{"id":4566,"date":"2024-05-15T11:14:02","date_gmt":"2024-05-15T09:14:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4566"},"modified":"2024-05-15T11:14:02","modified_gmt":"2024-05-15T09:14:02","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81-%d1%83%d0%b4%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d1%82%d0%b2%d0%be%d1%80%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/05\/15\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81-%d1%83%d0%b4%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d1%82%d0%b2%d0%be%d1%80%d0%b5\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Hamkorlik bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo&#8217;mitasining navbatdagi yig&#8217;ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo&#8217;lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o&#8217;rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1715612489232_1jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, Xitoy delegatsiyasi rahbari O&#8217;zbekiston yetakchisiga XXR Raisi Si Szinpin va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko&#8217;p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko&#8217;rib chiqildi. Joriy yil yanvar oyida Xitoyga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi tahlil qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo&#8217;mita faoliyati samarali natijalar berayotgani, tovar ayirboshlash va jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi barqaror oshayotgani, muntazam aviaqatnovlar soni ko&#8217;payib borayotgani, madaniy tadbirlar faol o&#8217;tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo ko&#8217;rsatkichlarida muvozanatni ta&#8217;minlash va mamlakatimiz mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, ta&#8217;lim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, &#8220;Xitoy \u2013 Qirg&#8217;iziston &#8211; O&#8217;zbekiston&#8221; temir yo&#8217;lini qurish loyihasi bo&#8217;yicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bog&#8217;liq jihatlar muhokama qilindi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4566","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4566"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4567,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4566\/revisions\/4567"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}