217;jaligi, logistika, farmatsevtika, sun&#8217;iy intellekt va boshqa ko&#8217;plab yo&#8217;nalishlarda 20 milliard dollardan ortiq qiymatda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalari tayyorlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu kabi loyihalarni ilgari surish uchun qo&#8217;shma Investitsiya platformasi ishga tushiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energetika sohasida gaz tashish tizimini modernizatsiya qilish, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish, uglevodorodlarni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish bo&#8217;yicha kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, tashrif doirasida O&#8217;zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo&#8217;yicha kelishuvlar imzolanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududlar o&#8217;rtasidagi hamkorlik ham jadal rivojlanib borayotgani alohida ta&#8217;kidlandi. O&#8217;tgan hafta O&#8217;zbekistonning barcha hududlari rahbarlari tashrif bilan Rossiyada bo&#8217;ldilar. Bugun davlat rahbarlari raisligida O&#8217;zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo&#8217;lib o&#8217;tadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oziq-ovqat xavfsizligi, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, sun&#8217;iy intellekt, migratsiya kabi qator muhim yo&#8217;nalishlar ham ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniyat va san&#8217;at, fan, sog&#8217;liqni saqlash, turizm, yoshlar va sport sohalarida faol almashinuvlar davom ettiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar O&#8217;zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo&#8217;yicha kelishuvlar erishilganini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv chog&#8217;ida delegatsiya a&#8217;zolarining qisqa hisobotlari, turli sohalarda amaliy hamkorlik bo&#8217;yicha aniq takliflari tinglandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari har bir yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutilgan &#8220;yo&#8217;l xaritalari&#8221;ni qabul qilishga topshiriq berdilar.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4576","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4576","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4577,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4576\/revisions\/4577"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}