{"id":4572,"date":"2024-05-23T18:53:07","date_gmt":"2024-05-23T16:53:07","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4572"},"modified":"2024-05-23T18:53:07","modified_gmt":"2024-05-23T16:53:07","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/05\/23\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidentiga sport sohasidagi rejalar bo&#8217;yicha axborot berildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 23-may. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.\u00a0<\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport ta&#8217;limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o&#8217;tkazish rejalari bo&#8217;yicha axborot berildi, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1716472357625_19jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, mamlakatimizda sport infratuzilmasi rivojlantirilib, xalqaro talablar darajasidagi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shunga asoslanib, FIFA qarori bilan futzal bo&#8217;yicha bu yilgi jahon chempionati yurtimizda o&#8217;tkazilishi belgilangan. Musobaqa 14-sentyabr \u2013 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Unda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi qatnashadi. Ishtirokchi mamlakatlardan nufuzli mehmonlar, 30 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilar bu borada ko&#8217;rilayotgan tayyorgarlik ishlari, sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan axborot berdi. Chempionatni yuqori saviyada o&#8217;tkazish uchun Bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo&#8217;mita tuzilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma&#8217;lumki, poytaxtimizning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda. Kelgusi yil u yerda yoshlar o&#8217;rtasida yozgi Osiyo o&#8217;yinlari o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyinchalik undan samarali foydalanish maqsadida Olimpiya shaharchasida O&#8217;zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko&#8217;zda tutilgan. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ham o&#8217;tkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, O&#8217;zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o&#8217;qitish markazi ochiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025\/2026-o&#8217;quv yilidan boshlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yo&#8217;nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo&#8217;yicha qabul boshlanadi. Bitiruvchi talabalarga to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri ikkinchi kursga qabul qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga kafedralar va o&#8217;quv dasturlarini ilg&#8217;or xorijiy tajribasi asosida tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo&#8217;yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sport ta&#8217;limidagi yana bir yangilik Kurash mahorat maktablari bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kurash ming yillik qadriyatimiz va milliy sportimiz. Dunyoda bu bilan 30 million, O&#8217;zbekistonda 30 ming kishi professional shug&#8217;ullanmoqda. Havaskor yoshlar bundan ham ko&#8217;p.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuning uchun har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mahorat maktabida 140 nafar o&#8217;quvchi bo&#8217;ladi, ular 5-11-sinf bolalari\u00a0orasidan tanlab olinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda Parij olimpiadasiga ko&#8217;rilayotgan tayyorgarlik bo&#8217;yicha ham hisobot berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko&#8217;rmoqda, chet ellarda maqsadli o&#8217;quv-mashg&#8217;ulotlari o&#8217;tkazilmoqda. Sportchilarimiz futbol, suvga sakrash, kamondan o&#8217;q otish, ayollar o&#8217;rtasida erkin kurash bo&#8217;yicha ilk bor olimpiadaga yo&#8217;llanma olgani ahamiyatli. Oldinda yana yo&#8217;llanmalarni qo&#8217;lga kiritish, Olimpiya o&#8217;yinlarida munosib qatnashish maqsad qilingan.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4572","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4573,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4572\/revisions\/4573"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}